So’nggi yangiliklar

21:40БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" ўз уйида "Хорфаккан"ни мағлуб этди, Ғаниевдан иккита ассист  0 20:57"Бавария" "Манчестер Юнайтед"нинг икки футболчисини нишонга олди  2 20:23Рабьога "Наполи", "Милан" ва турк клублари қизиқиш билдирмоқда  0 19:50ОПЛ. "Сабаҳ" меҳмонда ғалабага эришди, Раҳмоналиев кетма-кет бешинчи ўйинда захирада қолдирилди  5 19:27"Фулхэм" — "Манчестер Юнайтед". Таркиблар маълум  27 18:50Бельгия Про лигаси. "Антверпен" ўн киши билан камбэк эвазига ғалаба қозонди, Ўринбоев бу сафар ҳам захирада қолдирилди  3 17:49Доннарумма "Ман Сити" билан шахсий шартнома шартларини келишиб олди. Битим суммаси 50 млн евродан кам бўлади  0 16:05"Реал" Винисиусга нарх белгилади  12 14:55Жан-Пьеро Гасперини: "Аниқроқ бўлганимизда иккинчи голни ҳам урардик"  1 14:29Нодирбек Абдураззоқов: "Ҳар бир учрашувда ғалаба учун майдонга чиқамиз"  0 14:14Мюллер МЛСдаги дебют голини 90+14-дақиқада урди ва жамоасига ғалаба олиб берди  1 13:31Шаҳром Самиев Тожикистон терма жамоасига чақирилгани ва CAFA Nations Cup турнири ҳақида гапирди  2 13:13"Астон Вилла" "Челси" ва ПСЖ ҳужумчиларини таркибига қўшиб олмоқчи  1 12:51Диего Симеоне: "Атлетико" ўз принципларини ўзгартирмайди"  1 12:30Мурод Бобожонов: "Сўнгги тўрт ўйинда уч гол? Бундан ҳам яхшироғига ҳаракат қиламан"  1

Ravshan Haydarov: “U–23 terma jamoasini 3ta musobaqa kutmoqda” Yangiliklar

Ravshan Haydarov: “U–23 terma jamoasini 3ta musobaqa kutmoqda”

Iroq hamda O'zbekiston U–23 o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvidan so'ng terma jamoamiz bosh murabbiyi Ravshan Haydarovni suhbatga tortdik.

-   O'rtoqlik o'yinini tashkil etib biz ikkita maqsadimizni amalga oshirmoqchi edik. Birinchidan, milliy terma jamoamizning eng yaqin zaxirasi qanday ahvolda va Avstriya yig'iniga sig'dira olmagan, bazi bir sabablar bilan o'sha yig'inga bora olmagan futbolchilar bor edi. Misol uchun, Sardor Mirzaev, Zafar Polvonov, Jaloliddin Masharipov. Mana shunday o'rtoqlik o'yinlarida ushbu futbolchilarni va boshqa futbolchilarni ko'rikdan o'tkazish maqsadimiz edi. Ikkinchidan, 1995 yilda tavallud topgan futbolchilardan iborat terma jamoamiz oldida 3ta musobaqa bor.

Ushbu terma jamoamiz tayyorgarligi mana shu o'yin bilan boshladik. U–23 terma jamoamiz nasib qilsa Osiyo chempionati saralashida, Osiyo o'yinlarida va Osiyo chempionatida ishtirok etadi. Lekin U–23 terma jamoasining asosiy vazifasi milliy terma jamoamizga yangi futbolchilarni tayyorlab berish. Iroq terma jamoasiga qarshi o'ynagan Doston Hamdamov, Akrom Komilov Avstriyadagi yig'inda qatnashishdi. Ular men bilan Toshkentga qaytib kelishdi. Javohir  Sohibov, Eldor SHomurodov, Jamshid Boltaboev esa 1995 yilda tavallud topgan futbolchilar. Ular milliy terma jamoaga jalb qilinib sekin – astalik bilan o'z o'rnini topib borishyapti. O'ylaymanki ushbu terma jamoa mana shu maqsad bilan o'z faoliyatini davom ettiradi”, - deydi U–23 terma jamoasi bosh murabbiyi Ravshan Haydarov.


Jahongir Sotvoldiev suhbatlashdi


Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика