So’nggi yangiliklar

19:42"2+1" қайд этган ҳужумчи, тур голини урган ёш хавбек, жамоасини муқаррар голлардан қутқарган дарвозабон — Суперлигада 13-турнинг энг яхшилари  0 19:40Ўзбекистон Кубоги. "Нефтчи" – "Машъал", "Сўғдиёна" – "Қизилқум" (онлайн ҳисоб)  2 19:35Про лига. "Арал" – "Локомотив" 2:0 (онлайн ҳисоб)  1 19:2538 ёшга тўлган Лионель Месси ҳақида 38 та қизиқарли маълумот  0 19:07Норчаев, Холматов, Абдухолиқов ва бошқалар ... Суперлига 13-тур рамзий терма жамоаси  0 19:04Абрамов мантиқан ҳеч нарса йўқотмади, Зейтуллаев учун керакли ғалаба эди — Абдулазиз Искандаров таҳлили  2 18:39"Футбол олами". "Динамо"да мавсумдаги илк мағлубият, "Навбаҳор" - ОКМК 3:0 — 13-тур ҳақида батафсил   0 18:10Носир Абдусаломов: "Қўқонда 120 дақиқа осон бўлмаганди, "Динамо" билан ўйинга ўзига ҳос куч топа олдик"  2 18:00Лукаку: "Роналду каби 40 ёшгача ўйнашни хоҳлардим"  2 17:10Бэйл "Кардифф"ни сотиб олиб, уни АПЛга олиб чиқмоқчи  2 16:43Энрике Клублар ўртасидаги ЖЧ стадионларидаги майдонлар ҳолатидан нолиди  9 16:18ЎФА раҳбарияти Майамидаги ФИФА Ижроия футбол саммитида қатнашди  3 15:56Маскерано: "Интер Майами" дунёнинг энг яхши 16 жамоаси қаторига кирди"  17 15:34"Насаф" ОЧЛ Элитда кимлар билан ўйнайди?  9 15:14МЮ Мбеумо учун курашда пешқадам ва у учун катта пул ажратишга тайёр  1

Ravshan Haydarov: "Surxon"da potencial bor" Yangiliklar

Ravshan Haydarov: "Surxon"da potencial bor"

Coca Cola Superligasining 8-turidan o'rin olgan "Lokomotiv" - "Surxon" (2:1) uchrashuvidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Ravshan Haydarov o'z fikrlarini bildirdi.




"O'yin qiziqarli, tengma-teng kurashlarga boy bo'ldi. Ikkala jamoa ham futbol o'ynashga harakat qildi. "Lokomotiv" safida mahoratli futbolchilarni ko'pligi va yaratilgan vaziyatlardan unumli foydalanish qobiliyati kuchlililigi g'alabada muhim rol o'ynadi. O'yinni nazorat qilish bo'yicha bizni jamoa ham yomon harakat qilmadi. Bizdagi kamchiliklardan biri vaziyatlardan foydalana olmaslik bo'ldi. Afsuski, "Surxon" jamoasidagi ilk o'yinim omadli chiqmadi. Lekin, xatolardan to'g'ri xulosa chiqaramiz, tahlil qilamiz. Ko'rib turibman jamoada potencial bor. O'ylaymanki, barchasi o'z yo'liga tushib ketadi. Hali ochkolar jamg'aramiz",- deya gap boshladi Ravshan Haydarov.

- Jamoani qabul qilib olishingizdan oldin tarkibni holatini ko'rib chiqdingizmi. CHunki, jamoa ayni paytda yaxshi holatda emas...

- "Surxon" jamoasi rahbariyatidan taklif tushganidan keyin ular bilan gaplashdim. Rahbarlar bilishardi mani hali U 23 terma jamoasiga ham masulman. Bo'lajak olimpiya terma jamoasini shakllantirish va boshqalar bo'yicha rejalarimiz pandemiya sabab o'zgarib ketdi. SHuning uchun taklif tushgach bir hafatacha o'yladim. Boz ustiga murabbiylik amaliyotida bo'lish uchun taklifga rozilik berdim. Jamoani bir nechta o'yinlarini kuzatdim. Tarkibda tajribali futbolchilar bor. Bunday tajribali futbolchilar bilan o'zgacha o'yin uslubini ishlab chiqish mumkin. Yosh futbolchilar bilan boshqa o'yin uslubini joriy qilishimiz mumkin. Ish jarayonida qaysi poziciyalarni kuchaytirish haqida ko'rib chiqamiz.

- Alkesandr Kasyan boshi bilan yaxshi o'ynaydi. Lekin, o'yin davomida unga biror marta yuqoridan to'p uzatilmadi...

- Uzatmalar bo'ldi. Lekin, sifatli emas. Buni tan olish lozim. Qanotlardan hujumlar kam. Bu oldingi o'yinlarda ham kuzatilgan. Ikki kun ichida jamoani tayyorladik. Nuriddin Hasanov harakat qilib ko'rdi. Ammo, sifatli emas. Ishlanadingan jihatlarimiz ko'p. To'g'ri, Kasyandan to'g'ri foydalana olmadik. Ikki kun ichida ishladik.

- Hozirgi holatdan kelib chiqib jamoa bilan yuqori o'rinlarni egallashga ko'zingiz etyaptimi?

- Nimaga endi yo'q? To'g'risi, kelganimga ikki kun bo'ldi. Hali ichki muhit bilan to'liq tanishib chiqmadim. Yigitlarning ruhiyatini hali to'liq o'rganganim yo'q. Ishni boshladimmi shu futbolchilarga ishonishim kerak. Hozirgi sharoitda hech kimni almashtirishni iloji yo'q.

- Transferlar oynasida o'zingiz istagan futbolchilarni jamoanga olib kelishni iloji bormi?

- Oldin hozirgi qo'l ostimdagi futbolchilarni o'z uslubimga moslashtirishga harakat qilaman. Birinchi davra yakuniga qadar beshta uchrashuv bor. Bugun yigitlar to'p bilan ko'proq muomalada bo'lishga, to'p bilan qarshi hujumlar tashkil qilishga harakat qilishdi. Jamoada kombinacion futbolga moslashgan futbolchilar ko'p. Masalan, SHerzod Karimov, Husniddin G'ofurov, ikkinchi Husniddin G'ofurov, bular uslubimdan xabardor.


Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика