So’nggi yangiliklar

16:58Гвардиол: "Бу оғир дам, лекин у мени ҳеч қачон синдира олмайди"  0 16:35Расман: Шуҳрат Муҳаммадиев "Локомотив"га қайтди  2 16:21Инсайд тасдиқланди: Озарбайжон клуби Раҳмоналиевни сотиб олди  1 16:01Расман: "Челси"га янги бош мураббий тайинланди  4 15:31Ўзбекистонлик ҳакамлар U-23 Осиё Кубоги 1-тур ўйинига тайинлов олди  0 15:27Аббос Отахонов: “Иложи борича юқори ўринлар учун курашамиз”  1 15:05"Насаф" легионер футболчиси билан хайрлашди  6 14:49"Хоразм" машғулотлари Championat.asia объективида  0 14:30Равшан Ҳайдаров: "Ёш таркиб билан иштирок этишимизга қарамай, мен жамоамизга ишонаман"  7 14:10"Хоразм" Тошкентда тайёрланмоқда  2 13:42"Манчестер Юнайтед" бош мураббий лавозими учун асосий номзодларни белгилаб олди  8 13:16Расман: "Андижон" ярим ҳимоячиси жамоада қолди  3 12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  2 12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  2 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  4

Ravshan Haydarov: "O'yin jihatdan olib qarasak, durang adolatli natija bo'lardi" Yangiliklar

Ravshan Haydarov: "O'yin jihatdan olib qarasak, durang adolatli natija bo'lardi"

U-20 jahon chempionati doirasida Argentina - O'zbekiston uchrashuvidan so'ng terma jamoamiz bosh murabbiyi Ravshan Haydarov o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"O'yin sifati, yigitlarning ruhiy holatidan ko'nglim to'ldi. Faqatgina doimiy kasalimiz — hujumni yakuniga etkazish bo'yicha oqsadik. Raqibda ham ko'p vaziyat bo'lmadi, biroq imkon qadar ulardan foydalanishdi. Biz esa imkoniyatlarni ko'kka sovurdik. Ushbu o'yindan to'g'ri xulosa qilishimiz kerak. Ajoyib atmosferada Argentinaga qarshi tengma-teng o'ynadik. O'yin jihatdan olib qarasak, durang adolatli natija bo'lardi. 

Vaqti-vaqti bilan raqib yo'lini to'sdik. Yakkakurashlarda ham raqibga ko'p imkoniyat bermadik. Raqibning mahoratli futbolchilari o'yin taqdirini hal qilib qo'yishdi. To'g'ri, natija jamoaga salbiy tasir o'tkazadi. Biroq bu borada tushuntirish ishlari amalga oshiramiz. Oldinda yana ikkita o'yin bor. Yigitlarni keyingi o'yinga tayyorlashga harakat qilamiz. 

O'yinni tahlil qilib chiqamiz. Xatolarimizni o'rganamiz va shunga qarab maydonga kimni tushirish haqida xulosa chiqaramiz. 

Guruhdagi narigi uchrashuvni tahlilchi murabbiylar to'liq kuzatib borishdi. Men bellashuvning bir qismini ko'rdim, shu bois butun o'yinga baho bera olmayman. Biroq xulosalarim jamoalar kuchliligidan dalolat berib turibdi. 

Jamoada kimnidir ajratib ko'rsata olmayman, butun jamoani etirof etishim mumkin. Ular bor imkoniyatini ishga solishdi. Qolaversa, zaxiradan maydonga tushgan o'yinchilar ham o'yinni kuchaytirdi. 

Abdurazzoqovda so'nggi daqiqalarda imkoniyat yuzaga keldi. U to'g'ri ochildi, zarba yo'llashni uddaladi, ammo aniqlik etishmadi.

Xoldorxonovda hech qanday muammo yo'q. SHunchaki, asosiy hujumchimiz ekanligini sezgan holdan uni raqib himoyachilari yaxshi qo'riqlashdi", dedi terma jamoamiz bosh murabbiyi.

Reyting: +24   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика