Ravshan Ermatov JCH-2018da ishlashi mumkin bo'lgan hakamlar orasiga kiritildi
09 fev 2017 08:58
Yangiliklar
Ravshan Ermatov JCH-2018da ishlashi mumkin bo'lgan hakamlar orasiga kiritildi
FIFA hakamlar departamenti qaroriga ko'ra FIFA hakami Ravshan Ermatov JCH-2018da ishlashi mumkin bo'lgan referilar orasiga kiritildi.
Bu haqda O'FF matbuot xizmati xabar berdi. 3-7 aprel kunlari Italiyaning Florenciya shahridagi Koverchano tayyorlov markazida davogar hakamlar uchun seminar bo'lib o'tadi. Bu seminarda dunyoning 53 nafar bosh hakami ishtirok etadi. Italiyaga Ermatovdan tashqari Osiyoning yana 7 hakami taklif etilgan.
Eslatib o'tamiz, o'zbekistonlik Ravshan Ermatov 2010 va 2014 yilgi Jahon chempionatlarida jami 9ta o'yin o'tkazib bu borada jahon rekordini o'rnatgan edi.
Fikrlar