So’nggi yangiliklar

21:47"Барселона" 2025 йилда "Камп Ноу"да ўйнай олмаслиги мумкин  0 21:36Дмитрий Плетнёв - "Динамо" футболчиси  2 20:45Назорат учрашуви. "Қизилқум" Про лига жамоасига йирик ҳисобда мағлуб бўлди  0 20:18"Манчестер Сити" "Ньюкасл"нинг 22 ёшли ҳимоячиси учун 65 миллион фунт таклиф қилишга тайёр  3 20:00"Арсенал" ҳимоячиси Саудия Арабистони клублари қизиқишини инкор этди  0 19:38"Манчестер Сити" футболчисини 40 млн еврога сотмоқчи  0 19:16"Сурхон" тажрибали дарвозабонини "Хоразм"га ижарага берди  4 18:55Оливер Кан телевидениега қайтмоқда  3 18:28Гвардиола дарвозага янги посбон изламоқда. Португалия терма жамоаси аъзоси – номзодлардан бири  0 18:00"Барселона" Рэшфордни ўз таркибига қўшиб, таваккал қилди. Маркус бу трансфер амалга ошиши учун 10 миллиондан воз кечди  2 17:46"Навбаҳор" 7 кун ичида ФИФА тақиқидан қутулиши, собиқ футболчилари олдидаги қарзларини тўлаб бериши лозим — ПФЛ  20 17:36ПСЖ "Реал" ярим ҳимоячисини харид қилмоқчи  3 17:07"Машъал" легионери билан хайрлашди  1 16:39Ўзбекистонлик ҳакамлар ОФК семинарида қатнашмоқда  0 16:11"Пахтакор" Файзуллаевнинг трансфери ортидан қанча ишлаб олиши маълум  24

Ravshan Ermatov Navoiy viloyatida futbolni rivojlantirish borasidagi ishlar bilan tanishdi Yangiliklar

Ravshan Ermatov Navoiy viloyatida futbolni rivojlantirish borasidagi ishlar bilan tanishdi

Teglar :  Ravshan Ermatov
O'FA birinchi vice-prezidenti Ravshan Ermatov boshchiligidagi mutaxassislar hududlardagi futbol ommaviyligini oshirish, bolalar-o'smirlar futbolini yanada rivojlantirish bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar va kelajakdagi istiqbolli loyihalarni muhokama qilish maqsadida Navoiy viloyatiga tashrif buyurishdi.

Tashrif avvalida Ravshan Ermatov viloyatdagi “Qizilqum” futbol klubi stadioni, akademiya hamda bazaning qurilish-rekonstrukciya ishlarining loyihasi bilan yaqindan tanishdi. Masullar bilan bo'lgan suhbatda qurilish ishlarini jadallashtirish, sifatli futbol maydonlarini barpo etish, inshootlarning yotoqxona va oshxonalarini zamon talablariga mos ravishda jihozlash, shuningdek, Evropa akademiyalari kabi barcha talablarga javob beradigan sharoitlarni tashkillashtirish bo'yicha topshiriqlar berildi.

SHundan keyin klub qoshidagi bolalar-o'smirlar maktabining faoliyati, infratuzilmasi va mavjud shart-sharoitlari ko'zdan kechirildi. Viloyat miqyosida bolalar futbolining infrastrukturasi yuzasidan fikr almashildi.

Kelajakda Navoiydan ko'plab istedodli futbolchilar etishib chiqishi uchun viloyatdagi futbol mahorati maktablarining faoliyatini tizimli va xalqaro standartlar asosida tashkil etish zarurligi takidlandi. Futbol maktablarida tarbiyalanayotgan bolalar nafaqat jismonan, balki manan ham etuk bo'lishi, ularning talim olishi va kitob o'qishi zarur ekanligi aytildi.

SHuningdek, tarbiyalanuvchilarning ota-onalari bilan uchrashuv o'tkazildi. Bola psixologiyasida, ayniqsa uning etuk sportchi bo'lib voyaga etishida oilaning roli katta ekanligi xususida suhbatlashildi. Ochiq va samimiy o'tgan uchrashuvda ota-onalarning takliflari tinglandi va kelgusidagi ishlarni birgalikda amalga oshirishga kelishib olindi.


Reyting: -5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика