So’nggi yangiliklar

20:29"Челси" 48,5 млн фунтлик трансферни эълон қилди  0 20:08ПСЖ — "Бавария". Таркиблар маълум  6 20:00Суперлига. "Машъал" – ОКМК (матнли трансляция)  0 19:46Ўзбекистон ва Непал дуранг ўйнаса нима бўлади?  4 19:36"Андижон" — "Бунёдкор" 0:0 (Матнли транслация)  2 18:06Деку ва Флик ҳозирда Рэшфорд трансферини кўриб чиқмаяпти. "Барса" Диасга эътибор қаратмоқда  0 17:30"Сен буни ўқийсан". Жотанинг энг яқин дўсти ҳалок бўлган футболчига мактуб ёзди  4 16:40"Интер" ва "Галатасарой" Чалханоглу трансфери бўйича музокараларни бошлади  0 16:10Ўзини тополмаган ўнлик: Биринчи давранинг омадсиз трансферлари   11 15:51Расман: Кайл Уокер янги клубга ўтди  0 15:16Дюмфрис Англия топ клубига ўтиши мумкин  0 14:41Жота ва гуллар  8 13:46"Арсенал" баскетболчи учун 80 миллион евро тайёрламоқда   3 13:08Нико Уильямснинг товон пули миқдори маълум бўлди  10 12:27"Ливерпуль" Жотанинг оиласига футболчи билан шартнома бўйича тўлиқ суммани тўлаб беради  11

Ravon - Rossiya terma jamoasining yangi rasmiy hamkori Yangiliklar

Ravon - Rossiya terma jamoasining yangi rasmiy hamkori

Rossiya bozorida Ravon avtomobillarini taqdim etuvchi "Ravon Motors Rus" kompaniyasi 2017 yilning 1 oktyabridan boshlab Rossiya terma jamoasi hamkoriga aylandi.

Bu haqda championat.com xabar bermoqda.

Ravon va Rossiya terma jamoasi hamkorligi rossiyaliklarning Janubiy Koreya va Eronga qarshi bo'lib o'tadigan ikki nazorat o'yinidan boshlanadi. Homiylik shartnomasida Ravon keng turdagi reklama huquqlaridan foydalanishi mumkin.

"Biz Rossiya terma jamoasi bilan hamkorlikni boshlaganimizdan juda xursandmiz! Mamlakatning asosiy jamoasi o'sib bormoqda, yosh futbolchilar tarkibda muhim o'rinlarni egallashmoqda. Bu rivojlanishni sezmaslik qiyin va rossiyaliklar nazorat uchrashuvlarida, 2018 yilgi jahon chempionatida sayyoramizning kuchli terma jamoalariga qarshi bahslarda yorqin o'yin ko'rsatishlariga ishonaman. Bu hamkorlik Ravon markasi muxlislari doirasini kengaytiradi va brendga yosh, sportga oshiq insonlar qiziqishini orttirishiga iymonim komil" - deydi "Ravon Motors Rus" bosh direktori SHaraf Ashurov.

"Rossiya futbol ittifoqi "Ravon Motors Rus" bilan hamkorlikni boshlaganidan mamnun. Bizning hamkorligimiz uzoq va foydali bo'lishiga ishonaman" - deydi RFI bosh direktori Aleksandr Alaev.

RFI rasmiy saytining xabar berishicha, Ravon markasi kelajakda Rossiya terma jamoasiga 2018 yilgi jahon chempionati yo'lida yordam ko'rsatadi.


Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика