So’nggi yangiliklar

01:08ПРО-лига. 17-тур расмийлари эълон қилинди  0 00:49Максим Шацких: "Бугун биринчи даврадаги қарзимизни қайтардик"  0 00:22Ла Лига. "Мальорка" — "Реал Мадрид" 0:1 (матнли трансляция)  11 00:05Александр Крестинин: "Иккинчи бўлимда жонландик. Ҳали очколар тўплашимизга ишонаман"  0 23:50АПЛ. "Челси" - "Манчестер Сити" 0:2, Ковачич собиқ жамоасини чиройли голи билан жазолади  0 23:45А Серия. Шомуродов ва "Рома" "Кальяри" меҳмони бўлмоқда (онлайн ҳисоб)  11 23:35Суперлига. "Андижон" - "Сурхон" 2:3, Голларга бой бўлган ўйинда "Сурхон" сафарда ғалабни қўлга киритди  0 23:09Февзи Давлетов: "Ғалабага бўлган ишонч бизга натижа келтирди"  3 23:01"Мальорка" — "Реал". Таркиблар маълум  9 22:40Александр Хомяков: "Руҳият билан боғлиқ тизимли инқироздамиз"  20 22:25"Манчестер Сити" меҳмонда "Челси"ни қийинчилисиз мағлуб этиб, янги мавсумни ғалаба билан бошлади  16 22:20Суперлига. "Пахтакор" — "Локомотив" 3:1, "шерлар" биринчи даврадаги мағлубият учун ўч олишди  0 22:06Суперлига. "Пахтакор" "Локомотив"дан биринчи даврадаги мағлубият аламини олди, Абдуманноповдан дубль ва ассист  9 21:54Лига 1. "Ланс" илк турда меҳмонда ғалаба қозонди, Ҳусанов захирадан майдонга тушди!  0 21:30БАА Лига кубоги. Ғаниев ва "Ал Батеҳ" илк ўйинда мағлуб бўлди  2

"Real" "Atletiko" qarshiligini enga olmadi, hammasi javob o'yinida hal bo'ladi Yangiliklar

"Real" "Atletiko" qarshiligini enga olmadi, hammasi javob o'yinida hal bo'ladi

Ispaniya superkubogi uchrashuvida Madridning "Real" hamda "Atletiko" jamoalari o'zaro uchrashishadi. Ushbu sahifa orqali uchrashuv tafsilotlari bilan tanishib borishingiz mumkin.

Ispaniya superkubogi. Dastlabki uchrashuv.

"Real" - "Atletiko" 1:1

Bosh hakam: Xaver Estrada.

Gollar: Xames Rodrigez (81), Raul Garsiya (88).

"Real": Kasilyas, Pepe, Ramos, Ronaldo (X.Rodrigez, 46), Kroos, Benzema, Beyl, Marselo, Xabi Alonso, Karvaxal, Modrich (Di Mariya, 78).

"Atletiko"
: Moyya, Xuanfran, Miranda, Diego Godin, Sikeyra (Ansaldi, 64), Koke, Mario Suarez, Gabi, Nigez (Grizmann, 57), Raul Garsiya, Manjukich (Ximenez, 78).

Ogohlantirishlar: Koke (5), Sikeyra (12), Xabi Alonso (39), M.Suarez (58), Serxio Ramos (60), Mario Manjukich (60), Raul Garsiya (68).


                                    MATNLI TRANSLYACIYA

                                               YANGILASH


Barchangizga etibor uchun tashakkur! Doimo sog'-salomat bo'ling, Aziz futbol muxlislari! Keyingi bellashuvlarda g'oyibona ko'rishguncha...

UCHRASHUV YAKUNLANDI! Superkubok masalasi javob o'yinida hal etiladigan bo'ldi...

90` Di Mariya!!!!!!!!!! Bu futbolchi nimalar qilmoqda? Ajoyib dribling! Ha, bu harakatlaridan so'ng uning narxi yana 5 million evroga oshgan bo'lsa ajab emas...

90` Uchrashuvning ikkinchi bo'limiga 3 daqiqa vaqt qo'shib berildi.

89` Uchrashuvda vaziyat o'nglandi. "Real" yana oldinga borishga majbur.

88` GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Raul Garsiya! "Atletiko" tezda hujum tashkil etdi. Burchak to'pidan oshirib berilgan to'pni Raul Garsiya darvozaga yo'lladi, 1:1!

87` Di Mariya o'zini ko'rsatish maqsadida uzoq masofadan zarba berdi. To'p himoyachiga tegib maydonni tark etdi. Burchak to'pi. Ammo ushbu standart vaziyati besamar ketdi.

85` Marselo o'z qanotidan yorib kirdi. Uning uzatib bergan to'pini himoyachilar qaytarishga erishishdi.

83` "Atletiko" tezda xavfli hujum bilan javob qaytara oldi.

81` GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! XAMES RODRIGEZ! Toni Kroos boshlab bergan hujumni Xames Rodrigez unumli yakunladi, 1:0. Kolumbiyalik futbolchining tepgan zarbasi himoyachiga tekkan holda darvozadan joy oldi.

80` Ikkinchi qavatda himoyachilar hujumchilarga ish qoldirishmayapti.

78` Modrich o'z o'rnini Di Mariyaga bo'shatib berdi.

78` Mario Manjukich o'rniga Ximenez tushirildi.

77` Toni Kroos to'pni chiroyli tarzda qabul qilib oldi. Ammo zarbasi biroz o'xshamadi.

76` Zaxiradan maydonga chiqarilgan Grizmann va Xames Rodrigezlar kutilgan o'yinni namoyish etib bera olishmayapti.

74` "Atletiko"ning hujumi Raul Garsiyaning noaniq pasi evaziga yakuniga etmay qoldi.

72` Xames Rodrigezning zarbasiga aniqlik etishmadi.

71` "Real" ancha hujumkorlini oshirdi. Raqibiga bosim uyushtirmoqchi.

70` Bu safar Beylni to'pni tepdi. Moyya zarbani qiyinchilik bilan urib yubordi. To'p esa Kroosning oyoqlari ostiga tushdi. Lekin Tonining zarbasi deyarli bo'sh qolgan darvozaga emas, osmonga uchib ketdi.

69` Serxio Ramos jarima zarbasini amalga oshirdi. Noaniq. Lekin hakam "Atletiko" futbolchisi Raul Garsiyaga ogohlantirish ko'rsatdi. Jarima to'pi qaytadan tepiladi.

68` Xames Rodrigezga qarshi o'yin qoidasi buzildi. Xavfli nuqtadan jarima zarbasi.

67` "Atletiko" standart vaziyatidan unumli foydalana olmadi.

65` Mario Manjukich va Serxio Ramos to'qnashuvi davom etmoqda. Bu safar ham ispaniyalik himoyachi qo'pol harakat qildi. Qo'li bilan Marioni urdi, lekin hakam unga ikkinchi sariq kartochkani ko'rsatishga botinmadi.

64` "Atletiko"da yana o'zgarish. Sikeyra o'rniga Ansaldi tushirildi. Ansaldi ham bugun debyutini o'tkazadigan bo'ldi.

63` "Real"ning hujumini Serxio Ramos boshi bilan yakunlab qo'ymoqchi bo'ldi. Zarbaga esa aniqlik etishmadi.

62` Mario Manjukich to'p uchun havodagi kurashda Serxio Ramos bilan to'qnashib ketdi. Ramos Marioning tagida qolib ketdi. Serxio Ramos esa Manjukichni tirsagi bilan urdi. Bunisi ortiqchalik qildi lekin. Estrada esa ikkala futbolchiga ham ogohlantirish ko'rsatdi.

61` Mario Suarez hakam tomonidan ogohlantirildi.

60` Eslatib o'tamiz, Ispaniya superkubogi bahsi ikki o'yindan iborat. Javob bahsi 22 avgust kuni "Atletiko" maydonida bo'lib o'tadi.

59` "Atletiko" safida o'zgarish. Saul Nigez o'rniga Grizmann tushirildi. Franciyalik futbolchi yangi jamoasi tarkibida o'zining ilk o'yinini o'tkazmoqda.

58` "Real" nihoyat shiddatni oshirmoqda. Marselo, Kroos, Benzemalarning urinishlari besamar ketdi.

56` Xames Rodrigez unchalik ko'rinmayapti. Kolumbiyalik futbolchi kichik epizodlarda ishtirok etish bilan cheklanib qolmoqda.

55` "Real"ning kamsonli zarbalaridan biri muallifi Karvaxal. Noaniq.

53` Marseloning faolligi evaziga tashkil etilgan hujum yakunlanmay qolmoqda. "Atletiko" himoyachilari tezda xavfni o'z darvozalari oldidan uzoqlashtirishga erishishdi.

51` Mario Manjukich biroz chaqqonroq harakat qilganida hisob ochilishi mumkin edi. Lekin Kasilyas birinchi bo'lib to'pga egalik qildi.

50` "Atletiko" ketma-ket uchinchi bor burchak to'pini amalga oshirmoqda.

49` Garet Beyl! Ajoyib zarba va Moyya o'z o'rinda!

47` Karlo Anchelotti birinchi bo'limda deyarli maydonda ko'rinmagan Krishtiano Ronaldoning o'rniga Xames Rodrigezni maydonga tushirdi.

46` Ikkinchi bo'lim boshlandi!

Birinchi bo'lim tugadi. TANAFFUS!

45` Karvaxal Kokeni oyog'iga tepdi. Diego Simeone hakamdan sariq kartochkani cho'ntagidan chiqarishini talab qildi. Lekin Estrada o'z bilganidan qolmadi. Natijada faqat maydon markazi oldidan jarima to'pi.

44` Birinchi bo'lim so'nggida "Atletiko" maydon egalarini himoyalanishga majbur etmoqda.

42` O'yin darajasi o'rtacha.

40` Toni Kroos! Moyya! Germaniyalik yarim himoyachidan shedevr uzatma! Moyyadan tezkorlik! Toni Kroosning Beyl taraf uzatgan pasi chiroyli chiqdi. Lekin to'pga Beyldan ko'ra Moyya birinchi etib keldi va xavfni o'z vaqtida bartaraf etdi.

39` Xabi Alonso maydon markazida o'yin qoidasini buzdi. Estrada cho'ntagidan uchinchi sariq kartochkani olib chiqishga majbur bo'ldi.

37` Burchak to'pidan so'ng mehmonlar himoyachilari xavfni barataraf etishdi.

36` Luka Modrich! Xorvatiyalik futbolchi to'pni qabul qilib olib, qulayroq vaziyatga chiqib bordi va darvoza tomon zarba yo'lladi. Lekin to'p himoyachiga tegib o'z yo'nalishini o'zgartirdi. Burchak to'pi.

33` "Atletiko"ning hujumlari zarba bilan yakunlanmoqda. Hozir ham uyushtirilgan hujuni Mario Manjukich gol bilan yakunlamoqchi bo'lgandi. Lekin uning yo'llagan zarbasi shundoqqina Kasilyasning qo'liga borib tushdi.

31` "Real"ning hujumi uzilib qoldi. "Atletiko" esa burchak to'pi ishlab olgandi. Ammo bundan naf chiqmadi.

29` So'nggi 10 daqiqa uyquni keltiradigan darajada o'tdi. Lekin uxlab qolish yo'q...

27` Superkubokning javob bellashuvi 22 avgust kuni bo'lib o'tadi.

25` O'yin tempi yuqori emas.

23` Nigez Saulning navbatdagi zarbasi juda noaniq chiqdi.

22` "Real"ning qanotlarda uzatib berayotgan to'plari raqib himoyachilarining o'ljasiga aylanmoqda. Ronaldo va Benzema ikkinchi qavatda kutilgan o'yinni namoyish etib berishmayapti.

21` Diego Simeone bugun kostyum-shimlada shogirdlariga ko'rsatma bermoqda.

19` "Atletiko"ning hujumlari xavfliroq ko'rinish oldi. "Real" esa hozircha darvoza tomon aniq zarba bera olganicha yo'q.

18` "Real" burchak to'pini amalga oshirdi. Lekin Mario Manjukich boshi bilan xavfni qaytardi. Qaytadan tepilgan burchak to'pi ham besamar yakunlandi.

16` Serxio Ramos oddiy vaziyatda ko'pol xatoga yo'l qo'ydi va to'pni Nigezga oldirib qo'ydi. Ammo uning bergan zarbasini Iker Kasilyas bartaraf etdi.

15` Mario Manjukichning kuchli zarbasini Kasilyas qiyinchilik bilan qaytarishga erishdi. Xavfli zarba!

13` Beyl o'z qanotidan qochayotgan bir paytda, Sikeyra uni yiqitdi. Estrada ikkinchi sariq kartochkani Sikeyraga ko'rsatishga majbur bo'ldi.

11` Beylning zarbasi noaniq chiqdi. Buning uchun u jamoadoshlaridan uzr so'radi.

10` Maydon egalari hujumga qilishga intilishmoqda. Lekin "Atletiko" himoyachilari bunga yo'l qo'yishmayapti.

8` Garet Beylning qanotdan uyushtirgan reydini himoyachi payqab qoldi va uning rejasini buzib qo'ydi.

7` To'p maydon markazida ovora bo'lib yuribdi. Moyya va Kasilyas hozircha uchrashuvni kuzatish bilan bandlar. Ularga ortiqcha ish topilayotganicha yo'q.

5` Ogohlantirish. Koke to'p uchun kurashda Pepega nisbatan biroz qo'polroq o'ynadi. Estrada esa unga sariq kartochkani ko'rsatishni joiz deb topdi.

4` Har ikkala jamoa futbolchilari to'p uchun keskin kurashishmoqda. Darvozalar tomon zarba berilganicha yo'q.

2` "Real" futbolchilari to'p nazorati bilan shug'ullanishmoqda, hozircha.

1` UCHRASHUVGA START BERILDI! Biz ham o'z ishimizni boshlaymiz... Diqqat qiling, o'yin boshlandi!

Mundial kashfiyoti Xames Rodrigez bugun zaxirada qoldirilgan.

Ha aytgancha, bugungi o'yinni Sizlar bilan kamina SHahboz Beg'amov kuzatib boradi. Uxlab qolish yo'g'-a?

Demak jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda.

Mario Manjukich bugun "Atletiko" safida o'zining debyut uchrashuvini o'tkazadi. Toni Kroos esa "Real" tarkibida maydonga tushadi. Bu ikki futbolchi o'tgan mavsumda Myunxenning "Bavariya" jamoasida birga to'p tepishgan edi. Mario va Toni o'rtasidagi duelni ham ko'rish qiziqarli kechishi aniq.

Barcha uchrashuvni tomosha qilish shaymi? Yoki "Real" jamoasining uyquchi muxlislari ko'pmi?

Assalomu aleykum qadrli futbol ishqibozlari! Ispaniya superkubogi uchun bo'ladigan dastlabki bahsda Madridning "Real" jamoasi va "Atletiko" klublari o'zaro bellashishadi. Ushbu o'yindan matnli onlayn reportajni saytimiz orqali kuzatib borishingiz mumkin.


Uchrashuv soat 02:00da boshlanadi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика