Ravshan Ermatov OFK Bosh kotibi Dato Vindsor Jon bilan uchrashdi
17 iyu 2019 15:40
Yangiliklar
Ravshan Ermatov OFK Bosh kotibi Dato Vindsor Jon bilan uchrashdi
Mazkur marosimda ishtirok etish uchun taklif etilgan O'FA Birinchi vice-prezidenti Ravshan Ermatov boshchiligidagi O'zbekiston delegaciyasi ayni paytda OFK bosh qarorgohida bo'lib turibdi.
OFK va O'FA o'rtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlash, o'rtadagi o'zaro ishonchning yangi bosqichga olib chiqilishini taminlash maqsadida Ravshan Ermatov qita futbol konfederaciyasi Bosh kotibi Dato Vindsor Jon bilan uchrashdi va o'zaro aloqalar istiqboli xususida suhbatlashdi. Uchrashuv davomida Ravshan Ermatov O'zbekiston futbol associaciyasi qitamiz futbol konfederaciyasi tomonidan muntazam ravishda milliy associaciyalarni qo'llab-quvvatlash hamda ularni har jihatdan rivojlanishini taminlash maqsadida amalga oshiriladigan barcha loyiha va tashabbuslarni qo'llab-quvvatlashini va endilikda O'FA vakillari OFKning barcha loyihalarida faol ishtirok etishini bildirdi. SHuningdek, uchrashuvda ikki tashkilot o'zaro hamkorlikda amalga oshiradigan dasturlar, O'zbekistonda xalqaro musobaqalarning saralash va final bosqichlarini o'tkazish kabi masalalar ham muhokama etildi.
Osiyo futbol konfederaciyasi Bosh kotibi Dato Vindsor Jon O'FA rahbariyatining ushbu tashrifidan mamnun ekanini bildirib, O'zbekistonning qitada o'z o'rniga ega ekanini qayd etdi va O'zbekiston futbol associaciyasi rahbariyatining yangi tarkibiga ish faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!
The Best 2025. ФИФАнинг 2025 йилнинг энг яхши футболчиси соврини учун номзодлар рўйхати эълон қилинди
"Арқадағ" мавсумдаги барча ўйинда ғалаба қозониб, учинчи бор Туркманистон чемпиони бўлди
Fikrlar