"Real" keyingi yozda "Manchester Siti" etakchisini sotib olish uchun barcha imkoniyatni ishga soladi
04 sen 2024 11:39
Yangiliklar


"Real" keyingi yozda "Manchester Siti" etakchisini sotib olish uchun barcha imkoniyatni ishga soladi
"Real" klubi keyingi yozda tarkibni kuchaytirish uchun Angliyaga nazar tashlaydi.
"AS" nashrining xabar berishicha, "Qirollik klubi" "Manchester Siti"ning tayanch yarim himoyachisi Rodrini sotib olish uchun bor imkoniyatini ishga soladi. Bu futbolchi bilan shartnoma imzolanishini rahbariyat ham, murabbiylar ham birdek istashmoqda. Ularning fikricha, 28 yoshli ispan faoliyatini yakunlagan Toni Kroosga ideal o'rinbosar bo'ladi.
To'g'ri, Rodrining "shaharliklar" bilan shartnomasi yana 3 yil amalda bo'ladi. Lekin, madridliklar futbolchi uchun katta pul to'lashga tayyor. Kamiga, agar "Manchester Siti"ni yozda Xosep Gvardiola tark etadigan bo'lsa, bu qator futbolchilarning klubdan ketishiga sabab bo'lishi mumkin.
O’xshash yangiliklar
00:40
Angliya kubogi. "Manchester Siti" "Plimut"ga qarshi kambek qayd etib, keyingi bosqichga yo'l oldi 37

Fikrlar