So’nggi yangiliklar

23:01Алдервейрелд ваҳима касаллиги туфайли Бельгия терма жамоасини тарк этганини айтиб берди  0 21:09Аморимга трансферлар учун тен Хагга нисбатан камроқ пул беришади  3 20:45Эшитдик-да! "Нефтчи" икки мураббийга жавоб бермоқчи  8 20:31"Бавария" стадионидаги чим U15 жамоаси майдонига юбориляпти  3 20:28"Қизилқум"нинг икки футболчисига бир қатор клублар қизиқмоқда  2 19:54Саудия Арабистонида можаро авж олди. Айрим легионерлар маош олишмаяпти  6 19:28Футзал бўйича Олий лига. "Максам-Чирчиқ" "Металлург"дан устун келди  0 19:07Ўзбекистон U-15 терма жамоаси Тошкентда йиғин бошлади  0 18:48КХДР термаси бош мураббийи: "Ўзбекистонга қарши алоҳида стратегиямиз мавжуд"  46 18:31Жамшид Болтабоев чиндан ҳам "Нефтчи" билан келишиб олдими? Футболчининг ўзи жавоб берди  6 18:12"Ливерпуль" Салоҳга муносиб ўринбосар топди  5 17:45"Сити" Ҳоландни Премьер-лигадаги энг кўп маош олувчи футболчига айлантирмоқчи  4 17:18Ўзбекистон КХДРга қарши баҳс олдидан расмий машғулот ўтказди  25 17:04Ўзбекистон U-20 терма жамоаси Ироқ билан муроса кўчасини танлади  4 16:49Футзал бўйича Олий лига. "Оил Стар" "Сурхон" дарвозасига "хоҳлаганича" тўп киритди  0

Ravshan Haydarov: "Avstraliya bilan o'yin - yangi tarix" Yangiliklar

Ravshan Haydarov: "Avstraliya bilan o'yin - yangi tarix"

Avstraliya - O'zbekiston uchrashuvi oldidan matbuot anjumani bo'lib o'tdi.

Unda termamiz ustozi Ravshan Haydarov va sardor Umarali Rahmonaliev ishtirok etdi.

"Hammaga xayrli kun. Avvalambor, bu bosqichga etib kelgan terma jamoalarni tabriklayman. Bo'lajak o'yinlar barcha uchun juda muhim. Bu yoshdagi futbolchilarning orzusi, maqsadi jahon chempionatiga chiqish. O'z navbatida biz minimum vazifani bajarib, shu bosqichga etib keldik. Yigitlar bo'lajak bahsning qanchalik muhimligini tushunib turishibdi va hammamiz zo'r ishtiyoq bilan tayyorgarlik ko'ryapmiz. Ertangi o'yinda, muxlislarimiz va jamoamiz orzusi ushaladigan bahsda, borimizni berishga harakat qilamiz", - dedi Ravshan Haydarov.



"Assalomu alaykum. O'zbekistonga futbol kirib kelgani bilan hammmani tabriklayman. Murabbiyimiz aytganidek, minimum vazifani bajardik. Inshaalloh, bizni juda ham katta o'yin kutib turibdi. Biz etiborimiz, kuch va salohiyatimizni ertangi o'yinga qaratganmiz. Raqibning o'yini borasida tushunchamiz bor va mashg'ulot jarayonlarida shunga yarasha tayyorlanyapmiz. Aytishadiki, maydonda omad kuchlilarga kulib boqadi. Ertaga omad bizga kulib boqadi, inshaalloh. Barchasini vaqt ko'rsatadi", - dedi Umarali Rahmonaliev.




Ravshan Haydarov: "Hujumchilar muammosi doim bo'lgan. Bu narsa katta futbolda ham mavjud va tanlov u qadar ko'p emas. Ammo bizni jamoamizda hujumchilar bor, albatta. Hozirgi holati, tajribasi, imkoniyatlaridan kelib chiqib Po'latxo'jaga ko'proq imkoniyat berishga harakat qilyapmiz. Yaqqol hujumchini aytib o'tdik. SHu bilan birga qanotlarda o'ynaydigan o'yinchilarimiz ham hujumlarda bevosita faol ishtirok eta oladi. 

Murabbiylar shtabimiz bu kabi musobaqalarda qatnashgan. Bundan avvalgi yoshlar terma jamoasida ham faoliyat olib borgan. Barchamiz bor tajribamizni U-20 terma jamoamiz azolariga ham etkazishga astoydil harakat qilyapmiz. O'ylaymanki, bu terma jamoamiz ham avvalgi termalarimiz kabi o'sishga erishadi. Bu jarayonda shunday musobaqalar Osiyo chempionati va eng muhim turnirlardan biri Jahon chempionati. Unga chiqa olgan futbolchilar o'zgacha tilga olinadi. Yigitlarga shu narsani tushuntirishga urinyapmiz. Avvallari bu o'z samarasini bergan. Jahon chempionatlarida qatnashgan, shu kabi musobaqalarda pishib etilgan yoshlar o'zbek futbolining asosini tashkil etishgan. O'ylaymanki, bu terma jamoa azolari ham bo'layotgan Osiyo chempionati orqali Jahon chempionatiga chiqish va hayotidagi eng muhim pallani o'tkazish yo'lida, katta maqsadlar bilan mehnat qilyapti".         

Umarali Rahmonaliev: "To'g'ri, siz aytib o'tgandek o'yinlarda zarbalarim nisbatan kamroq. Mashg'ulotlar jarayonida zarbalar bo'yicha ham alohida ishlayapmiz. Ko'ramiz, balki yaxshi zarbalarni ertangi o'yinga olib qo'ygandirmiz.

Barcha futbolchilar, nafaqat biz, balki butun xalqimiz uchun ertaga bo'ladigan uchrashuvning o'zi katta motivaciya desak, mubolag'a bo'lmaydi. SHuning uchun bor ishtiyoqimiz, etiborimizni ertangi o'yinga qaratamiz. Bir jamoa bo'lib maydonga chiqib, buni natijada ham aks ettirishga harakat qilamiz. 



Ravshan Haydarov: "Avstraliya terma jamoasining o'yinlarini ko'rib, tahlil qilib boryapmiz. Albatta, ularning o'yin uslubi o'ziga yarasha. Buni yigitlarga ham ko'rsatib boryapmiz. SHunga yarasha reja ham ishlab chiqyapmiz. O'ylaymanki, ertaga munosib o'yin ko'rsatamiz. G'alaba uchun munosib tarkib va taktika rejasi bor."

Guruh o'yinlari ham oson bo'lmadi. Har bitta uchrashuv alohida ahamiyatga ega edi. Hatto oxirgi o'yinda ham biz g'alabaga intilib harakat qildik. Avstraliya bilan o'yin — yangi tarix. Unga boshqacharoq yondashish kerak. Bu bahsdagi kamchilik va xatolar kechirilmaydi. Futbolchilarimizda ishtiyoq katta. Ular masuliyatni his qilib turishibdi. Lekin sovuqqonlikni unutmasdan, reja bo'yicha harakat qilib, g'alaba uchun intilishimiz kerak.




Foto: Jahongir Fayzullaev

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика