"Real" futbolchisi jamoani tark etishga qaror qildi
06 apr 2024 14:55
Yangiliklar
Oldinroq, yarim himoyachi o'yin amaliyoti kamligi tufayli "Real"ni tark etish haqida o'ylab qolgani aytilgan edi.
Malumotlarga ko'ra, Sebalos klubni tark etishga qaror qildi. U faoliyatini Ispaniyada davom ettirmoqchi.
27 yoshli yarim himoyachi bilan shartnoma tuzishga "Atletiko" qiziqish bildirmoqda. O'tgan mavsumda "matraschilar" vakillari futbolchining agenti bilan bog'lanishgan edi. "Atletiko" yarim himoya chizig'ini kuchaytirmoqchi bo'lmasa ham, tomonlar yana muzokaralarni boshlashdi. Bundan tashqari Sebalos "Betis"ga qaytishi ham mumkin.
Dani joriy mavsum LaLiganing 14ta uchrashuvida maydonga tushib, 1ta golli pas berdi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar