So’nggi yangiliklar

03:25Англия лига кубоги. "Арсенал" "Кристал Пэлас"ни пенальтилар сериясида мағлубиятга учратди. Ярим финалдаги рақиб – “Челси”  5 01:28Самвел Бабаян: “Бизда бир қатор йўқотишлар бор. Гуруҳдан чиқиш вазифасини бажаришимиз керак”  4 01:10Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди  52 00:55“Ал Аҳли” бош мураббийи: “Андижон” мусобақа давомида кучли жамоалигини кўрсатди”  1 00:25"Челси" Семеньо трансферидан воз кечди  1 23:55"Милан" Ориги билан шартномани бекор қилганини эълон қилди  1 23:34Винисиус мухлисларнинг муносабати туфайли "Реал"даги келажагига шубҳа қилмоқда  2 22:52"Ювентус" "Интер" ярим ҳимоячисини қишда ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 22:13Расман: "Лион" Эндрикни "Реал"дан ижарага олди  1 21:34ФИФА "Ал Насср"га қўйилган трансфер тақиқини бекор қилди  6 21:09"Бавария" етакчиси Австрияни забт этди  0 20:42Futsal Awards-2025 маросими ўтказилади  0 20:25"Рома" МЮ ҳужумчисини қўлга киритишга яқин  2 19:58"Барселона" Тер Штегеннинг келажаги бўйича қарор қабул қилди  1 19:30Апелляция иш берди: ПСЖ футболчисининг жазоси енгиллашди  3

"Real" Evropa Superkubogi sohibi! (to'liq sharh) Yangiliklar

"Real" Evropa Superkubogi sohibi! (to'liq sharh)

Evropa Superkubogi uchun bo'lgan bahsda Madridning "Real" jamoasi yuksak iroda ko'rsatdi va o'z muzeyiga navbatdagi sovrinni olib ketdi.


Norvegiyaning Tronxeym shahrida o'tkazilgan Evropa superkubogi uchun bahsda Evropa chempionlar ligasining amaldagi g'olibi "Real" Evropa ligasi sohibi "Sevilya" bilan to'qnash keldi.

Xorxe Sampaoli boshchiligidagi "Sevilya" yangi bosh murabbiyi qo'li ostida debyut bahsini "Real"ga qarshi o'tkazdi.

"Real" ushbu bellashuvni asosiy futbolchilarisiz o'tkazishga majbur bo'ldi. Ronaldu, Pepe jarohati tufayli, Beyl esa hali tatildan so'ng sport formasini tiklamagani uchun ushbu o'yinda ishtirok etishmadi.
Zidan Karim Benzema, Modrich va Xames kabi futbolchilarni ham asosiy tarkibda tushirgani yo'q. "Real"ning asosiy darvozaboni Keylor Navas ham bu bahsda ishtirok etgani yo'q.
Zidan faqatgina mudofaa chizig'i vakillarining xizmatidan to'liq foydalana oldi.

Uchrashuvni "Real" futbolchilari faollik bilan boshlashdi. O'yinning 21-daqiqasida yosh iqtidor egasi Asensioning ajoyib goli nafaqat "Real"ni hisobda oldinga olib chiqdi, balki o'yin bezagiga aylandi.


"Sevilya" jamoasi o'tkazib yuborilgan goldan so'ng oldinga, hujumga o'tishga urindi. Ularning hujumlari 41-daqiqada kelganida o'z samarasini berdi. Vaskesning jarima maydonchasi oldidan nozik did bilan yo'llagan zarbasi yo'liga Kasilya g'ov bo'la olmadi va bahsda hisob tenglashdi - 1:1.


Birinchi bo'lim shu hisobda yakunlandi.

Ikkinchi taymda "Sevilya" faollikni oshirdi va tashabbusni o'z qo'liga oldi. Ayniqsa Konoplyankani zaxiradan maydonga tushishi Sampaoli jamoasi foydasiga ishladi. Uchrashuvning 72-daqiqa aynan ukrainalik futbolchi ishlagan penaltini Konoplyankaning o'zi aniq amalga oshirdi va jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi.

"Real" jamoasi esa tablodagi hisob raqib foydasiga o'zgarganidan so'ng o'yinni kuchaytirish choralarini izladi. Zinedin Zidan zaxiradan Xames, Benzema va Modrichlarni kurashga qo'shishga majbur bo'ldi. Aynan shu o'zgarishlar "Real" o'yiniga kerakli sifatlarni qo'sha oldi.

O'yin tugashiga sanoqli soniyalar qolganida, aniqrog'i hakam tomonidan qo'shib berilgan 4-daqiqaning oxirgi soniyalarida Ramos Lukas Vaskesning ajoyib to'p oshirmasini golga aylantirdi va jamoasi joniga oro kirdi.

"Sevilya" endi g'alaba turaddudida turgan paytda Ramosning goli hammasini chippakka chiqardi.


Majich esa jamoalarni ekstra-taymga taklif etdi.

"Sevilya" futbolchilari bu kabi scenariyni kutishmagandi va qo'shimcha bo'limning dastlabki daqiqalaridanoq ularning jahli, g'azabi qo'zigani natijasida Kolodzeychak navbatdagi qo'polligi uchun maydondan chetlatildi.

Endi g'alabani nishonlayman, deb turgan muxlislar va futbolchilar nimalar ruy berayotganini tushuna olishmadi.
Hammasi teskarisiga qarab ketdi.
CHetlatishdan so'ng tashabbus to'liq "Real" jamoasi qo'liga o'tdi.

Xususan bellashuvning 99-daqiqasida Marseloning ajoyib to'p oshirmasidan keyin Ramos yana bosh bilan o'ynashda faol harakat qildi va jamoasining uchinchi golini urdi. Ammo bu gol inobatga olinmadi. Ramos boshi bilan zarba berish oldidan raqibga nisbatan qoida buzganini darvoza ortida turadigan hakam payqab qoldi va buni bosh referi Majichga tezda etkazdi.


Ekstra-taymning har ikkisi ham Zidan shogirdlarining katta tashabbusi ostida o'tdi. Barcha endi penaltilar seriyasini ko'rishga tayyorlanayotgan bir paytda o'ng qanotdan Karvaxal "otliqib" chiqdi va raqib futbolchilarini birin-ketin aldab o'tib, Evropa Superkubogi taqdirini hal etgan muhim golga mualliflik qildi - 3:2.

"Real" etakchilarisiz ham yuksak iroda ko'rsata oldi va Madridga yana bir nufuzli sovrin bilan qaytadigan bo'lishdi.

Ushbu g'alabani qo'lga kiritilishida "Real" himoyachilari Marselo, Ramos hamda Karvaxalning xizmati katta bo'ldi. Zidan aynan shu chiziqda etakchilarni maydonga tushirdi va ular butun o'yin taqdirini hal etilishidan muhim rol o'ynashdi.


Evropa Superkubogi.

Real Madrid Ispaniya – Sevilya Ispaniya 3:2

Lerkendal

Gollar: Asensio (21), Vaskes (41), Konoplyanka (71-penaltidan), Ramos (90), Karvaxal (119)

Real Madrid – Kasilya, Ramos, Varan, Karvaxal, Marselo, Isko (Modrich, 66), Kovachich (Xames, 72), Asensio, Kazemiro, Vaskes, Morata (Benzema, 62).

Sevilya
– Riko, Mariano, Kolodzeychak, Parexa, Karrisu (Rami, 51), Iborra (Kranevitter, 74), Kiyotake, Vitolo, Nzonzi, Vaskes, Vetto (Konoplyanka, 67).

Ogohlantirishlar
: Vitolo (40), Karvaxal (84), Asensio (86), Kolodzeychak (90), Xames (93).

CHetlatish
: Kolodzeychak (93).


Reyting: +45   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика