So’nggi yangiliklar

08:58"Бавария" нархни 60 миллион еврога оширди  0 08:29"Барселона" футболчисини 60 миллион еврога сотишга тайёр  0 08:00Луис Энрике: "Бу адолатли ёки йўқлигини билмайман"  2 07:31Here we go! "Ливерпуль" яна бир транферни ҳал қилди  1 07:00Суперлига. "Бухоро" "Хоразм" билан дуранг ўйнади, "Сурхон" эса ўз майдонида "Бунёдкор"ни ишончли ҳисобда енгди  1 02:15ПСЖ ўйинда ва пенальтилар сериясида камбэк амалга ошириб, УЕФА Суперкубогини қўлга киритди!  31 00:55Рэшфорд "Барса" ҳақида: "Англиядан фарқли ўлароқ, бу ерда ҳамма нарса шиддатли"  11 00:36Февзи Давлетов: "Гол ўтказиб юборганимизда жаҳлим чиқди"  3 00:20Иньиго "Ал Насср"га ўтиши ҳақида: "Бундай таклифни кўрганда ишона олмадим"  4 00:02Илёс Зейтуллаев: "Мағлубиятдан тўғри хулоса чиқаришимиз керак"  2 23:39Ҳаким Фузайлов: "Баҳс давомида яққол устунлик қила олмадик"  0 23:35Виктор Карпенко: "Руҳан тикланиб олсак, юқорига кўтариламиз"  5 23:01ЕКЛ саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" "Викинг"дан икки ўйин натижасига кўра устун келди ва кейинги босқичга йўл олди. Шомуродовдан ассист!  23 22:46"Қайрат"га бир қадам қолди. ЕЧЛ саралашининг сўнгги босқичи қандай кўриниш олди?  16 22:38Артём Петросян: "Олимпик"да салоҳият юқори. Ўйинлар қанча кўп бўлса, шунча яхши"  1

Ravshan Ahmedov: Dinamo mag'lubiyatga munosib emasdi, omad raqib tomonda bo'ldi Yangiliklar

Ravshan Ahmedov: Dinamo mag'lubiyatga munosib emasdi, omad raqib tomonda bo'ldi

Pro-liga 2-turi doirasidagi Dinamo - Istiqlol (1:2) uchrashuvidan keyin samarqandliklar bosh murabbiyi Ravshan Ahmedov o'yin borasida to'xtaldi.

«Ochig'ini aytsam, bugungi o'yinimiz menga yoqdi. CHunki, avvalgi o'yinlarimizga nisbatan yaxshiroq to'p tepdik. Biroq o'z xatolarimiz evaziga alamli mag'lubiyatga uchradik. Futbolda bunaqasi uchrab turadi. Hammasini ko'rdinglar, izohsiz qoldirgan bo'lardim. Omadsizlik tufayli mag'lub bo'ldik. Omad raqib tomonda bo'ldi.

SHunga qaramay, o'yinimiz yomon chiqmayotgandi, yigitlarning o'yinidan qoniqdim. Faqatgina yakuniy zarbalarni beradigan futbolchi topilmadi. Ikkinchi bo'limda to'liq ustunlik qildik.

O'yinimiz chiqmay mag'lub bo'lganimizda ham mayli edi, ammo to'liq ustunlik qilib, vaziyatlar yaratib mag'lub bo'lish juda alamli. O'yin nazorati bizning qo'limizda edi. Jamoa ko'rsatgan ko'rsatmalarni aniq bajardi, bunga etirozim yo'q.

Asosiy tarkibimizdagi Alisher Yusupov va Damir Temirovning maydonga tushmaganiga sabab, ular avvalgi o'yinda jarohat olishgandi.

Kubok va Pro-ligadagi ketma-ket mag'lubiyatlar? To'g'ri, chempionatdagi ketma-ket ikki uchrashuvda ham ochkolarni yo'qotdik. Ammo bu hali start, hech narsa yo'qotilgani yo'q. Oldindagi o'yinlar bilan vaziyatni yaxshilashimiz mumkin», - deya fikr bildirdi «Dinamo» bosh murabbiyi Ravshan Ahmedov.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика