So’nggi yangiliklar

14:35"Контега қарши битта ўйин бир йиллик тажрибага тенг"  0 14:08Гвардиола олдида катта танлов: "Сити"да қолиш ёки янги чақирувни қабул қилиш  19 13:39"Челси" "Барселона" аъзоси учун 30 млн евро тўлашга тайёр  2 13:12Ўзбекистон U-20 терма жамоаси устози: "Пенальтилардан фойдаланишни кўп маротаба машқ қилгандик"  14 12:58Ўзбекистон МТЖ собиқ футболчиси "Бунёдкор"да иш бошлади  0 12:30"Манчестер Сити" собиқ футболчиси Ҳусановни мақтади  15 12:03Слот – Гвардиолани АПЛнинг бир мавсумида икки марта мағлуб этган "Ливерпул"нинг биринчи мураббийи!  5 11:37"Барселона" 80 млн еврога баҳоланаётган туркиялик футболчига қизиқмоқда  6 11:09Хаби Алонсо – рекордчи!  1 10:41А Серия тўпурарларидан бирига «Арсенал» ва «Ливерпуль» асосий даъвогар  0 10:07Ўртоқлик учрашуви. «Насаф» «Шахтёр»ни мағлуб этди  4 09:36«Андижон» икки нафар футболчини ижарага берди. Бири Қозоғистон чемпионатига йўл олди  0 09:01Гвардиола Ҳусановнинг ўйнига юқори баҳо берди  18 08:33АПЛнинг жорий турида ушбу кўрсаткич бўйича Ҳусанов тенгсиз!  6 08:00Гвардиола кечаги учрашувдан сўнг нималар деди?  6

"Real" - jarohatlar bo'yicha etakchi, PSJda eng ko'p harajatlar, MYU esa boshqalardan ko'ra qimmatroqqa o'yinchisini davolaydi. Katta tadqiqotning asosiy tafsilotlari Yangiliklar

"Real" - jarohatlar bo'yicha etakchi, PSJda eng ko'p harajatlar, MYU esa boshqalardan ko'ra qimmatroqqa o'yinchisini davolaydi. Katta tadqiqotning asosiy tafsilotlari

APL - sonlar bo'yicha etakchisi.

Xalqaro sug'urta brokeri Howden Group futboldagi jarohatlar bo'yicha katta tadqiqot o'tkazdi: Evropaning top-ligalari 2021/22 yilgi mavsum so'nggiga qadar o'rganildi. Qiziqarli jihat: ekspertlar nafaqat jarohat soni, balki davolash narxlarini ham baholashdi.


Boshlashdan oldin qayd etish kerak: rasmlarda klublar jarohatlar soniga ko'ra emas, balki jadvaldagi o'rinlarga qarab joylashtirilgan.


Angliya: "CHelsi" barchadan ko'p jabr ko'rdi, "Vulvz"da esa muammolar kamroq



Bu top-5 ligalardagi jarohatlar (1231) soni bo'yicha etakchilar — 2020/21 yilgi mavsumdan ko'ra 293taga ko'proq.


Mana, APL-2021/22 yilgi mavsumning beshta eng yaxshi klubi jarohatlardan qanday aziyat chekkan.



• "Manchester Yunayted" jarohatlardan "CHelsi"ga ko'ra kamroq aziyat chekdi (81/97), ammo davolanishga ko'proq pul sarfladi: 29,7/27,9 mln evro. MYUda har bir jarohat o'rtacha 366 ming evroga tushgan.


• "Liverpul" — chempionatda jarohatlar soni bo'yicha uchinchi (80). Yurgen Kloppning muntazam ravishda zich taqvimni eslashi bejiz emas.


"Bizda mashg'ulotlarga vaqt yo'q, chunki biz doim o'ynaymiz. Menda tatil uchun etarli vaqt bor. O'yinchilarda esa yo'q. Men gapirganimda, [UEFA prezidenti] Aleksander CHeferin burchakdan chiqib, boshqa odamlar ko'proq ishlashi kerakligini aytadi. Buni shundoq ham bilaman, mister CHeferin bu haqda menga aytishga majbur emas", — dedi Klopp avgustda.


• Angliyada eng kam "Vulverxempton" o'yinchilar jarohat olishgan: 5,1 mln evrolik 34ta jarohat.


Germaniya: "Bavariya" — shu erda ham etakchi



Germaniya chempionatida 1205ta jarohat sodir bo'ldi — so'nggi yillarda ushbu ko'rsatkich asta-sekin pasayayotgandi, ammo hozir keskin ko'tarildi: 2018/19 yilgi mavsum — 1173ta jarohat, 2019/20 yilgi mavsum — 991, 2020/21 yilgi mavsum — 902.


Mana o'tgan mavsumning eng yaxshi besh jamoasi aks etgan surat.



• "Bavariya" va "Borussiya" ananaviy tarzda etakchi: futbolchilar ko'proq jarohat olishadi, klublar esa ko'p to'lashadi. Jarohatlar soni bo'yicha undan keyin Bundesligadan tushib ketishiga bir bahya qolgan "Gerta" (91).


• "Groyter" o'yinchilar eng kam jarohat olishgan: 1,1 million evro ketgan 33ta jarohat. Ammo, bu jamoaga yordam bermadi: munosib so'nggi o'rin (34ta turda 18 ochko) va tushib ketish.


• "SHtutgart" ajralib turibdi: 80ta jarohat va ularga atigi 1,6 mln evro harajat. Jarohat uchun o'rtacha 20 ming ("Manchester Yunayted"da bu ko'rsatkich 366 ming evro), ammo bu ko'rsatkichni to'g'ridan-to'g'ri solishtirish qiyin.


Ispaniya: "Real"da top-ligalardagi rekord



Ispaniya chempionatining 2021/22 yilgi mavsumida futbolchilar 848ta jarohat olishdi.


O'tgan mavsumdagidan 87taga ko'p.



• "Real" — barcha top-5 ligalarda jarohatlar soni bo'yicha etakchi: 114. Bularga 40,4 mln sarflashdi, faqatgina bu ko'rsatkich PSJda ko'proq.


• Barchadan kam jarohatlar "Alaves"da. 18ta jarohat, davolashga atigi 0,5 mln evro ketgan. Bu butun ligadagi harajatlarning 0,4 foizi.


• Jadvalning quyi qismi — 11-o'rindan 20-o'ringacha davolanishga juda ham kam sarflashgan: atigi 12,7 mln evro. Taqqoslash uchun: "Real"ning bir o'zida to'rt karra ko'p.


Italiya: "Yuventus" birinchi, "Empoli"da esa top-ligalardagi eng kam ko'rsatkich



A Seriya futbolchilari 835ta jarohat olishdi.


2020/21 yilgi mavsumdan 54taga ko'p.



• "Yuventus" bu borada etakchi: 88ta jarohat va davolanishga 22,6 mln. Ikkinchi o'rinni "Napoli" band etgan: 71ta jarohat va 11,8 mln sarf.


• Uchta klubning barchasida 55tadan jarohat — "Milan" (9,8 mln), "Torino" (6,3) va "Kalyari" (4,7).


• "Empoli"da esa top-5 ligalardagi eng kam yo'qotish: atigi 13ta jarohat va ularga 0,8 mln ketgan. "Veneciya" futbolchilari esa ozgina ko'proq jarohat olishgan (33), ammo ularga kam pul sarflashgan (0,7 mln).


Franciya: PSJ barchadan ko'p aziyat chekmoqda va to'lamoqda



Franciya chempionatining 2021/22 yilgi mavsumida 691ta jarohat ro'y berdi.


O'sish — o'tgan safargisiga qaraganda 85ta ko'proq.



• Liga 1da PSJ eng ko'p jabr (91ta jarohat) chekmoqda va eng ko'p to'lamoqda (40,7 mln evro). Undan keyin ancha pastda "Monako" bormoqda: 47ta jarohat va davolanishlarga 8,6 mln.


• "Monpele" o'yinchilari hammadan kam jarohat olishgan: 17ta jarohat va davolanishga 1 mln.


• Liga 1da pastki o'ntalik juda ham kam sarflaydi: faqatgina 12,7 mln evro — bu chempionatdagi umumiy pulning 16 foizi.


Barcha ligalar bo'yicha ko'rsatkich bormi?


Mana u.



Klublar 2020/21 yilgi mavsum bilan taqqoslaganda ko'proq jarohatlarga yo'liqishmoqda, shu sabab ko'proq pul to'lashmoqda.



Alisher Ostonov tarjimasi

Muallif : Alisher
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика