Ravshan Irmatov: "JCH o'yinlari bo'ladigan arenalar ham, terma jamoalar mashg'ulot o'tkazadigan arenalar ham bir xil standart asosida tayyorlanadi"

Omonjon To`xtamirzayev
30 iyun 2023, 11:46
Ayni daqiqalarda Futzal bo'yicha JCH oldidan FIFA va O'FA vakillari ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tmoqda.

Anjumanni O'FA birinchi vice-prezidenti Ravshan Irmatov ochib berdi.


- Avvalambor barchangizni Qurbon hayiti bilan hamda Siz jurnalistlarni kasb bayramingiz bilan tabriklaymiz. Yurtimizda yana bir bayram - xalqimiz va futzalchilarimizni orzusi hisoblangan mundial shukuhi kezib yuribdi.

- O'zbekiston so'nggi yillarda bir qator nufuzli turnirlarga mezbonlik qilib, katta tajriba orttirdi. Bu esa 2024 yilgi futzal bo'yicha JCHga O'zbekistonning mezbonlik qilish imkoniyatini oshirdi, deya olamiz. Qayd etish kerak, bu o'z-o'zidan bo'lmaydi. Mamlakatimizda davlatimiz rahbarligida sportga katta e'tibor berilmoqda. FIFA Prezidenti Janni Infantino yurtimizga tashrifi davomida davlatimiz rahbari bilan uchrashib, O'zbekiston yirik turnirlarni o'tkazish, mezbonlik qilishga ishtiyoqi yuqori ekanligi, mamlakatimizda so'nggi yillarda ko'plab sohalar singari sportga ham e'tibor va yondashuv o'zgarib borayotganini qayd etdi.

- Biz avvalgi yillar davomida musobaqalar geografiyasini hududlarga ham ko'chirdik. Qashqadaryo, Namangan, Farg'onada bir qancha xalqaro o'yinlar o'tdi. Bu esa viloyatlarda infratuzilmalarni rivojlantirish, mutaxassislarni xalqaro tajribasini oshirishga xizmat qildi, desak bo'ladi. Yurtimizda futzalga berilayotgan e'tibor, milliy chempionatimiz va undagi sog'lom raqobat ham futzal bo'yicha Jahon chempionatini yurtimizda o'tkazilishiga sabab bo'ldi, desak bo'ladi.






Foto: Tolibjon Qosimov

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia