So’nggi yangiliklar

23:24Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАга қарши баҳс олиб боради  0 22:59"Ливерпуль" тўхтамоқчи эмас. Клуб Франция чемпионатидан вингер сотиб олмоқчи  0 22:35U-23. Ўзбекистон – Саудия Арабистони 3:1  3 22:25Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Саудия Арабистонига ҳеч қандай имконият қолдирмади  23 21:41Мюллер фаолиятини МЛСда давом эттиради  1 20:59Родриго "Реал"да қолмоқчи. Футболчи Алонсонинг фикрини ўзгартириш ниятида  1 20:21"Кристал Пэлас" Европа Лигасида четлаштирилиши бўйича спорт арбитраж судига апелляция берди  0 19:51Хави Симонс "Челси"га ўтишга рози  1 19:27Де Хеа: "Манчестер Юнайтед"да ўтказган йилларим учун Англиядан тушган таклифларни рад этдим"  2 18:57Гёкереш "Арсенал"да — Here We Go!  9 18:40Эрдоған асос солган, Шомуродов ва Файзуллаев жамоаси "Истанбул Башакшеҳир" билан танишамиз  4 18:20"Челси" Доннарумма трансферига қизиқмоқда  1 17:58Аббос Файзуллаев тиббий кўрикдан ўтолмагани ҳақидаги хабарлар ҳақиқатга тўғри келмайди  16 17:27Ўзбекистонда футболнинг янги қоидалари кучга киради  10 17:11Расман: "Машъал" Яшинни трансфер қилди  4

Ravshan Ermatov Srechko Katanec boshchiligidagi murabbiylar shtabi bilan uchrashdi Yangiliklar

Ravshan Ermatov Srechko Katanec boshchiligidagi murabbiylar shtabi bilan uchrashdi

O'FA birinchi vice-prezidenti Ravshan Ermatov milliy terma jamoa murabbiylar shtabi bilan kelayotgan yilgi rejalarni muhokama qildi.

"Dastlab terma jamoa bosh murabbiyi Srechko Katanec Gruziyada o'tgan yig'in natijalari hamda O'zbekistondagi faoliyatining dastlabki qismi borasida hisobot taqdim etdi. 

SHundan so'ng milliy jamoaning keyingi yilgi rejalari muhokama etildi. Xususan, sloveniyalik mutaxassis tayyorgarlikni yanvar oyidan boshlashni va mavsum oralig'ida bir nechta nazorat uchrashuvlari o'tkazishni reja qilayotganini malum qildi. 

O'z navbatida, Ravshan Ermatov kuchli raqiblarga qarshi o'rtoqlik uchrashuvlari amaliyotini davom ettirish borasida O'FA tomonidan barcha ishlar qilinishi, yurtimizda umidli, istedodli futbolchilar ko'pligini inobatga olgan holda, selekciya ishlarini doimiy tarzda amalga oshirish zarurligi, ayniqsa, yoshlarga etiborni oshirish va barcha futbolchilar milliy jamoada o'ynash uchun bir xil imkoniyatga ega bo'lishi kerakligini takidlab o'tdi. 

Terma jamoamizning 2022 yildagi to'liq taqvimi, o'yinlarning ehtimoliy sanalari, yig'in kunlari batafsil ishlab chiqildi. SHuningdek, bugungi kun talabidan kelib chiqib, futbolchilarning tibbiy tekshiruvini yanada chuqurlashtirilgan tartibda o'tkazishga kelishildi", – deya xabar berdi O'FA matbuot xizmati.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика