"Real" Konte bilan shartnoma imzolay olmayotgani sababi ma'lum bo'ldi

Mirjalol Normatov
21 okt 2018, 17:31
"Chelsi"ning sobiq ustozi Antonio Konte "Real" ustoziga aylanishi mumkin.

Kontening "Chelsi" bilan shartnomasi 2019 yilgi mavsum yakunigacha mo'ljallangan bo'lgan. Va u shu davr mobaynida 10 mln evro ishlab olishi kerak edi. Ammo italiyalik mutaxassisning shartnomasi hali bekor qilinmagan. U "Chelsi" rahbariyati 4 mln evro to'lasa ham shartnomani bekor qilishga tayyorligini ma'lum qilgan.

49 yoshli mutaxassis o'tgan mavsumdan keyin iste'foga chiqqandi. Uning kompensaciya puli to'lanmagani bois, shartnoma ham bekor qilinmagandi. Shu boisdan "Real" Konte bilan shartnoma tuza olmayapti, deb xabar beradi "Il Giornale".

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Il Giornale