Ravshan Ermatov to'rtinchi marta OCHL final uchrashuvini boshqaradi
14 noy 2015 13:48
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/188590_original.jpg)
![](/upload/storage/188590_220.jpg)
Ravshan Ermatov to'rtinchi marta OCHL final uchrashuvini boshqaradi
Osiyoning 5 karra eng yaxshi hakami bo'lgan Ravshan Ermatov 21 noyabr kuni Xitoyda "Guanchjou Evergrand" va BAAning "Al Ahli" klublari o'rtasidagi o'yinni boshqarib boradi. Unga qanotlarda Abdulhamidullo Rasulov va Jahongir Saidov yordam berishadi. To'rtinchi hakam Valentin Kovalenko. Hakamlarimiz 18 noyabr kuni Xitoyga uchib ketishadi.
Bir hafta oldin BAAda o'tgan dastlabki final uchrashuvida hisob ochilmagan edi. Ermatov 2007, 2011, 2013 yillarda ham Osiyo chempionlar ligasi final o'yinida bosh hakam bo'lib ishlagan edi.
"Guanjou Evergrand" - "Al Ahli"
21 noyabr 2015. Guanjou. "Tianxe" stadioni
Bosh hakam: Ravshan Ermatov (O'zbekiston)
Qanot hakamlari: Abdulhamidullo Rasulov, Jahongir Saidov (ikkisi O'zbekiston)
Zaxira hakami: Valentin Kovalenko (O'zbekiston)
Dastlabki o'yin: 0:0
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar