

Futbolchining amaldagi shartnomasi yana bir yilga amal qiladi. Madrid klubi o'yinchining ushbu yozda jamoadan ketish ehtimoli past deb hisoblamoqda. Asensioning o'zi "Real"dan ketmoqchi emas.
Futbolchi "Real"ga 2015 yilning iyulida o'tgan edi. U o'tgan mavsum "qirollik klubi" safida 42ta o'yinda maydonga tushib, 12ta gol va 2ta assist qayd etdi.
Transfermarkt forvardni 40 million evroga baholamoqda.



