Real - Arsenal uchrashuvini o'tgan yilning eng yaxshi hakami boshqarib boradi
15 apr 2025 08:52
Yangiliklar
Real - Arsenal uchrashuvini o'tgan yilning eng yaxshi hakami boshqarib boradi
Real Madrid- Arsenal o'rtasidagi ECHL chorak final javob uchrashuvida ishlaydigan hakamlar malum.
Madriddagi uchrashuvni 2024 yilning eng yaxshi hakami Fransua Letekse boshqarib boradi. Franciyalik hakamga qanotlarda hamyurtlari — Mehdi Rahmoni va Siril Mugne yordam beradi.
Fransua Letekse bundan avval «Real Madrid»ning to'rtta uchrashuvida hakamlik qilgan bo'lsa, «Arsenal» uchun debyut bahsi bo'ladi.
Eslatib o'tamiz, «Real» va «Arsenal» o'rtasidagi javob uchrashuv 16 aprelga belgilangan. Jamoalarning ilk uchrashuvida London klubi 3:0 hisobida g'alaba qozongandi.
Malumot uchun, Fransua IFFHS tomonidan 2024 yilning eng yaxshi hakami deb topilgandi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди
Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!
Fikrlar