So’nggi yangiliklar

15:02"Металлург" катта футболга қайтиш арафасида  1 14:41Бугунги ўйинлар: "Арсенал" — "Ливерпуль", Франция Суперкубоги ва бошқалар  0 14:19"Сурхон" Февзи Давлетов ва Алексей Николаев билан ҳамкорлик якунланганини эълон қилди  4 14:00Балотелли фаолиятини БААда давом эттиради  0 13:32"Андижон" ҳужумчиси Озарбайжонга йўл олди  1 13:05"Локомотив" Чехия Кубоги финалчиси билан ўйнайди  1 12:38Расман: Шерзод Эсанов "Бухоро" футболчисига айланди  8 12:20МТЖ 5 майдан йиғин ўтказади ва Суперлиганинг етакчи клубларига қарши ўртоқлик ўйинларида қатнашади  2 11:58​"Пахтакор" Риаскос, Абдихолиқов ва яна 4 нафар футболчи билан хайрлашганини маълум қилди  10 11:35"Навбаҳор"га РПЛда ўйнаётган ҳимоячи келмоқда  12 11:08Расман: Дмитрий Плетнёв — "Бунёдкор" футболчиси!  3 10:44"Навбаҳор" футболчиси "Қўқон-1912" ўтиши мумкин  1 10:18Санжар Қувватов: "Пахтакор"дан таклиф тушганида ўйлаб ҳам ўтирмадим"  7 09:52“Андижон” Анталияда 10 та ўртоқлик учрашувида қатнашади  8 09:25"Истанбул Башакшеҳир" футболчиси Шомуродов ва Файзуллаевнинг ўйинига юқори баҳо берди  6

Ravshan Haydarov: “Asosiy vazifamiz MTJga futbolchi etishtirib berish” Yangiliklar

Ravshan Haydarov: “Asosiy vazifamiz MTJga futbolchi etishtirib berish”

O'zbekiston – Keniya (1:0) bahsidan so'ng o'tkazilgan matbuot anjumanida o'zbekistonliklar bosh murabbiyi Ravshan Haydarov va himoyachi Doston Tursunovlar ishtirok etishdi.

Ravshan Haydarov: Vodiyda 2 ta ajoyib bahsga guvohi bo'ldik. Jamoamiz uchun ancha foydali bo'lgan bellashuvlarni kuzatdik. Mana shunday o'yinlarni tashkillab bergan O'FA rahbariyatiga jamoa nomidan rahmat deyman. SHu qatori bizning taklifimizga rad javobini bermasdan, O'zbekistonga kelgan keniyaliklarga ham o'z minnadorchiligimni bildiraman. Birinchi marta Afrika termalaridan biri bilan o'ynadik. Bu katta tajriba maktabi bo'ldi. Boshqa o'yinda bunday muhitni topish qiyin deb o'ylayman. Keniya OTJ menga juda yoqdi. Uchrashuv borasida gapiradigan bo'lsam, o'yinni nazorat qilib bordik va chiroyli futbol namoyish etdik. Tarkibdagi o'zgarishlar ham bahsni kuchaytirdi. Andijondagi o'yinda yo'l qo'yilgan xatolarni takrorlamaslikka intildik. SHogirdlarimning o'yinidan qoniqdim. Yana bir narsani alohida etirof etmoqchiman, bizning asosiy vazifamiz MTJmizga o'yinchi etkazib berish hisoblanadi. SHu o'rinda, “Istiqlol” stadionidagi ajoyib tashkilotchilik uchun ham farg'onaliklarga katta rahmat aytib qolaman, - deydi Haydarov.



Doston Tursunov: G'alaba uchun oxirigacha harakat qildik.  Murabbiylarning ko'rsatmalariga amal qilganimiz ancha foyda keltirdi. Birinchi o'yinda biroz natijalar o'xshamadi. CHunki tarkibda yangi futbolchilar ko'p edi. Farg'onadagi ikkinchi o'yingacha jamoa yanada jipslashdi. Keniya ham yaxshi jamoa ekan. Ikkinchi bo'lim oxirida jamoaviy hujumga o'tdik va bu o'z samarasini berdi.

“Neftchi” matbuot kotibi Hojiakbar Jabborov yozib oldi

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика