So’nggi yangiliklar

18:00Суперлига. "Хоразм" – "Навбаҳор" (матнли трансляция)  4 17:54Ўзбекистоннинг Кувайт ва Уругвай билан ўйинлар учун таркиби маълум  5 17:38Мбаппе Винисиуснинг худбинлигидан норози  5 17:10АПЛ раиси лигалар ўйин тақвими бўйича ФИФА билан курашаётганини таъкидлади  0 16:42Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Туркия билан ўртоқлик баҳсларида қатнашади  0 16:26МДҲ Кубоги. Ўзбекистон U-15 терма жамоаси Қирғиз Республикасидан устун келди  4 15:55"Манчестер Юнайтед" Аморимга мавсум охиригача вақт беришга тайёр  1 15:30Фабио Каннаваронинг охирги иш жойидаги маоши қанча эди?  11 14:55"Ливерпуль" "Реал" қизиқишларига қарамай, Конате билан шартномани узайтирмоқчи  2 14:26"Барселона"нинг ЕЧЛ доирасидаги навбатдаги уй учрашуви қаерда ўтиши маълум  1 13:54"Нефтчи" Абдураимов ва Иванков билан бир ҳафта ичида ҳисоб-китоб қилиши лозим — ПФЛ  4 13:38Ла Лига президенти "Манчестер Сити"ни қаллобликда айблади  2 13:11"Манчестер Юнайтед" 17 ёшли колумбиялик истеъдодни сафига қўшиб олмоқчи  4 12:44Трамп Эрон вакилларининг ЖЧ қуръасида қатнашишига тўсқинлик қилмоқда  11 12:15Жамолиддин Раҳматуллаев: "U-20 Жаҳон чемпионатининг Озарбайжон ва Ўзбекистонга берилиши катта мотивациядир"   4

Ravshan Haydarov: “Uy o'yinlarini o'z maydonimizda o'tkazishni istagandik. Lekin...” Yangiliklar

Ravshan Haydarov: “Uy o'yinlarini o'z maydonimizda o'tkazishni istagandik. Lekin...”

9-tur doirasida bo'lib o'tgan “Andijon” hamda “Surxon” jamoalari o'rtasidagi uchrashuvdan so'ng o'tkazilgan matbuot anjumanida “Surxon” jamoasi bosh murabbiyi Ravshan Haydarov ishtirok etdi.




"O'yinni ahamiyati juda yuqori edi. "Andijon" uchun ham g'alaba zarur edi. Olti ochkolik o'yin bo'ldi. Jadvalda yonma-yon turgan jamoalar uchrashdi. Biz uchun muhimi g'alaba qozonishimiz kerak edi. SHu sababli, g'alabaga mos o'yin o'tkazishga qaror qilgandik. Yigitlarimiz ko'rsatmalarimizni to'g'ri bajarishdi. Ular meni talablarimni va qarashlarimni tushunib borishmoqda",- deya gap boshladi Ravshan Haydarov.

- “Surxon” so'nggi daqiqalarda o'yin vaqtini cho'zgandek tuyuldi...

- Buni o'yin cho'zish demagan bo'lardim. Men darvozabondan doim to'pni egallab olib, sheriklarini izlashlarishi so'rayman. CHunki, to'pni tepib yuboravergandan foyda nima? SHu sababli, u shunday qildi. Ataylab o'yinni cho'zgani menga sezilmadi. Jarohat olib charchab qolgandir. Bu futbolda bo'lib turadigan oddiy hol deb bilaman. 

- CHempionatni markazlashtirish haqida qanday fikrdasiz?

- Taqvim borasida rejamiz bo'yicha Termizda ikkinchi o'yin o'tkazishimiz kerak edi. Uy o'yinlarini o'z maydonimizda o'tkazish niyatida edik. Lekin, pandemiya kuchayib borayotgani uchun buning imkoniyati yo'qqa o'xshaydi. Albatta qarorni PFL qabul qiladi.

- "Surxon" jamoasiga kimning taklifi bilan keldingiz?

- "Surxon" klubi rahbariyatining taklifiga ko'ra keldim.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика