So’nggi yangiliklar

06:05"Эл класико". "Реал Мадрид" – "Барселона" 2:5, "Барселона" ўтган йилги финал учун реванш олди  7 05:45Англия кубоги. "Арсенал" ўз иштирокини учинчи босқичда якунлади, "Манчестер Юнайтед" сафарда ғалаба қозонди  13 05:35А Серия. "Наполи" 15-ғалабасини қўлга киритди  0 05:25Лига 1. ПСЖ - "Сент Этьен" учрашувида Дембеле иккита гол урди, Барколянинг голи ҳисобга олинмади  0 02:05"Барселона" "Реал" дарвозасига 5та гол уриб Испания Суперкубогини қўлга киритди  306 01:15Фарҳод Нишонов: "Абдуқодир Ҳусанов ва Файзуллаевлар туфайли бизни барча агентлар кузатиб бормоқда. Улар янги Ҳусановни қидиришмоқда"  1 00:56"Рома" "Интер" футболчисига қизиқмоқда  0 00:32"Ливерпуль" ва "Ньюкасл" Ла Лигадаги ҳимоячига кўз тикмоқда  0 00:00А Серия. Довбикнинг 90+8 дақиқада пенальтидан урган голи "Рома"ни "Болонья"га қарши ўйиндаги мағлубиятдан асраб қолди, Шомуродов захирада қолдирилди  11 23:36Англия кубоги. "Саутгемптон", "Кристал Пэлас", "Ипсвич" ва "Ньюкасл" қуйи лига жамоаларини мағлуб этди  2 23:14U-20 Осиё кубогига тайёргарлик кўраётган Ўзбекистон ёшлар терма жамоасининг Тошкентдаги машғулотларидан суратлар  1 22:54"Манчестер Юнайтед" 10 киши бўлиб "Эмирейтс"да "Арсенал"ни Англия кубогидан чиқариб юборди  75 22:49"Реал" — "Барселона". "Эл класико" учун таркиблар маълум  38 22:42Расман: "Пахтакор" бразилиялик ярим ҳимоячи билан шартнома имзолади  18 22:15Ла Лига. "Атлетико" бу сафар "Осасуна"дан устун келиб, 1-ўринга қайтди. Мадридликлар барча мусобақаларда кетма-кет 14-бор ғалаба қозонишди  25

Ravshan Ermatov: "JAR - Meksika o'yini xotiramda qolgan" Yangiliklar

Ravshan Ermatov: "JAR - Meksika o'yini xotiramda qolgan"

Qozog'istonda chop etiluvchi PROSPORT nashri muxbiri Sergey Arxipov hamyurtimiz Ravshan Ermatov bilan keng qamrovdagi intervyu uyushtirdi. Uning o'zbek tilidagi ko'rinishini siz azizlar bilan baham ko'rishga qaror qildik.
- Ravshan, PROSPORT Qozog'iston o'quvchilari nomidan Prezident ordeni bilan taqdirlanganingiz hamda o'tib ketgan tug'ilgan kuningiz bilan tabriklaymiz!
- Katta raxmat! Men prezidentimiz Islom Abdug'anievich Karimovning kichik mehnatimizga bunday katta etiborlaridan hursand bo'ldim. Olayotgan davlat ordenlarimiz keyingi faoliyatimizda katta o'rin tutadi.

- Ana endi Braziliya taassurotlari bilan o'rtoqlashsak.
-Umuman olib qaraydigan bo'lsak, tayyorgarlik jarayoni ham huddi JAR singari bo'ldi. Tayyorgarlik Mundial boshlanishiga uch yil qolganda boshlanadi. JCH-2014 da ishtirok etish harakatini 2011 yilda boshlaganmiz. Avvaliga butun dunyodan kuchli nomzod hakamlarni to'plashdi. Juda ko'plab mashg'ulotlar, seminarlar, turnirlar davomida o'zimizni ko'rsatdik. SHu sababli, har bir mashg'ulot, har bir o'yin bu borada muhim ahamiyat kasb etdi. Hakam 90 daqiqa yaxshi harakat qilishi, lekin, birgina vaziyat uning faoliyatidagi qora dog'ga aylanishi mumkin. SHuning uchun bizdan FIFAning barcha talablariga bor diqqat-etiborimiz bilan yondoshishimiz talab qilinardi. Bu borada texnik, jismoniy, tibbiy va psixologik ko'rsatgichlar ham hisobga olinardi. Raqobat juda katta edi. Yakunda 25 ta asosiy va 8 ta hakamlar brigadasi tanlab olindi.

- FIFA hakamlar korpusining ishi Braziliyada qay tarzda tashkil qilindi?

- Barcha hakamlar Rio-de-Janeyrodadagi mehmonxonalardan birida istiqomat qildi. O'yinga esa bir yoki ikki kun oldin bordik. Braziliya – katta mamlakat. Bazi shaharlarga uchish 5 soatgacha vaqtni olardi. O'yindan so'ng esa yana Rioga qaytib keyingi o'yinga tayyorgarlikni davom ettirardik. Biz bilan dunyoning eng zo'r instruktorlari ishlardilar. Har bir o'yindan so'ng bahsni muhokama qilardik. Bir so'z bilan aytganda, barchasi yuqori saviyada edi.

- Bir qancha OAVlarda siz Germaniya hamda Argentina terma jamoalari o'rtasidagi final o'yinini boshqarish uchun nomzod ekanligingiz haqida yozishdi. Sizning ismingiz yarim final o'yinlarini boshqaradigan hakamlar ro'yhatida ko'rinmaganidan so'ng ko'pchilik Osiyo hakamini Evropa va Janubiy Amerika terma jamoalari o'rtasidagi o'yinni boshqaradi deb hisoblayotgandi...
- Avval, FIFA hakamlarni o'yinlarga tayyorlash vaqtida doimo qitalar orasidagi neytrallikni taminlashga harakat qilardi. Braziliyadagi turnir boshlanishi arafasida bizning barchamizni bir joyga to'plashdi va biz professionallar ekanligimizni, bizning qaysi qitadan ekanligimiz o'yinlarga tayinlanishimizda katta ahamiyat kasb etmasligini aytib o'tishdi. Menimcha ham bu to'g'ri. Biz final o'yiniga tayinlanmaganimizdan hafa bo'lmadik. Italiyalik hakamlarning tayinlanganini eshitib hursand bo'lgan holda ularga o'yinda omad tiladik. Nikolo Riccoli final bahsini ajoyib boshqarganini barcha ko'rdi.

- O'zbekiston terma jamoasi JCHning final bosqichiga chiqish uchun doimo  yaqin keladi – tarixiy natija uchun doimo bir-ikki ochko etmay qoladi. Mundialda siz va Abdulhamid Rasulov O'zbekiston nomidan ishtirok etdinglar. Tahmin qilib ko'ringchi, qachon O'zbekiston terma jamoasi ham dunyo birinchiligida ishtirok etadi, axir yoshlar va o'smirlar o'z yosh toifalaridagi JCHlarda doimiy ravishda ishtirok etmoqdalar...
- Ishonchim komilki, bu yaqin orada sodir bo'ladi. Futbol rivojlanishida prezidentimiz va hukumat tomonidan katta yordam ko'rsatilmoqda. So'nggi 6-7 yil ichida futbol infratuzilmasi qay darajada rivojlanganini ko'ring. Yangi stadionlar, futbol maydonlari va kichik maydonchalar qurilgan va qurilmoqda. Yosh avlodning shug'ullanishi uchun barcha sharoitlar yaratib qo'yilgan.
Bu borada O'FF prezidenti Mirabror Zufarovich Usmonovning katta hizmatlari bor. Umid qilamanki, 2018 yilda bizning milliy tema jamoamiz ham JCHda ishtirok etish orqali 30 millionlik o'zbek halqiga katta bayramni tuhfa etadilar. Bu kunni orziqib kutamiz.

- Faoliyatingizda 100 dan ortiq xalqaro o'yinlar bo'lgan. Ulardan qaysi birini alohida takidlab o'ta olasiz?
- Hammasidan ham JCH uchrashuvlari katta ahamiyat kasb etadi. Bu turnirdagi har bir o'yin hakam hayotidagi yorqin voqelikdir. Agar bittasini ajratib o'tish lozim bo'lsa, JAR-Meksika o'yinini ko'rsatgan bo'lardim. Barchasi kutilmaganda sodir bo'ldi. Biz eng eyo hakamlar brigadasi bo'lib, bunday saviyadagi o'yinlarni hech qachon boshqarmagandik. U erda esa JCHdagi uchinchi turnirlarini boshqarishga tayyor turgan hakamlarni ham uchratishimiz mumkin edi. Esimda, 6 iyun kuni bu haqda elon qilishganida biz quloqlarimizga ishonmagandik. Bizning ochilish uchrashuvini boshqarishimiz ikkinchi marta takrorlanganidan so'ng qarsaklar yangray boshladi. Keyingi kuni matbuot bo'limidagilar menga bir qancha bizga qarshi yozilgan gazetalarni olib kelishdi. U erda: “Ermatov kim?”, “U qaerdan?, “O'zbekiston qaerda joylashgan?” kabi maqolalarni uchratish mumkin edi. O'yin boshlangunga qadar dunyo OAVlari tomonidan bo'layotgan bosimni, psixologik hujumni his qilib turardik. Ochilish o'yini doimo hakamlik saviyasini belgilab beriladi va bu masuliyat aynan bizning elkamizga tushdi. Ko'pchilik bizni o'yinni muvaffaqiyatli boshqarishimizga ishonmasdi. Lekin, shukrki biz barchasini ideal tarzda uddaladik. Ushbu o'yin butun umr davomida esimdan chiqmaydi.

- Yuqori saviyadagi jamoalarning o'yinlarini boshqarish oson degan fikr bor...

- Qo'shilaman. Yuqori saviyadgi futbolchilar ishtirokidagi o'yinlarda kam braklar kuzatiladi. Bunday o'yinlarni o'qish oson. Kuchsiz futbolchilarda esa xatolar oqibatida hakam qiynalishi mumkin.

- Rekordchi sifatida o'zingizni qanday his qilmoqdasiz?

- Yaxshi. (Kuladi). Brigadamiz Gollandiya – Kosta-Rika o'yinini boshqarishga tayinlanganidan so'ng hamkasblarim bizni tabriklay boshladilar. Bu bizda oddiy hol – o'yinga tayinlangandan so'ng bir-birimizni tabriklaymiz. U paytda esa meni boshqacha tabriklashardi. Qandaydir rekord haqida gapirishardi. Hech narsani tushunmaganman. O'shanda Xorxe ham Larrionda kelib meni tabriklagandi: “Ravshan, sen mening rekordimni takrorlading. Endi senda 9 ta o'yin bor, mening o'yinlarim soni 8 ta edi”. O'sha payt hech qanday rekord haqida o'ylamagandim. Bor diqqatimni o'yinga qaratgandim. Lekin, shunday bo'lgani albatta yoqimli.

- Ravshan, siz hech: "Parvoz qanchalik baland bo'lsa, qulash ham shunchalik og'riqli bo'ladi", degan rus maqolini eslaganmisiz. Axir o'ta masuliyatli hisoblanuvchi, hakamlik deb nomlangan bu kasbda ham, afsuski bunday voqealar ko'p bo'lib turadi.
- Ha, juda to'g'ri maqol. Hozir hakamlarga etibor kuchli. Agar oldin “Kim kim bilan va qaerda o'ynamoqda?” degan savol berilgan bo'lsa, hozir “O'yinni kim boshqaradi?” degan savol ham birinchilardan bo'lib berilmoqda. Biz muxlislar, mutaxassislar va matbuot diqqat markazidamiz. Bu bizni o'z ustimizda ishlashdan to'xtamaslikka chorlaydi. Xatolar barchada bo'ladi – murabbiylarda, futbolchilarda, hakamlarda va hattoki jurnalistlarda ham (kuladi). Axir biz barchamiz odamlarmiz. Xatolardan hech kim sug'urta qilinmagan.

- Sizni uydan ko'ra TVda ko'proq ko'radigan oilangiz haqida gapirib bering...

- Ha, juda to'g'ri aytdingiz (kuladi). Mening asosiy muxlislarim – egizak farzandlarim Bilol va Yasminalardir. Ular to'rt yoshga to'lishdi va ko'p narsani tushunishadi. Braziliyadagi JCH o'yinlari kech bo'lishiga qaramay, ular uxlamasdan otalarini ko'rish uchun o'yinni boshlanishini kutishibdi. Ularga Braziliyadan tez-tez qo'ng'iroq qilib turardim va menga muxlislik qilishlarini eshitib zavqlanardim.

- Mashhurlikni kundalik hayotingda ham his qilib turasanmi?
- Albatta, busiz iloji yo'q. Hamma joyda tanishadi, dasxatlar so'rab, birga suratga tushishni iltimos qilishadi. Bu narsaga etibor bilan yondoshaman. Agar shoshayotgan vaqtimda ham odamlar rasmga tushish yoki dasxat berishni iltimos qilsalar rad etmaslikka harakat qilaman. Yulduzlik kasaliga uchramaganman.

- Hamkasblarimiz tomondan ham senga noroziliklar bo'lib tursa kerak...

- Bo'lib turadi. Jurnalistlar bilan doimo hurmat bilan muomalada bo'laman. SHuningdek, har bir intervyu borasidagi iltimoslarini ham rad etmaslikka harakat qilaman. Lekin, har doim ham vaqtim bo'lavermaydi-ku. Doimiy mashg'ulotlar, safarlar, o'yinlar... Masalan, JCHga tayyorgarlik ko'rish chog'ida men etti oyga yaqin O'zbekistonda bo'lmadim.

SHuningdek, FIFA tomonidan ham hakamlarning OAV bilan muloqot qilishi chegaralangan. Agar sizning qaysidir so'zingiz boshqacha chiqib ketsa bu tushunmovchiliklarga sabab bo'lishi mumkin.

- Agar o'yindan so'ng hakamlarga futbolchilar bilan futbolka almashish mumkin bo'lsa kim bilan almashardingiz?
- Aren Robben bilan. U ajoyib futbolchi, shuningdek, hayotda ham “yulduzlik” kasaliga chalinmagan oddiy insondir. Gollandiya – Kosta-Rika o'yini oldidan uning oldiga borib aytdim: “Aren, sen juda kuchli futbolchisan. Seni millionlab muxlislaring simulyaciyalaring uchun emas, gollaring uchun yaxshi ko'radilar”. Birinchi bo'lim yakunlanganidan so'ng u meni oldimga kelib hazil tariqasida “simulyaciya qilmoqchi bo'lganligini, lekin, oldida doimo men turganligimni” aytib o'tdi. Men ham unga tabassum bilan agar shunday bo'lganda unga sariq kartochka ko'rsatgan bo'lishimni aytdim.

- Agar futbol qoidalari Ravshan Ermatovga bog'liq bo'lsa nimanidir o'zgartirarmidingiz yoki hammasi o'z o'rnida qolarmidi?
- O'ylashimcha, bugungi futbol qoidalari meyorida va deyarli ideal holatda. Bu narsaga nimadir qo'shish yoki olib tashlash shart emas. Jarima maydoni ichida so'nggi umid chorasi sifatida qoida buzilgan vaziyatda qoida buzuvchiga qizil kartochka ko'rsatishadi va uning jamoasi darvozasiga penalti belgilanadi. Aynan shu vaziyat borasida munozara qilish mumkin.

- Qozog'istonlik hamkasblaringizga qanday tilaklaringiz bor?
- 2010 yili ajoyib bo'lgan “Astana-Arena”da Qozog'iston va Ummon terma jamoalari o'rtasidagi o'yinni boshqarganman. O'shandan beri ostonalik Aleksandr Mazmanyan va Oleg Sokolovlar bilan yaxshi munosabatdaman. Hakamlardan esa Qizil-O'rdalik Akmal Xolmatov bilan ko'p yillik do'stlarmiz. Qozoq futboliga muvaffaqiyatlar, qozog'istonlik hakamlarga esa ichki va xalqaro maydonlarda omadlar tilab qolaman!

- Intervyu uchun rahmat Ravshan! Faoliyatingizda omadlar tilayman!

- Rahmat! Fursatdan foydalanib gazetangiz orqali Braziliyada bizni qo'llab-quvvatlab turgan barcha qozog'istonliklarga minnatdorchilik bildiraman!

Sergey Arxipov. Olma-Ota - Toshkent - Olma-Ota.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика