So’nggi yangiliklar

08:51"Аякс" ва "Панатинаикос" пеналтилар сериясида берилган зарбалар сони бўйича еврокубоклар рекордини ўрнатди  1 08:20Тошкент дербисида "Пахтакор" "Бунёдкор"ни Ўзбекистон кубогидан чиқариб юборган баҳсдан ГАЛEРEЯ  2 07:52Суперлига. Бугун мусобақа етакчилари меҳмонда ҳаракат қилишади  5 01:00ЛаЛига старт олди! Мавсумнинг илк ўйинида ғолиб аниқланмади  7 00:46Ўзбекистон футзал термаси Анголани мағлуб қилди  3 00:25Денис Коростиченко: "Футболчилар фақатгина ўзини намойиш этиш учун эмас, балки жамоа учун ва "Олимпик" номи учун курашишмоқда"  2 00:10Иван Бошкович: "90 дақиқа ўйинни назорат қилишнинг иложи йўқ. Мақсадимиз ҳар бир рақибни мағлубиятга учратиш"  8 23:57Максим Шацких: "Ҳар икки кунда футбол ўйнаяпмиз"   14 23:10Айбек Нурбаев: "Ўз хатоларимиз эвазига мағлуб бўлдик"   2 23:05Баҳром Ҳайдаров: "Мағлубиятда дарвозабонни айбламаган бўлардим"  2 22:51"Акрон" ғалаба қозонди, Эсанов тўлиқ ўйнади   6 22:42Суперлига. "Олимпик" - "Сўғдиёна" 0:1  0 22:25Суперлига. "Сўғдиёна" "Олимпик" устидан тарихий ғалабага эришди  14 22:12Ўзбекистон кубоги. "Пахтакор" қўшимча бўлимларда пенальтидан урилган гол эвазига "Бунёдкор"ни мағлуб этиб, ярим финалга йўл олди  33 22:08ПРО-Лига. "Машъал" ўз майдонида "Арал"га имконият қолдирмади  1

"Real" yirik hisobdagi g'alabani rasmiylashtirdi Yangiliklar

"Real" yirik hisobdagi g'alabani rasmiylashtirdi

Ispaniya chempionatining 5-turidan o'rin olgan "Real" - "Elche" uchrashuvining matnli translyaciyasini shu erda kuzatib boring.
Ispaniya chempionati, 5-tur.

"Real" - "Elche"
5:1

"Santyago Bernabeu" stadioni.

Bosh hakam
: Karlos Klos.

Gollar
: Albakar (15-penaltidan), Beyl (20), Ronaldo (28 -penaltidan, 32, 80-penaltidan, 90)

"Real"
: Navas, Karvaxal (Arbeloa, 65), Ramos (Nacho, 82), Varan, Marselo, Kroos, Ilyaramendi, Isko, Xames (CHicharito, 78) Rodriges, Beyl, Krishtianu Ronaldu.

"Elche"
: Errera, Kisma, Pelegrin, Lomban, Albakar, Adrian (Pashalich, 67), Moskuera, Rodrigez (Kristian, 78), Koro (Fayr, 60), Viktor, Jonatas.

Ogohlantirishlar
: Karvaxal (4), Marselo (17), Albakar (58). 

                           MATNLI TRANSLYACIYA
                                     
YANGILASH


Barchaga etibor uchun tashakkur bildiramiz. Doimo sog'-salomat bo'ling, Aziz futbol muxlislari! Keyingi o'yinlarda saytimiz orqali g'oyibona ko'rishguncha...

UCHRASHUV YAKUNLANDI! "Real" yirik g'alabaga erishdi va cho'ntagini uch ochko bilan to'ldirib oldi!

90` GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Ronaldo! Krishtiano Roanldo o'z "poker"ini nishonlamoqda!

90`
Uchrashuvning asosiy vaqtiga 3 daqiqa  qo'shib berildi.

90`
SHuningdek, madridliklar ketma-ket 8 o'yinda o'z darvozalaridan gol o'tkazib yuborishmoqda.

89`
"Real" bugun yaxshi o'ynadi va natijasi hisobda aks etmoqda.

88` Ronaldoooo! Errera!!!!!! Ajoyib zarba va darvozabon mahorati!

87`
CHicharito qulay vaziyatdan juda noqulay zarba berdi. Hisob yanada yiriklashishi mumkin edi...

85` CHICHARIIIITOOOOOOOO! ZARBAAAAA! To'p osmon-u falakka uchib ketdi...

83`
Toni Kroos! Darvoza to'sini "Elche"ni navbatdagi goldan qutqarib qolmoqda.

82`
Ramos o'rniga Nacho tushirildi.

82`
Uchrashuv taqdiri hal etildi. Qolgan daqiqalar rasmiyatchilik uchun.

80` GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! RONALDO! Krishtiano Ronaldo ketma-ket ikkinchi o'yinda xet-trik muallifiga aylandi.

80` Penalti! ronaldo xet-trigini nishonlash uchun penalti ishladi!

78`
Xames Rodrigez o'z o'rnini CHicharitoga bo'shatib berdi.

78`
"Elche" safida so'nggi o'zgarish. Rodrigez o'rniga Kristian Errera tushirildi.

77`
"Real" safida hozir o'zgarish ruy beradi. Maydonga tushishga CHicharito tayyorgarlik ko'rmoqda.

76`
Varan maydon markazidan Beyl tomon to'pni oshirdi. Lekin Errera bu vaziyatda to'pga birinchi bo'lib egalik qildi.

75`
Jonatasning uzoqdan bergan zarbasi noaniq ko'rinish oldi.

74`
Marselo raqib hujumini buzib qo'yishda jonbozlik ko'rsatdi.

73`
Ronaldoning urinishi samarasiz tugadi. Errera yana o'z o'rnida.

72`
"Real" futbolchilari to'pni o'z jarima maydonchalari oldida nazorat qilishmoqda.

71`
Ronaldo uchrashuvdagi o'zining uchinchi golini kiritib, xet-trik muallifi bo'lmoqchi. Buning uchun intilmoqda, harakat qilmoqda. Ko'ramiz, bu futbolchi o'z niyatiga erisha olarmikan?

70`
Marselo chap qanotdan yorib keldi va to'pni jarima maydonchasi ichiga tashlab berdi. Errera bu vaziyatda hammadan ildamroq harakat qildi.

68`
"Elche" tarkibida o'zgarish. Adrian o'rniga Pashalich tushirildi.

67`
Beyl o'zining ajoyib uzatmasi bilan Xamesni birga-bir vaziyatga chiqarib yubordi. Ammo offsayd.

66`
"Real" jarima zarbasini amalga oshirdi. Toni Kroos to'pni Ronaldoga tashlab berdi. Portugaliyalik futbolchi to'pni kuchli tarzda darvozaga yo'lladi. Ammo Errera o'z o'rnida ishonchli harakat qildi.

65`
"Real" safida hm o'zgarish. Karvaxal o'z o'rnini Arbeloaga bo'shatib bermoqda.

64`
Korominas o'rniga Fayr tushirildi.

63`
Burchak to'pidan mehmonlar samarali foydalana olishmadi. 

62`
Albakar jarima to'pini amalga oshirdi. To'p yo'l-yo'lakay "jonli devor"ga tegib o'z yo'nalishi o'zgartirdi. Keylor Navas bu vaziyatda hech narsa qila olmas edi. "Real" jamoasi foydasiga to'p darvozadan joy olmadi. Burchak to'pi.

61`
"Elche" ancha faollashdi. Jarima to'pi tepishadi.

60`
Ramos ishonchli o'ynadi. Raqib hujumini to'xtatib qoldi.

59`
"Real" jarima zarbasi tepish huquqini qo'lga kiritdi.

58`
Koro ajoyib vaziyatda darvozaga zarba bera olmadi. To'pni noto'g'ri tepdi.

57`
Ronaldo offsaydda.

56`
O'yin tempi yuqori emas. Jamoalar natijani anglab o'ynashmoqda. "Elche" hozircha ikkinchi bor darvozani ishg'ol etish uchun vaziyat qidirmoqda. Lekin ularning bu harakatlari birinchi bo'limdagidek faol emas.

54`
Mehmonlar o'yinni o'z jarima maydonchalari oldidan uzoqlashtira olishdi.

53`
Karvaxal hujumda harakat qilgandi. Lekin yon hakamning bayroqchasi ushbu himoyachini o'yindan tashqari holatda qolib ketganini payqab qoldi.

52`
Tezkor javob! Ronaldo! Kuchli zarba va noaniq.

52`
Koro Navas qo'riqlayotgan darvoza tomon kuchli zarba yo'lladi. Biroz noaniq. Xavfli chiqdi.

51`
Maydon egalari ketma-ket ikki bor burchak to'pini amalga oshirishdi. Samarasiz.

50`
To'p Anchelotti shogirdlarida. Isko-Ronaldo-Marselo-Ronaldo...

49`
Navbatdagi hujum. Beylga biroz tezlik etishmadi.

48`
"Real"ning hujumi o'ng qanotdan rivoj oldi. Karvaxalning oshirib bergan to'piga Beyl boshi bilan zarba berdi. Noaniq.

47`
Jamoalar ikkinchi bo'limni shoshilinchi boshlashmadi. Birinchi taymdagi bo'lgani kabi asta-sekin hujumga o'tishmoqda.

46` Ikkinchi bo'lim boshlandi!

45` Birinchi bo'lim tugadi. TANAFFUS!


44`
Xames Rodrigez Luka Modrich yo'qligidan foydalanib burchak to'plarini amalga oshirmoqda. Uning etkazib bergan to'pini Ramos boshi bilan darvozaga yo'lladi. Zarba aniq, ammo Errera yanada aniqrog' o'ynadi.

43`
To'p nazorati mehmonlar qo'liga o'tdi.

42`
Ronaldo uzoq masofadan zarba berdi. Mo'ljalda adashmadi. Errera ham adashmadi.

41`
Iker Kasilyasni ko'rsatishmoqda. O'tiribdi jimgina o'yinni kuzatib. Boshqa nima ham qilsin?

40`
"Real" bugun yaratayotgan vaziyatlarini imkon qadar unumli yakunlamoqda. Bu kamdan-kam hollarda bo'lardi. Qarasam, tarkibda Karim Benzema yo'q ekan. Hammasi tushunarli:-)

39` Erreraga qoyil! Ajoyib "seyv"!
"Real" chiroyli kombinacion hujumni tashkil etdi. Lekin raqib posboni o'z ishini yaxshi bajarishi mumkinligini ketma-ket ikki bor isbotladi.

38`
Bizni va raqib posbonini aldashdi. To'pga Beyl emas, Ronaldo zarba berdi. Lekin Errera bu vaziyatda yaxshi o'ynadi.

37`
Xavfli nuqtadan jarima to'pi. To'p oldida Beyl.

36`
Tanaffusgacha yana gol ko'ramizmi? Ungacha o'yinni ko'raylikchi, qolganini keyin ko'ramiz...

35`
"Real" futbolchilarining tajribasi o'z so'zini aytmoqda. Mehmonlar ham yomon harakat qilishmayapti.

33`
Demak uchrashuv boshlanish arafasida ular shu golni "rejalashtirib" olishgan ekan-a? O'yin boshlanishidan sal avval ular nimanidir gaplashib o'tirishgani haqida yozgandim:-)

32` GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! RONALDO!
Marseloning qanotdan oshirib bergan to'pini Ronaldo boshi bilan darvoza yo'lladi va hisobni 3:1ga keltirdi.

31`
"Elche" futbolchilari to'pni o'z jarima maydonchasi oldida bir-birlariga oshirib turishdi va yo'qotishdi.

30`
"Real" burchak to'pini amalga oshirdi. Toni Kroos Iskoga to'pni tashladi. Raqib esa to'pni yana chiqarib yubordi va mezbonlar ketma-ket ikkinchi burchak zarbasini tepish huquqini qo'lga kiritishdi.

29`
Ha, uchrashuv tezlashib ketdi. Jamoalar hujum qilishmoqda. Hozircha uchto gol guvohiga aylandik. Yomon emas!

28` GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! RONALDO!
Krishtiano Ronaldo ham mo'ljalni aniq ko'zlay olishini ko'rsatdi va jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi, 2:1!

26` Penalti kerakmi? Muammosiz dedi Karlos Klos va "Elche" darvozasi tomon ham penalti belgiladi!

25`
Eslatma: "Bavariya" ayni paytda Bundesliga peshqadami darvozasiga ikkinchi golni urgan. Robert Levandovski Filipp Lamning to'p uzatishidan so'ng gol urgan. "FIFA.UZ"da bu o'yinchilar kimningdir jamoasida borligi aniq:-)

24`
Marselo jamoasining hujumida ishtirok etdi. Lekin uning qoida buzishi hujumni to'xtatib qoldi.

23`
"Elche" ancha faol. Raqibidan qo'rqish degan narsadan umuman asar ham yo'q. Bu jamoa qarshi hujumda ancha yaxshi o'ynay olishini isbotlay oldi.

22`
Keylor Navasning debyut o'yinini Ronaldoning qo'polligi "buzib" qo'ydi desak mubolag'a bo'lmasa kerak...

21`
O'yin hozircha yomon emas. "Real" o'zining ilk xavfli hujumini samarali yakunladi.

20` GOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! BEYL! Xamesning qanotdan etkazib bergan to'pini Garet Beyl boshi bilan darvozaga joylab qo'ydi, 1:1!


19`
Ustunlik mehmonlar qo'liga o'tgan. Goldan so'ng Karlo Anchelotti jamoasi hujumga o'tganicha yo'q.

18`
Ajoyib va kuchli zarba! CHiroyli ijro! Biroz noaniq!

17`
Marselo ogohlantirildi.

16`
O'yin tezlashib ketdi. yana "Elche" hujum qildi. Yana qo'pollik. Yana penaltimi? Yo'q jarima maydonchasi atrofida xavfli nuqtadan jarima to'pi. Uhhhh!

15` GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL!
Albakar mo'ljalda adashmadi, 0:1!

15` Penalti!
Ronaldo aybdor! Keylor Navasni sinash vati keldi!

15`
"Paderborn" burchak to'pini amalga oshirdi. Xavfli vaziyat! Jarima maydonchasi ichida tushunmovchilik.

14`
Ronaldo qulay vaziyatga chiqib bordi. Ammo shu payt laynsmen o'yinda ishlayotganligi haqidagi eng oson qurolni ishlatdi. Yani bayroqchasini ko'tarib qoldi.

13`
Jarima to'pidan so'ng Ramos to'pga boshi bilan zarba bermoqchi bo'ldi. Ammo uning o'ylagan rejasi amalga oshmadi. Xavf bartaraf etildi.

12`
"Real" jarima to'pi ishlab oldi.

10` Eslatma: Bundesliga muxlislari bormi? Bo'lsa eshiting, "Bavariya" - "Paderborn" o'yinida hisob ochilganligi haqida malumot keldi. Gol muallifi - Mario Gyotce.

9`
Toni Kross o'zining kuchli zarbaga ega ekanligini eslatib qo'ydi. Ammo futbolchi mo'ljalda adashdi.

8`
CHalg'imayiz. "Real" hujum qildi. To'g'risi vaziyatni ko'zdan qochirdim. Anig'i shuki, gol bo'lmadi. To'p maydon egalarida yana.

7` Saytdagi "Barselona" jamoasining muxlis "yuzerlari" nomidan "Real" muxlislariga omad tilashimni iltimos qilishibdi. Ularning iltimosini amalga oshirdik. Omad:-) Futbol muxlislarni birlashtirishi albatta yoqimli!
Sog' bo'linglar!

6`
Maydon egalari ham hujumda harakat qilishdi. Marselo jamoasi foydasi uchun burchak to'pi ishlab oldi. Lekin bu standart vaziyati samarasiz tugadi.

5`
Albakarning jarimadan yo'llagan kuchli va aniq zarbasini Keylor Navas ushlab oldi.

4`
Uh! "Elche" qarshi hujumga o'tdi. Karvaxal raqibini qoidani buzib to'xtatib qoldi. Ogohlantirish. Jarima to'pi.

3`
Hozircha o'yin tempini jamoalar o'z faolliklari bilan ko'tarish niyatida emaslar. Hammasi asta-sekin degandek o'yin qilishmoqda.

2` Maydon egalari to'pni mhmonlardan olib qo'yishdi va ilk hujumni tashkil etishga urinishmoqda.

1` UCHRASHUV BOSHLANDI!


- Mayli, asosiysi, bugun o'yinda gollar ko'p bo'lsa bo'lgani:-)

- Saytda ham "yuzer"lar kam. Har holda ertaga ish kuni deng:-)

- "Santyago Bernabeu" bugun liq to'lmagan. Har holda bugun ish kuni ekanligi o'z so'zini aytmoqda shekilli. Har doimgidan kam tashrif ekanligini sezish qiyin emas.

- Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda.

- Marselo va Ronaldo maydonga chiqish oldidan o'zaro nimalarnidir muhokama qilishmoqda.

- Diqqat qiling! Yaqin daqiqalardan so'ng o'yin boshlanadi! Hamma o'z qo'liga telefon olsin, yoki kompyuteri qarshisiga joylashsin. Reportajimizni boshlaymiz.

- Pepe jarohati tufayli bugungi o'yinni o'tkazib yuboradi. Uning o'rnida Varan Ramosga sherik sifatida tanlangan.

- SHuningdek, "Real" tarkibida yana bir qator o'zgarishlar mavjud. Luka Modrich, Karim Benzema singari futbolchilar zaxirada qoldirilgan. Qizig'i, nominal hujumchi sifatida Isko yoki Ronaldo harakat qilishi kutilmoqda. Sababi, CHicharito ham asosiy tarkibga kiritilmagan.

- Karlo Anchelotti bugun darvozaga Keylor Navasni qo'yishni lozim deb topibdi. Kosta-Rikalik posbon bugun madridliklar safida o'zining debyut o'yini o'tkazadi.

- O'yinni Siz aziz muxlislar uchun SHahboz Beg'amov matnli onlayn tarzida sharhlab boradi.

- Assalomu alaykum qadrli futbol ishqibozlari! Ispaniya chempionatining 5-turidan  o'rin olgan "Real" - "Elche" bellashuvidan reportajimizni boshlaymiz.

- Uchrashuv soat 23:00da boshlanadi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика