Rayola MYU bilan Pogbaning yangi shartnomasi borasidagi uchrashuvni bekor qildi
26 apr 2019 15:41
Yangiliklar


Rayola MYU bilan Pogbaning yangi shartnomasi borasidagi uchrashuvni bekor qildi
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Pol Pogbaning agenti Mino Rayola klub rahbariyati bilan futbolchining yangi shartnomasi borasidagi uchrashuvni bekor qildi.
Bu haqda "The Sun" nashri xabar berdi. Agent mijozini "Real"ga o'tishini yoki "Yuventus"ga qaytishini xohlamoqda.
Bundan tashqari, OAVda Pogba va MYU bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher o'rtasida kelishmovchilik yuzaga kelgani haqida malumotlar paydo bo'ldi. Mish-mishlarga ko'ra, Pogba kiyinish xonasidagi muhitga yomon tasir ko'rsatmoqda.
Joriy mavsum Pol 44ta o'yin o'tkazdi va 16ta gol urib, 10ta golli pas berdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar