So’nggi yangiliklar

00:47Мбаппе "Реал"да 10-рақамнинг янги эгасига айланди  0 00:01Расман: "Манчестер Сити" "Бёрнли"дан дарвозабон сотиб олди  0 23:40"Челси" Кукурельяга янги шартнома таклиф қилади  0 23:17Луис Диас қачон "Бавария" футболчиси сифатида таништирилиши маълум бўлди  1 22:52Расман: "Насаф" нигериялик футболчи билан шартнома имзолади  4 22:40Турғунбоев "Пахтакор"да қайси рақамни танлади?  4 22:15Расман: "Навбаҳор" бразилиялик футболчи билан шартнома имзолади  9 22:10Расман: "Насаф" албаниялик ҳужумкор ярим ҳимоячи билан шартнома имзолади  8 22:05Расман: "Андижон" Токотаевни ўз сафига қўшиб олди  8 21:38"Навбаҳор" Суперлиганинг биринчи даврасини "Нефтчи"да ўтказган икки ўйинчи билан шартнома имзолади  8 21:15"Интер" Лукман учун таклиф қилган таклиф "Аталанта"га ёқмади  0 20:50Жанлуижжи Доннарумма чиндан ҳам ПСЖдан кетиши мумкин – ҳаттоки ЕЧЛдаги ғалабадан кейин ҳам  5 20:31Расман: Шаҳзод Тоиров — ОКМК футболчиси!  1 20:25"Наполи" "Ливерпуль" футболчисини ижарага олмоқчи  0 19:59Тоттининг ўғли босим туфайли футболдан кетди  2

Ravshan Eliboev: "Bundan ham chiroyli o'yinlar ko'rsata olamiz. SHeriklarimga ishonaman" Yangiliklar

Ravshan Eliboev: "Bundan ham chiroyli o'yinlar ko'rsata olamiz. SHeriklarimga ishonaman"

O'zbekiston futzal milliy terma jamoasi darvozaboni Ravshan Eliboev Kuvaytda davom etayotgan Osiyo Kubogi bahslari va Bahraynga qarshi uchrashuv haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

— Musobaqa tashkilotchiligi haqida

— Turnir yaxshi tashkil etilgan. Bizni yaxshi kutib olishdi, sharoitlar tashkil etib berishdi. 

— O'tkazilgan ikki o'yin haqida

— Raqiblarimizni yaxshi o'rganib chiqdik. Xususan, Turkmaniston bilan kechgan o'yinda ko'plab imkoniyatlarga ega bo'ldik va ulardan foydalana oldik. Tojikistonga qarshi o'yinga keladigan bo'lsak, uchrashuvni yaxshi boshladik. Biroq ikkinchi taymda Tojikiston ham o'yinni o'z tarafiga og'dirishga harakat qila boshladi. Ular bilan juda ko'p to'qnash keldik. SHu sababli ular bizni yaxshi o'rgangan va bu narsalar o'yinda qo'l keldi. Asosiysi, uch ochkoni qo'lga kiritdik va keyingi bosqichga chiqdik.

— Jamoani ruhlantirish va Tojikiston bilan o'yindagi seyvlar haqida

— Har bitta o'yindan oldin hamma koncentraciyasini jamlab, o'zini ruhan tayyorlab chiqadi. Aslida hamma narsa tajribani ortidan keladi. Biz bu jamoa bilan Jahon chempionatida o'ynadik, shu sababli baribir tajriba o'z so'zini aytdi. Har qanday bosim va qiyin vaziyatda bu narsa sizga qo'l keladi.

— O'tkazib yuborilgan gollar haqida

— Imkon qadar darvoza daxlsizligini saqlashga harakat qildim. Har ikki golda ham imkon qadar zarbalarni to'sishga urindim, lekin raqib ham o'ziga yarasha potenciali yuqori futzalchi edi, shu sababli ular ham imkoniyatdan foydalana olishdi. 

— Bahrayn bilan bo'ladigan o'yin haqida

— Bundan ham chiroyli o'yinlar ko'rsata olamiz. SHeriklarimga ishonaman. Bahraynga keladigan bo'lsak, raqibni o'rganmoqdamiz. O'tgan o'yinlardagi xatolarni ko'rib chiqib, bu bahsda ularni takrorlamaslikka harakat qilamiz. O'ylaymanki, Bahrayn bilan chiroyli o'yin ko'rsatamiz.


Eslatib o'tamiz, guruhdagi so'nggi o'yinda futzalchilarimizga Bahrayn terma jamoasi raqiblik qiladi. O'yin Toshkent vaqti bilan soat 16:00 da start oladi.

O'zbekiston terma jamoasi 2-turdan so'ng 6 ochko jamg'argan holda, guruh peshqadami bo'lib turibdi va chorak final yo'llanmasini naqd qilib qo'ygan.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика