Odriosola "Real Sosedad"ga qaytishi mumkin

Alisher
31 avg 2022, 14:10
Himoyachi Alvaro Odriosola transfer oynasi so'nggiga qadar "Real"dan ketishi mumkin.

26 yoshli ispan "Real Sosedad" klubi bilan shartnoma imzolashi mumkin.

Futbolchi bask jamoasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi va "qaymoqranglilar"ga qadar (2018 yil, yoziga qadar) u yerda to'p tepgan. Uning "Real" bilan shartnomasi 2024 yilga qadar mo'ljallangan.

Odriosola o'tgan mavsum "Fiorentina" tarkibida ijarada o'ynadi. U italyan jamoasi safida barcha musobaqalarda 27ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 1ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: AS