"Real" Iker Bravoni ijaraga oldi
30 avg 2022 14:30
Yangiliklar
"Real" Iker Bravoni ijaraga oldi
Madridning "Real" klubi "Bayer"ning 17 yoshli hujumchisi Iker Bravoni ijaraga oldi.
Bu haqda Leverkuzen klubi rasmiy sayti xabar bermoqda.
Yosh futbolchi joriy mavsum so'nggiga qadar "Kastilya" ("Real"ning zaxira jamoasi)da o'ynaydi. "Real" shundan so'ng Bravoni 6 mln evroga xarid qilishi mumkin.
Qayd etish kerakki, forvard "Barselona" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi, ammo u kataloniyaliklarning asosiy jamoasida umuman rasmiy o'yin o'tkazmagan.
O'yinchi o'tgan mavsum "Bayer"ning bosh jamoasida 1ta o'yinda maydonga tushdi. Yoshlar jamoasi safida esa 14ta o'yinda 7ta gol urishga erishdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Пахтакор" vs "Нефтчи": Қайси бирида чемпионлик имконияти катта?
АПЛ. МЮ "Тоттенхэм"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди, "шпорлар" 29-дақиқада ўн киши бўлиб қолишди
Ла Лига. "Барселона" ўз уйида "Мальорка"ни йирик ҳисобда мағлуб этди
Бензема мавсумда тўртинчи марта хет-трик қайд этди
Fikrlar