So’nggi yangiliklar

02:40А Серия. "Рома" "Женоа"ни мағлуб қилди, Шомуродов захирадан майдонга тушди  5 02:25Бундеслига. "Боруссия" кетма-кет учинчи мағлубиятини қабул қилиб олди  0 01:58Расман: Хвича - ПСЖ футболчиси!  0 01:30"Манчестер Юнайтед" тарихидаги энг яхши тўпурарлардан бири вафот этди  0 00:52"Манчестер Юнайтед" ва ПСЖнинг собиқ футболчиси "Бока Хуниорс"га ўтди  0 00:26Абдуқодир Ҳусанов тиббий кўрикдан ўтди  11 00:15Саудия Арабистони. "Ал Насср" яна очко йўқотди  0 23:59Аёллар ОК-2025 саралаши. Ўзбекистон Австралияга мағлуб бўлган учрашувдан ГАЛЕРЕЯ  0 23:00Янгиланаётган "Пахтакор" ёхуд Педру Морейра йиғаётган португал забон "банда"  5 22:47"Милан"га "Челси" футболчиси керак  0 22:11Ўзбекистон U20 Сурия билан дуранг ўйнади  1 21:56Неймар "Барселона"дан кетиши сабабини айтди  5 21:36Қозоғистонлик футболчи "Челси"га ўтади!  28 20:47"Андижон" Бубанья ва Маматказин билан хайрлашди  17 20:15Гарначо Лондон жамоасига ўтиши мумкин  5

Ravshan Haydarov: "Mag'lubiyatlar uchun muxlislardan uzr so'rayman" Yangiliklar

Ravshan Haydarov: "Mag'lubiyatlar uchun muxlislardan uzr so'rayman"

O'zbekiston kubogi chorak finali dastlabki uchrashuvi doirasidagi "Dinamo" - "Lokomotiv" (3:4) uchrashuvidan so'ng Ravshan Haydarov o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Uchrashuv muxlislarga yoqadigan, gollarga boy, qiziqarli o'yin bo'ldi. Bugun biz ko'plab yoshlarga imkon berdik. CHunki shunday o'yinlar orqali yoshlar ancha tajriba to'plashadi. Biroq uchrashuv boshida yigitlarim dovdirab qolishdi. Ikkita gol o'tkazib yuborib keyin oldinga chiqib olishimiz tajribali futbolchilar evaziga bo'ldi. G'alabali hisobni saqlab qola olmaganimizga sabab raqibning tajribali ekanligi bo'ldi", - deb gap boshladi Haydarov.

"Futbol - xatolardan iborat o'yin. Hakamlarning xatolaridan aziyat chekdik. Ammo qo'limizdan hech narsa kelmaydi. Igor Mixaylov ikki o'yinda Melnichukning o'rnini bilintirmaslikka urindi. Keyingi o'yinda Melnichuk maydonga tushishga tayyor bo'ladi. Farrux SHotursunov yaqinda og'ir jarohatdan chiqib asta-sekin o'ziga kelayotgandi. Bugungi o'yin hujumchi butun o'yin davomida harakat qila olishiga javob bo'ldi".

"Jamoamiz tarkibi yomon emas, bir qator sabablar tufayli ochkolar yig'a olmay qoldik. Bu mag'lubiyatlar uchun muxlislardan uzr so'rayman. Ko'plab jarohatlar bizni ancha qiynadi. O'z o'yinimizni to'liq ko'rsatishga xalal berdi. O'zgarishlar bo'lishi aniq, bu jamoaga past o'rinlarda yurishga loyiq emas", - deydi Ravshan Haydarov.


Behbud Erkinov yozib oldi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика