So’nggi yangiliklar

00:55Фримпонг жароҳати қанчалик жиддий экани маълум бўлди  0 00:51Эдем Неманов: "Медаллар учун курашамиз ва барчаси ўзимизга боғлиқ"  0 00:50Владимир Бубанья: "Насиб бўлса, ўтиш ўйинларида иштирок этмаймиз"  0 00:39Вадим Абрамов: "Самарқанд ЖЧга мезбонлик қиладиган стадионга эга бўлиши керак. Чемпионлик учун курашмаётганимизга ўзимиз айбдормиз"  0 23:55Шерзод Жўраев: "Насаф"дек жамоага қарши футболчиларни алоҳида руҳлантириш шарт эмас"  0 23:30Месси МЛСдаги танаффус пайтида Саудия Арабистони клубига ўтмоқчи эди, аммо саудияликлар бунга рози бўлишмаган  13 23:11Расман: Лучано Спалетти "Ювентус" бош мураббийи этиб тайинланди  3 23:05Суперлига. "Навбаҳор" – "Насаф" 0:0  5 22:59Рўзиқул Бердиев ОКМК билан ўйиндан кейинги матбуот анжуманида айтган гаплари бўйича изоҳ берди (тўлиқ матбуот анжумани)  17 22:31Пирс Морган Криштиану Роналдунинг ҳаётидаги "энг очиқ" интервьюни эълон қилди. Суҳбат кейинги ҳафта премьера қилинади  3 22:02Ҳаким Фузайлов: "Жамоам 70 дақиқа футбол ўйнаяпти. Балки ўрнимга бошқа мураббий мавсумни тугатиб қўйгани маъқулдир"  5 21:39Лисандро оғир жароҳатидан сўнг МЮ машғулотларига қайтди  0 20:50Ибрагимович: "Интер"да бир қоида бор эди: агар кетма-кет икки ўйинда ютқазсак, маошлар кечиктириларди"  2 20:35Суперлига. "Насаф" "Навбаҳор" майдонида очко йўқотди  201 20:27Суперлига. "Динамо" "Хоразм"ни ишончли тарзда мағлуб этди  11

Ravshan Ermatov: "Muxlislar o'zimizning futbolni ko'rish uchun stadionga bormasdan, TVda APL o'yinini ko'rishlari menga og'ir botadi" Yangiliklar

Ravshan Ermatov: "Muxlislar o'zimizning futbolni ko'rish uchun stadionga bormasdan, TVda APL o'yinini ko'rishlari menga og'ir botadi"

Bugun Superliga-2018ga qura tashlash marosimi bo'lib o'tdi.

Yig'ilishda O'FA Hakamlar va nazoratchilar boshqarmasi boshlig'i Mamur Saidqosimov so'z olib, hakamlar tomonidan yo'l qo'yilayotgan xatolarni yangi mavsumda kamaytirib, ularni ishiga alohida etibor qaratishlarini takidladi.

SHu munosabat bilan Mamur Saidqosimov Superligada yangi mavsumdan etiboran kichik, mayda fol, yani bo'lar-bo'lmasga uchrashuvni boshqarib boradigan hakamlar xushtagini bezovta qilmasliklarini murabbiylarga, jurnalistlarga etkazdi. Aynan shu masala bo'yicha Ravshan Ermatov alohida tushuntirish berdi. SHundan so'ng, Osiyoning besh karra eng yaxshi hakamini suhbatga chorladik.

Avvalo, Oliy liga nomi Superliga deb o'zgartirildi. Nom o'zgarib, futbolimizni o'zi o'zgarmasa, u kimga kerak? Hech kimga.

- Bunday o'zgarishlar kiritish fikri qaerdan paydo bo'ldi?
- Avvalo, Oliy liga nomi Superliga deb o'zgartirildi. Nom o'zgarib, futbolimizni o'zi o'zgarmasa, u kimga kerak? Hech kimga. Bu futbolga ham, muxlislarga ham va shu sohada jon kuydiradigan mutaxassislarga ham kerak emas.

Bu harakatlarni aslida o'tgan yili boshlagan edik. Lekin, faqat o'zimiz hech narsa qila olmasligimizni tushunib etdik. CHunki, murabbiylar va futbolchilarning o'zi bu yo'nalishni qo'llab-quvvatlamasa hakamlarning o'zi hech narsa qila olmas ekan. Masalan, men yoki yana bir nechta tajribali hakamlar o'ynashga imkon berar, lekin yoshroq hamkasblarimiz bunga imkon berisholmayapti. CHunki, ko'p vaziyatlarda murabbiylar keskin etiroz bildirib bosim o'tkazishmoqda va yoshroq hakam o'yin tizginini qo'ldan chiqarib yubormoqda. SHuning uchun, bugun murabbiylarning bu borada fikrlarini bildik, ular futbolchilarni bunga tayyorlab borishadi.

To'xtalish qancha kam bo'lsa, futbol shuncha qiziqarli bo'ladi. Ishonchim komil, bunday futbol muxlislarga ham yoqadi va bunaqa o'yinni o'zimiz harakat qilmasak, tashqaridan kelib kimdir biz uchun qilib bermaydi. Bu g'oya Associaciya rahbariyati tomonidan qo'llab-quvvatlandi. Superliga degan nomga futbol mos bo'lsin.


Bir vaqtda milliy chempionatimiz va Angliya chempionatidagi o'yin bor bo'lsa, o'zimizni futbolga stadionga bormasdan televizor orqali Premer-liga o'yinini ko'radigan muxlislarni ko'p eshitganman va ko'rganman ham. Bu menga og'ir botadi.

- Sizlar oldinga surayotgan futbolni Angliya Premer-ligasida ko'rishga o'rganib qolganmiz. Bu andoza aynan qaerdan yoki qaysi chempionatdang olindi?
- Bir vaqtda milliy chempionatimiz va Angliya chempionatidagi o'yin bor bo'lsa, o'zimizni futbolga stadionga bormasdan televizor orqali Premer-liga o'yinini ko'radigan muxlislarni ko'p eshitganman va ko'rganman ham. Bu menga og'ir botadi. Qanday qilib o'zimizni futbol turganda Angliyadagi o'yinni ko'rish mumkin?! Bu esa futbolimiz muxlislarni qoniqtirmayapti degan manoni beradi. Biz ishqibozlarni qoniqtirish uchun nimalar qilish kerak degan savolni o'zimizga berdik. Andoza deganingizga, biz uni faqat Angliyadan emas, umuman Evropa futbolidan oldik. Evropada o'ynashga qo'yib berishadi, bir o'yinda o'rtacha 25-30ta to'xtalishni kuzatish mumkin, 50-60ta emas.

Menimcha, bu yildan muxlislarning o'zlari ham o'tgan va joriy mavsumdagi statistikani solishtirishlari mumkin bo'ladi. Bu jihat ularga maqul keladi deb o'ylayman. Bu degani yaqqol qo'polliklarni qo'yib yuborish emas, bizning asosiy maqsadimiz maydonda futbolchilarning sog'lig'i va xavfsizligini taminlash. Ayrim vaziyatlarda hakamlar elkama-elka to'qnashuvlarga ham xushtak chalishayotgani guvohi bo'lamiz. Bu zerikarli futbolga olib keladigan holat. Birinchi o'rinda mana shu holatlarni yo'q qilishimiz kerak. Bu birinchi qadam, birdaniga revolyuciya qila olmaymiz. Rejaga ko'ra, bosqichma-bosqich boramiz.

Futbolni tezlashtirmoqchimizni, demak hakamlarni yoshartirishimiz darkor. Hakamlikda ham yangi qon quyishimiz kerak.

- Yuqorida yosh hakamlar o'yin tizginini qo'ldan chiqarib yuborishmoqda dedingiz. Sizlarda ana shu hakamlarni kerakli darajaga olib chiqish uchun 1 oy vaqt etarlimi?
- Bu hakamlar kecha kirib kelmagan, ular 7-8 yildan buyon tayyorlanib kelishayapti. Faqatgina, ular keyingi qadamni qo'yishlari lozim. Yani, bir zina tepaga chiqish kerak. Bu jarayon hammada bo'ladi, shu jumladan, jurnalistlarda ham. Boshlang'ich davr, keyin o'rtadagi davr va top daraja. Hakamlarda ham huddi shunday, ularni har birida o'z maqsadi bor. O'FA rahbariyatiga rahmat aytaman, biz 6 nafar yosh va kelajagi porloq bosh hakamlarni Turkiyaga yig'inga olib ketayapmiz. Ularni u erda tayyorlab boramiz. Ulardan o'zini Superligada ishlashga loyiq ekanligini isbotlaganlari faoliyatlarini yangi bosqichga olib chiqishadi desak bo'ladi. Futbolni tezlashtirmoqchimizni, demak hakamlarni yoshartirishimiz darkor. Hakamlikda ham yangi qon quyishimiz kerak. Demak, 6 nafar bosh hakam va 10ga yaqin qanot hakamlarini Turkiyaga yig'inga olib ketamiz. Bunda tajribali hakamlarga yoshlarni ham qo'shib olamiz. O'zgarish shundaki, oldin yoshlarga ko'p ham ishonch bildirilmagan bo'lsa, hozir aynan yosh hamkasblarimizni qo'llayapmiz.



Tolibjon Qosimov suhbatlashdi

Muallif : Tolibjon Qosimov
Reyting: +39   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика