"Real" 200 millionga futbolchi sotishi shart

Mirjalol Normatov
8 dek 2019, 16:59
"Real" rahbariyati moliyaviy feyr-pley muvozanatiga tushishi uchun jamoaning bir necha futbolchilarini sotishi kerak.

"Marca" xabariga ko'ra, "qirollik klubi" yozda ishlatilgan 350 million evroni kelasi yozda 200 millionga futbolchi sotib to'ldirishi kerakyu

Eslatib o'tamiz, "Real" yozgi transferlar oynasi vaqtida himoyachilar Ferlan Mendi va Eder Militao, vingerlar Eden Azar va Rodrigo Goes, shuningdek, hujumchi Luka Yovichlarni transfer qildi.

Keylor Navas, Teo Ernandes, Markos Lorente, Mateo Kovachich hamda Raul de Tomaslar bilan shartnomalar bekor qilindi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Marca