So’nggi yangiliklar

15:57Чемпионлар Лигаси финали учун тўп тақдим этилди  0 15:36"Баланд масжид" Фарғона вилояти ҳокими кубоги ғолибига айланди  2 15:19САфарда "Қўқон-1912" меҳмони. Жавоҳир Ҳусанов МТЖга бориб келгач, ўзгариб қолдими?   0 14:54А Серия топ-клуби юлдуз ўйинчи билан янги шартнома бўйича музокараларни бошлади  0 14:23Элдор Шомуродов Туркия Суперлигаси 21-тур рамзий жамоасидан жой олди  0 14:01Фарғона вилояти ҳокими кубогида 3-ўрин эгаси аниқланди  0 13:39Ўзбекистонлик мураббий Кипр клубида иш бошлади  1 13:18Расман: "Металлург" — Про лига иштирокчиси  8 12:56Ҳусниддин Алиқулов муваффақиятли операция қилинди  10 12:32Ҳоланд "Энфилд"да илк бор гол урди. У АПЛда ўйнаган 24 та стадионидан 23 тасида гол уришга муваффақ бўлган  2 12:05"Металлург"дан трансфер тақиқи олиб ташланди  0 11:39Манчестер грандлари "Брентфорд" ҳимоячиси учун курашади  2 11:16Клубларни босқичма-босқич хусусийлаштириш бўйича фикр алмашилди  10 10:30"Сўғдиёна" U-21 мураббийи Станислав Андреев: "Бу ҳаётимдаги янги ва муҳим босқич"  4 10:00Касорла: "Ла Лига барча жиҳатдан АПЛдан ёруғлик йиллари даражасида ортда қолмоқда"  3

Ravshan Haydarov: "Biz uchun eng muhimi - keyingi o'yin. Har bir g'alaba bizni chempionlikka yaqinlashtiradi" Yangiliklar

Ravshan Haydarov: "Biz uchun eng muhimi - keyingi o'yin. Har bir g'alaba bizni chempionlikka yaqinlashtiradi"

Saudiya Arabistonida o'tkazilayotgan U-23 Osiyo kubogi uchinchi turidan o'rin olgan O'zbekistonv va Koreya Respublikasi o'rtasidagi o'yindan keyin Ravshan Haydarov va uchrashuvning eng yaxshi o'yinchisi Behruz Karimov matbuot anjumanida qatnashdi.

Ravshan Haydarov: Keyingi bosqichga chiqqanimiz bilan muxlislarimizni tabriklaymiz. Muhim qadamni qo'ydik. Yigitlarga rahmat aytaman. Ular rejani to'liq bajarishdi. Aql bilan, matonat bilan harakat qildik. Uchrashuvning boshida biroz nazoratni yo'qotdik, ammo ikkinchi bo'limda barchasini o'nglab, g'alaba qozondik.

Behruz Karimov: Bugungi o'yin ajoyib, emociyaga boy bo'ldi. Keyingi o'yinlarni ham yutishga harakat qilamiz. Biz bu erga bekorga kelganimiz yo'q. To'g'ri, yoshimiz kichik bo'lishi mumkin, ammo bizga ishonsangiz bo'ladi. Maqsadimiz - chempionlik.

- Behruzga savol, siz Superligada ham uzoq masofalardan gol urdingiz. O'yindan oldin ham shunday reja bormidi? Uzoq masofadan gol urish yani...

- Bor edi. Men har bir o'yinda vaziyatimni kutib yurdim. Bugun o'tkir burchakdan imkoniyat bo'ldi, men o'ylab o'tirmasdan zarba yo'lladim va gol urdim. 

- Bugungi o'zgarishlar raqibga qiyinchilik tug'dirdi. Amirbek yoki Saidumarxonni maydonga tushirilishi, charchagan raqibga kutilmagan zarba bo'ldi desa bo'ladi. Shunday reja bormidi?

- Albatta, bugungi reja shunday edi. Ikki futbolchi ham oldingi o'yinda katta ish qilishdi. Siz takidlagan reja amalga oshdi.

- Chorak finalga rejangiz qanday?

- Guruhdan chiqdik. Raqibimizni ertaga bilamiz. O'yindan o'yinga maqsadni yuqoriroq qo'yamiz. Pley-offda raqibni yaxshi o'rganib, reja bilan o'yinlarga boramiz. Tarkibda rotaciya bo'lishi mumkin, bu tabiiy. O'yinni faqat kuchaytirish niyatidamiz. 

- Guruhdagi ishtirokda futbolchilaringizgi o'yinidan qanchalik qoniqdingiz?

- Futbolchilarimning o'yinga bo'lgan rejaga amal qilish va intizomni saqlashidan mamnun bo'ldim. Ha, barcha futbolchilarimiz individual jihatdan kuchli, ammo g'alabaga asosiy sabab taktikaga amal qilganimiz bo'ldi. Borgan sari o'yinimiz yaxshilanib boradi deb umid qilaman.

- Futbolchiga savol, o'yinni Fabio Kannavaro kuzatib bordi, bu sizga bosim yoki motivaciya berdimi?

- Biz kutmagandik. Uchrashuvdan oldin tashqarida Kannavaroni ko'rdik. Bu narsa bizga bosim yuklagani yo'q, faqatgina qo'shimcha motivaciya berdi. O'z o'yinimizni ko'rsatib, g'alaba qozondik. 

- Siz bu kabi turnirda g'alaba qozongansiz. Sizdan yana chempionlikni kutsak bo'ladimi?

- Biz oldimizga oliy maqsad qo'yganmiz. Chempionlik uchun kurash davom etadi. Biz uchun eng muhimi keyingi o'yin. Har bir g'alaba bizni chempionlik uchun yaqinlashtiradi. Shu strategiya bilan harakat qilsak, chempionlikka ham erishishimiz mumkin.

- O'zbekiston o'zining potencial raqiblari Xitoy yoki Avstraliyani o'rganishga ulgurdikmi yo bu jarayon endi bo'ladimi?

- Xitoyni juda yaxshi bilamiz. O'rtoqlik turnirlarida ular bilan ko'p marta to'qnash keldik. Ular ham rivojlanmoqda. Tahlilchilarimiz barcha raqiblarni o'rganib borishmoqda. Ertadan ushbu malumotlarni yigitlarga berishni boshlaymiz. Raqibni o'yin uslubini o'rgangan holda, o'z uslubimizni ko'rsatishimiz lozim. Ha, bugun birinchi bo'lim ko'pchilikka yoqmagan bo'lishi mumkin, ammo ikkinchi bo'limda nazoratni qo'lga oldik. Raqibga qarab, taktikani ishlab chiqamiz. 

Reyting: +10   

Fikrlar

   
14 jan 11:17:37
Акмал Аляров
Шу Равшанакага тан бераман жуда омадли инсон,бошидан қарасак тайёргарлик бошланганда ўртоқлик ўйинларида ҳамма танқид қилади,Чемпионат бошланса жамоаси жуда ерқин ўйнаб ҳам юбормайди,лекин миссия максимално бажарилади
   
14 jan 08:30:32
Akbarxo'ja Tursunov
Rovshan aka Haydarovga gap yo'q, haqiqiy o'zbek futboli maestrosi!
   
14 jan 08:10:29
BXZ BXZ
BXZ BXZ foydalanuvchining fikriga javob berish
Мавзудан ташкари ,Дубай кубок. финал Пахтакор kids - Манчестер Сити акадеймияларини термаси 2:0 бош соврин Пахтакор kidsда . Ярим финалда Пахтакор Манчестер Сити акадеймияси 2:1 . Энди финалда хам Ман Ситини термасини ютдик
Пахтакор kids Дубайда Абу Даби кубогини олди , хаммаси бу́либ 12- у́йин 12- галаба . Ким ку́раман деса силка ютубда ёзинг . Final Pakhtakor kids 2018 vs Manchester city 2018 2:0 Mustafo Khotamjonov .
   
14 jan 07:59:38
BXZ BXZ
Мавзудан ташкари ,Дубай кубок. финал Пахтакор kids - Манчестер Сити акадеймияларини термаси 2:0 бош соврин Пахтакор kidsда . Ярим финалда Пахтакор Манчестер Сити акадеймияси 2:1 . Энди финалда хам Ман Ситини термасини ютдик
   
14 jan 07:55:14
Мирзаев Б
Хайдаров гап йук метин химоя, карши хужум, чиройли тактика ва галаба,койил
   
14 jan 05:57:57
Ruziqul Zaripov
Barakalla Eron bn uyindan keyin biroz xovotirda lekin bollar zur uynab yutib berdi uzim musofirda bulsam xam promoydan kurdim qolgan uyinlarda omad
   
14 jan 05:11:43
BXZ BXZ
Кейинги у́йинда хам Аллах ку́лласин ва галаба козониш насиб этсин .
   
14 jan 03:13:57
Abb
Рахмат куп яшанглар
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика