So’nggi yangiliklar

20:05U-23 Осиё Кубоги. Ўзбекистон U-23 - Ливан U-23 - 3:0 (матнли трансляция)  40 19:52ФОТОГАЛЕРЕЯ. "Пахтакор" янги мавсумга тайёргарликни бошлади  1 19:44"Локомотив" икки иқтидор билан шартномани узайтирди: Улар 2029 йилгача "темирйўлчи" бўлиб қолишади  1 18:59Осиё Кубоги U-23. Ўзбекистон жой олган гуруҳда Жанубий Корея ва Эрон муроса кўчасини танлади  4 18:49"Пахтакор" янги мавсумга тайёргарликни бошлади  3 18:30Испания Кубоги 1/8 финалига қуръа ташланди  1 17:44"Хоразм" сербиялик дарвозабон билан шартнома имзолади  2 17:06"Пахтакор"нинг ироқлик легионерлари визасини янгилай олмаяпти  8 16:45Тони Пулис: "Агар имконият берилса, Флетчер МЮ учун энг яхши мураббий бўлиши мумкин"  2 16:17Абдуқодир Ҳусанов сайёранинг энг тезкор 10 нафар футболчиси қаторига кирадими?  2 15:05Тимур Кападзе: "Ўйлайманки, "Навбаҳор"да молиявий муаммолар бўлмайди"   19 14:45"Бунёдкор" хорватиялик легионер билан хайрлашди  1 14:20Забиҳилло Ўринбоев: "Ўтган йилги ички муаммоларни ҳозир айтиш нотўғри. Хатолардан хулоса чиқарамиз"  1 14:02МЮ вақтинчалик мураббий масаласида Сульшер ва Кэррик билан учрашув ўтказади  6 13:35Неймар ва "Сантос" шартномани 2026 йил якунига қадар узайтиришди  0

"Real" liboslarini "Deportiva Minera" kiyinish xonasidan o'g'irlab ketishdi Yangiliklar

"Real" liboslarini "Deportiva Minera" kiyinish xonasidan o'g'irlab ketishdi

Ispaniya kubogining 1/16 final bosqichida "Real" jamoasi "Deportiva Minera"ni mehmonda 5:0 hisobida taslim qildi.

Uchrashuvdan keyin Ispaniya 4-divizionida harakat qiluvchi raqib jamoaning har bir futbolchisiga "Real" o'yinchilarining liboslari etkazib berilishi kerak edi.

Madrid klubi elektron manziliga yuborilgan xat bo'yicha nechta futbolka berilishi borasida ro'yxat tuzilgan. Raqibning barcha futbolchilari o'zlari xohlagan "Real" o'yinchisining raqami va familiyasi tushirilgan liboslarni olishi kerak bo'lgan. Bu o'yin tugashi bilan maydonni o'zida libos almashishdan tashqari. Xabarda keltirilishicha, Mbappe familiyasi tushirilgan liboslar bir nechta bo'lgan.

"Cadena SER"ning xabar berishicha, "Deportiva Minera"ning kiyinish xonasida o'yinchilarni ichida "Real" liboslari bo'lgan quti kutib olgan. Lekin, u futbolkalarni faqatgina o'z vaqtida kiyinish xonasiga qaytgan futbolchilargina olishgan. Keyinroq qolgan liboslar qaergadir yo'qolib qolgan.

Aytilishicha, kamida 4 nafar futbolchi "qaymoqranglilar" libosisiz qolgan, yana 4 nafari umuman "Real" libosisiz qolmaslik uchun o'zlari oldindan buyurtma qilmagan o'yinchilarning kiyimlarini olishga majbur bo'lishgan.

Bu voqelik klub ichida norozilikka sabab bo'ldi. "Deportiva Minera"dagilarning tushuntirishicha, "Real" liboslarini o'g'irlagan odamlarda faqat klub vakillarigina kirishi mumkin bo'lgan binolarga kirish imkoniyati bo'lgan.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика