"Real" hujumchi Marianoni ijaraga bermoqchi

Aslanov Jasurbek
11 okt 2016, 10:30
"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan hujumchi Mariano Dias Mexiyaga joriy mavsumda ishonch bildirmayapti.
Ma'lumotlarga ko'ra, fransiyalik mutaxassis va "Qirollik klubi" rahbariyati Mariano boshqa klubda ijara asosida o'ynashini istamoqda. Joriy mavsum oldidan Zidan Marianoga o'yin amaliyotiga ega bo'lishi qiyinligini aytgan edi. Ammo futbolchi murabbiydan jamoada qolishni so'rab, asosiy tarkib uchun kurashishini aytgan. Hozir futbolchining fikri o'zgargan va u qishki transfer oynasida boshqa klubga o'tmoqchi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: AS