So’nggi yangiliklar

17:58"Реал" "Бавария" юлдузини ўз сафига қўшиб олмоқчи. Мадридликларнинг бу борада икки рақиби бор  0 17:22"Жирона" — "Атлетико". Таркиблар маълум  0 17:10"Ал Батаэҳ" — "Ал Наср". Таркиблар маълум  3 16:28"Реал Сосьедад" ўзига расман янги мураббий топди  3 15:58"Реал" Винисиус атрофидаги муҳитдан хавотирда  3 15:22"Астон Вилла" Мартинеснинг ҳолати фонида тер Штегенга қизиқиш билдирмоқда. Аргентиналик дарвозабоннинг белида муаммо бор  1 14:28Семеньо фаолиятини давом эттириш учун устувор вариантни танлади  1 14:02Довбик фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  2 13:15"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи  29 12:31Мбаппе Роналдуга мурожаат қилди: "У менинг дўстим ва кумирим"  6 12:00TVCOM'да бугунги тақвим: "Атлетико", "Барса" МЮ ва бошқалар  0 11:54"Ливерпуль” "Барселона"нинг собиқ ҳимоячисига қизиқмоқда  0 11:25Криштиану Роналду "Форсаж 11"да  11 10:53"Хоразм" футболчиси ОКМКни танлади  0 10:21Колумбия терма жамоаси юлдузи: "Биз ЖЧни интиқлик билан кутмоқдамиз"  4

Ravshan Ermatov va uning guruhi JCH-2018ga jiddiy tayyorlanmoqda FOTO Yangiliklar

Ravshan Ermatov va uning guruhi JCH-2018ga jiddiy tayyorlanmoqda FOTO

Rossiyada bo'lib o'tadigan futbol bo'yicha Jahon chempionatiga O'zbekiston birinchi marta bosh hakam, laynsmenlar, hakamlar nazoratchisi va uchrashuv komissaridan iborat to'liq tarkibda tashrif buyurayotgani xaqida malumot berib o'tgan edik.

Ayni paytda Ravshan Ermatov boshchiligidagi o'zbekistonlik hakamlar guruhi Rossiyadagi FIFAning hakamlar uchun mo'ljallangan maxsus bazasida butun dunyodan tashrif buyurgan referilar bilan birgalikda Jahon chempionatiga so'nggi tayyorgarlikni boshlab yuborgan.

Hakamlar ham xuddi futbolchilar singari jismoniy hamda ruhiy-psixologik mashqlarni bajarmoqdalar. Ravshan Ermatov va uning yordamchilari Abduhamidullo Rasulov hamda Jahongir Saidovlar barcha mashg'ulotlarga faol qatnashib bo'lajak o'yinlarga jiddiy tayyorgarlik ko'rmoqdalar.



Ravshan Ermatov 2010 va 2014 yilgi Jahon chempionatlarida jami 9ta o'yinni boshqargan holda, rekord sohibi bo'lib turibdi. Rossiyadagi mundialda ham unga uchrashuvlarni boshqarish nasib etsa, o'zining rekordini yaqin kelajakda dunyodagi boshqa hech qaysi hakam takrorlay olmaydigan darajada yangilashi mumkin.

O'zbekiston futbol associaciyasi yosh hakamlarning malakasini oshirish, ularning Jahon chempionatlari uchrashuvlarini boshqara olish darajasiga chiqishlari yo'lida barcha imkoniyatlarni yaratib berishda davom etadi.


Fotolar muallifi Anvar Ilyosov (Jahon AA)

Reyting: +51   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика