"Real" - Yevropaning eng yaxshi jamoasi

Aslanov Jasurbek
11 sen 2018, 12:04
Yevropa klublari assotsiatsiyasi tashkilotning bosh assambleyasida 2018 yilning eng yaxshi jamoalarini aniqladi.

"Real" yil jamoasi deb topildi. Eng yaxshi ayollar jamoasi nomi "Arsenal" va "Chelsi"ga berildi. Bundan tashqari, "Gent" ijtimoiy sohadagi mehnatlari uchun taqdirlandi, "Red Bull Zalcburg" esa Yevropada eng katta o'sishga erishgan jamoa deb topildi.

"Real" 2017/18 mavsumda ketma-ket uchinchi marta Chempionlar ligasida g'olib bo'ldi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: twitter.com/ECAEurope