Ravshan Ermatov: "Ro'ziqul Berdiev "Nasaf"ni "yulduzlar fabrikasi"ga aylantira oldi"
29 dek 2020 13:01
Yangiliklar
Ravshan Ermatov: "Ro'ziqul Berdiev "Nasaf"ni "yulduzlar fabrikasi"ga aylantira oldi"
"Bu yil nafaqat O'zbekiston balki, butun dunyo uchun og'ir o'tdi. Bizda hech qachon bunday tajriba bo'lmagan. Lekin yo'lini topib muxlislarga futbolni taqdim qilish vazifamiz hisoblanadi. Proffessional futbol ligasi bilan birgalikda mahsus komissiyaga, hukumatimizga murojaat qilganimizda bizni qo'llab-quvvatlashdi. Futbolni davom ettirish uchun ruhsat oldik va mavsumni nihoyasiga etkazdik. Barcha musobaqalardan oldin O'zPFL futbolni birinchilardan bo'lib boshladi. Buning ortida juda katta jamoa, mutaxassislar, murabbiylar, futbolchilar mehnat qildi. Yil yakunida ularning mehnatini qadrlab mana shunday taqdirlash marosimini o'tkazdik.
Bu yilning eng yaxshilari deb topilgan Ro'ziqul Berdiev va Jaloliddin Masharipov haqiqiy futbolning fidoyilari. Ko'ryapsizlar, Ro'ziqul aka "Nasaf"ni yulduzlar "fabrikasi"ga aylantirdilar. Ular bundan to'xtamayaptilar va terma jamolarimizga futbolchi etkazib berishda faol bo'lmoqdalar. Nafaqat milliy terma jamoa, balki barcha yoshdagi jamoalarimizda "Nasaf"dan futbolchilar ko'pchilikni tashkil qiladi. Jaloliddin Masharipov ham o'zining gollari, fintlari va ajoyib o'yinlari bilan bizning azaliy orzumiz bo'lgan Jahon chempionatiga chiqishimiz uchun munosib hissa qo'shadi deb o'ylayman",- deydi Ermatov.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar