So’nggi yangiliklar

16:26Эрон терма жамоаси асосий дарвозабони 4 ойга дисквалификация қилинди  0 16:03"Манчестер Юнайтед" либосларининг орқа томонига уч нафар афсонанинг исмини ёздириш тақиқланди  0 15:47"Барселона" ва "Реал" афсоналари Месси ўйнайдиган стадионда учрашади  0 15:20Аргентиналик юлдуз МЮни "Челси"га алмаштирмоқчи  0 14:53Илёс Зейтуллаев: "Орзу қилиш зарар қилмайди, охиригача курашамиз!"  0 14:25"Пахтакор" собиқ устози Саудия Арабистони клубида иш бошлади  3 14:01Моуриньо "Вильярреал"га йўл олди  4 13:38"Манчестер Юнайтед" янги ярим ҳимоячи топди  0 12:37"Ливерпуль" Родриго билан шартнома борасида музокара ўтказди  6 12:14Санчо "Боруссия"га қайтиш учун маошини икки баробарга қисқартиришга тайёр  1 12:03Роҳатижон  7 11:48Париж клуби "Барселона" футболчисига кўз тикди  1 11:20Breaking! Сон "Тоттенхэм"ни тарк этишини эълон қилди: "Ҳаётимдаги энг қийин қарорлардан бири". Ҳужумчи АҚШга йўл олиши мумкин  2 10:42Милнер янги мавсумда Жотанинг хотираси учун янги рақамда ҳаракат қилади  1 10:13"Ал Ҳилол" "Ливерпуль" футболчиси учун курашда етакчилик қилмоқда  3

Ravshan Haydarov: "O'yin sifati o'rtacha bo'ldi" Yangiliklar

Ravshan Haydarov: "O'yin sifati o'rtacha bo'ldi"

Bugun Toshkentda start olgan PFL Kubogida "Dinamo" - "Qo'qon-1912" (3:0) to'qnashuvi bo'lib o'tdi.
Uchrashuvda yirik hisobda g'alaba qozongan samarqandliklar ustozi Ravshan Haydarov poyoniga etgan bahs xususida fikrlarini bildirib o'tdi.

- Ravshan aka, bugun jamoangiz PFL Kubogidagi ishtirokini yirik g'alaba bilan boshladi. Avvalo uchrashuv haqida fikrlaringizni bildirib o'tsangiz?
- Bugun har ikkala jamoa ham qishki tayyorgarlik qanday bo'lsa, shunga mos o'yin ko'rsatdi. Bu paytda biror bir jamoa 100 foiz tayyor bo'lishi qiyin. Bizda mavsum endi boshlanmoqda. SHu bois o'yin shunga mos ravishda kechdi. Sifat ham o'rtacha  bo'ldi. Aslida bu turnir jamoalarning mavsum oldidan tayyorgarligiga katta foyda keltiradi. O'yin amaliyotini oshirish uchun qulay bo'lgan musobaqa.

- Bugungi raqib "Qo'qon-1912", joriy mavsum o'z oldiga kuchlilar safiga chiqishni vazifa qilib qo'ymoqda. Bu jamoa sizda qanday taassurot qoldirdi?
- Garchi qo'qonliklar bugun yirik hisobda mag'lubiyatga uchragan bo'lsada, jamoa menga yoqdi. Tarkibida ilgari oliy ligada o'ynagan futbolchilar harakat qilmoqda. Uchrashuvda 2:0 hisobi qayd etilayotgan paytda "Qo'qon-1912"da penalti tepish imkoniyati yuzaga kelgandi. Ammo ularning futbolchisi bunday unumli foydalana olmadi. Agarda o'shanda gol bo'lganida, uchrashuv umuman boshqacha tusga o'zgarib ketishi ham hech gap emasdi. CHunki bu paytga kelib, men zaxiradagi futbolchilarning barchasini maydonga tushirib bo'lgandim.

- Tarkibni shakllantirib bo'ldizmi?
- Yo'q, bunga yana ozgina vaqt kerak.

- Yana tarkibda qandaydir o'zgarish bo'lishi mumkinmi? Selekciya jarayoni to'xtamadimi?
- CHempionat startiga qadar ixtiyorimizda bir oy vaqt bor. Albatta selekciya ungacha davom etadi. SHunday ekan, yaqin orada ko'rikka yangi futbolchilar kelish extimoli yo'q emas.

Islombek RUSTAMBEKOV suhbatlashdi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика