Ravshan Haydarov: "Maqsadimiz yanvarda Xitoyda bo'ladigan Osiyo chempionatida munosib ishtirok etish"

Narzulla Saydullayev
17 dek 2017, 09:36
Tailandda o'tgan musobaqada chempion bo'lgan O'zbekiston U-23 terma jamoasi kecha tunda yurtimizga qaytib keldi.

“Bu musobaqa yanvarda boshlanadigan Osiyo chempionati oldidan biz uchun tayyorgarlik vazifasini bajarib berdi. Musobaqa davomida futbolchilarning holatini ko'zdan kechirib, turli taktikalarni sinovdan o'tkazdik. Asosiy maqsadimiz yanvarda Xitoyda bo'ladigan Osiyo chempionatida munosib ishtirok etish. Tarkibimizdagi ko'plab yoshlar katta salohiyatga ega. Ularning darajasini yanada oshirib, milliy terma jamoaga munosib nomzodlarni tayyorlash uchun qo'limizdan kelgancha harakat qilamiz”, - deydi Ravshan Haydarov.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com