So’nggi yangiliklar

10:15"Нефтчи" собиқ мураббийи билан ҳисоб-китоб қилди  0 09:42Роналду дунё тарихидаги биринчи миллиардер футболчига айланди  6 09:13Ўзбекистон МТЖнинг бугунги учрашув учун таҳминий таркиби  7 08:45"Насаф" U-21 жамоасининг қониқарсиз натижалари сабабли Зафар Холмуродов ишдан олинди  2 08:13Бугун Каннаваро терма жамоамизда дебют қилади  5 00:54Расман: "Вильярреал" ва "Барса" ўртасидаги Ла Лига ўйини Майамида ўтказилади  3 00:28ЖЧ саралаши. Саудия Арабистони Индонезияни қийинчилик билан мағлубиятга учратди  17 23:40Ўзбекистон – Кувайт учрашувини бошқариб борувчи ҳакамлар маълум  6 23:25Миср ўз тарихида тўртинчи бор Жаҳон чемпионати йўлланмасини қўлга киритди  0 23:16Расман: Консейсау "Ал Иттиҳод"га бош мураббий этиб тайинланди. Клуб қишда "Насаф"га қарши майдонга тушади  1 22:54Ўзбекистон термасининг Кувайтга қарши расмий машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  3 22:30Ўзбекистон терма жамоаси Кувайтга қарши ўйиндан олдинги расмий машғулотини ўтказди  2 22:11ЖЧ саралаши. Ўмон Доҳада Қатар билан дуранг ўйнади  15 21:37Осиёда ЖЧ саралашининг тўртинчи босқичи бошланди. Бу ҳақда нималарни билишимиз лозим?  37 21:01"Реал" "Сантьяго Бернабеу" стадиони номини ўзгартириши мумкин  1

"Real" hujum chizig'ida ajoyib o'yinchilar yig'ilgan" - Gvardiola Yangiliklar

"Real" hujum chizig'ida ajoyib o'yinchilar yig'ilgan" - Gvardiola

Xosep Gvardiola "Real" bilan o'yindan oldin matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Xabaringiz bor, ertaga Chempionlar Ligasida mavsumining eng qiziqarli o'yinlaridan biri bo'lib o'tadi. "Manchester Siti" o'tish bosqichining birinchi qismida "Real"ni qabul qiladi. Manchesterliklar bosh murabbiyi Pep Gvardiola jamoasini qanchalik qiyin o'yin kutayotganini tushunib turibdi.

"Real" La Ligada birinchi o'rinda hamda "Atletiko" va "Barsa" bilan kurash olib bormoqda. Ularni mag'lub etish uchun ikkita yaxshi o'yin o'tkazishimiz kerak bo'ladi. Ha, bizga qura qiyin keldi. Ammo 24 jamoa ichida 22-o'rinni egallaganingizda, taqdirdan iltifot kutish qiyin.

Javob o'yinini uyda, muxlislaring ko'z oldida o'tkazish har doim yoqimli, biroq biz bunga loyiq bo'lolmadik.

Albatta, biz avvalgidek barqaror holatda emasmiz. Lekin yillar davomida juda yaxshi to'p tepgan futbolchilarimga ishonaman.

Ularning hujum chizig'ida ajoyib o'yinchilar yig'ilgan. Ular turlicha – qisqa va uzun paslar bilan hujumga o'tadi. Biz o'z o'yinimiz haqida o'ylashimiz kerak.

Agar biz g'alaba qozonsak, bu mavsumning qolgan qismi uchun katta turtki bo'lib xizmat qiladi. Men qanday o'ynashimiz kerakligini bilaman... Bilaman, yigitlar ham ertangi o'yinni intiqlik bilan kutishmoqda", – dedi Gvardiola.

Eslatib o'tamiz, "Manchester Siti" – "Real" bellashuvi 11 fevraldan 12 fevralga o'tar kechasi 01:00 da boshlanadi.

Avvalroq "Manchester Siti" "Bayer" futbolchilari uchun 200 mln evro hozirlab qo'ygani malum bo'lgan edi.

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика