"Real" Keyn uchun dahshatli summa taklif qildi

Mirjalol Normatov
12 yanv 2019, 14:51
"Real" Xarri Keynga taklif qilgan summasi bilan "Tottenxem"ni shokka soldi.

"AS" xabariga ko'ra, "qirollik klubi" dekabr oyida "shporlar" bilan 25 yoshli hujumchining transferi borasida muzokaralar olib borgan.

Unga ko'ra, "galaktikos" futbolchining transferi uchun 350 million evro ajrata olishini ma'lum qilgan.

Jamoadagilar transfer summasi uchun shuncha, qolgan soliqlar uchun ham o'zlari mablag' ajratishlarini aytib o'tishgan.

Bu mavsumda Keyn "Xotspur" tarkibida 30 o'yinda qatnashib, 20 gol urdi va 7 golga assistentlik qildi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: AS