"Real" Karvaxalning o'rinbosariga 40 million evro sarflashi mumkin
06 iyu 2017 00:16
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/262973_original.jpg)
![](/upload/storage/262973_220.jpg)
"Real" Karvaxalning o'rinbosariga 40 million evro sarflashi mumkin
Madridning "Real" klubi "Real Sosedad"ning o'ng qanot himoyachisi Alvaro Odriosolaga qiziqish bildirmoqda.
"Real"ning o'ng qanot himoyachisi Danilo jamoadan ketadigan bo'lsa, unda uning o'rniga Karvaxalga o'rinbosar sifatida "Real Sosedad" jamoasi himoyachisi Alvaro Odriosola ko'rilmoqda.
21 yoshli Odriosola yaqindagina klubi bilan shartnomasini 2021 yilga qadar uzaytirgandi.
SHartnomasida Alvaro Odriosolaning badal puli 40 million evro ko'rsatilgan. Agarda "Real" ushbu mablag'ni to'laydigan bo'lsa, unda futbolchi Madridga ko'chib o'tishi mumkin.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar