So’nggi yangiliklar

18:43Германия терма жамоаси Миллатлар Лигасининг "Тўртлик финали" учун таркибини эълон қилди  3 18:19"Милан"нинг янги мавсум либоси намойиш этилди  0 17:50Осимхен "Ювентус"ни рад этди. АПЛнинг 2 та клуби уни трансфер қилмоқчи  1 17:26"Қўқон-1912" "Қизилқум"дан устун келган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 17:05Модричга "Реал"дан янги таклиф тушмади – Ла Лиганинг навбатдаги турида хайрлашув кутилмоқда  1 16:30Хаби Алонсо "Байер"дан Мадридга асосий ҳимоячисини олиб кетади  8 16:02Салиба жароҳати сабаб Миллатлар Лигаси финал босқичини ўтказиб юборади  6 15:35"Барселона" "Вест Хэм" ва Бундеслигада ишлаган топ-менежер билан музокаралар ўтказмоқда  0 15:08УEФА Евро-2028 мезбонларига гуруҳ босқичидан жой кафолатламайди  2 14:40Роналдиньо ўзини Месси ва Ямаль билан қиёслади  33 14:14Сергей Чигодаев: "CAFA U-17 – ўсмирлар ўртасидаги Осиё Кубогининг мини-версияси. Мақсадимиз – шу ёшдаги энг яхши футболчиларни саралаб олиш"  4 13:41Карвахаль Трент билан рақобат ҳақида гапирди  1 13:13Ямалнинг иш ҳақи оширилади. У "Барса"да энг кўп маош оладиган футболчилар учлигига киради  4 12:46"Олтин тўп"га даъвогарларнинг янгиланган рейтинги эълон қилинди. Ким фаворит?  25 12:15Гвардиола Де Брюйненинг хайрлашув ўйини ҳақида: "Кевин сотиб олиб бўлмайдиган чексиз муҳаббатга эришди"  2

Raul va Xaviga ustozlik qilgan dunyoning eng baxtli murabbiyi to'g'risida qiziqarli malumotlar Yangiliklar

Raul va Xaviga ustozlik qilgan dunyoning eng baxtli murabbiyi to'g'risida qiziqarli malumotlar

Iordaniya bilan Osiyo kubogi finaliga yo'l olgan mutaxassis ona tilini boshqa tillardan ustun qo'yishi hamda terma jamoa to'purarini chetlatgani bilan yodda qolgan.

Iordaniya terma jamoasi kutilmaganda barchaning nigohini o'ziga qaratib, Osiyo kubogining finaliga yo'l oldi. Hal qiluvchi bahsga qadar bir qator kuchli jamoalar, xususan, turnir favoritlaridan biri hisoblangan Janubiy Koreya mag'lub etildi. Arab mamlakatining ushbu bosqichga etib kelishida jamoaning marokashlik bosh murabbiyi Husayn Ammutaning hissasi katta. Keling, finaldan oldin 54 yoshli mutaxassis faoliyatiga oid qiziqarli malumotlar bilan tanishamiz.

1969 yil tavallud topgan Ammuta futbolchilik faoliyati davomida "Ittihod", FYUS, "Ar Riyod", "Al Sadd", "SHarja", "Qatar SK", "Zemaurus" kabi klublar sharafini himoya qilgan.

Husayn keyinchalik "Zemmuris"da o'ynovchi murabbiy sifatida ish boshlagan.

Ammutaning Iordaniyadagi ertagi ko'ngilsiz ruhda boshlandi: jamoa Holandsiz Norvegiyadan javobsiz 6 ta gol qabul qilib oldi. Qolaversa, Iordaniya jahon chempionati saralash bosqichining ikkita uchrashuvida atigi bir ochko qo'lga kiritdi. SHundan so'ng Ammutaning ketishi to'g'risida mish-mishlar yangray boshladi. Biroq mamlakat futbol associaciyasi murabbiyga ishonch bildirishini malum qildi. 

Ustiga-ustak turnir boshlanishiga sanoqli kunlar qolganda jamoa Yaponiyaga 1:6 hisobida yutqazdi. Ammo Osiyo kubogidagi natijalar avvalgi muvaffaqiyatsiz natijalar ustiga tuproq tortib ketdi.

Malumotlarga ko'ra, o'tgan yilning iyunida jamoaga bosh murabbiy etib tayinlangan Ammuta oyiga 65 ming AQSH dollari maosh oladi.


Ammuta Osiyo kubogining chorak finalida Iroqqa qarshi bahs davomida o'zi bilan tortishib qolgan Iordaniyaning eng yaxshi to'purari Hamza Al Dardurni jamoadan chetlatdi. Al Dardur terma jamoasi safida 35 ta gol urgan.

VIDEO

Marokashlik mutaxassis ona tiliga hamisha boshqalaridan ustun qo'yadi. Malumki, mamlakat aholisi arab tili bilan bir qatorda francuz tilida ham muloqot qiladi. Ammuta xorijiy tillardan ham xabardor. Biroq u intervyularda ham arab tilida so'zlashni afzal ko'radi. Murabbiy "Vidad"da ishlayotgan kezlarida Marokash chempionati uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida jurnalistning francuz tilida bergan savoliga javob berishdan bosh tortdi. 

"Nega mendan francuz tilida savol so'rayapsiz? Arab tili bizning birinchi, qolaversiz, ona tilimiz hisoblanadi. Biz francuz emasmiz. Arab tili — bu Quron tili".

Ammuta "Al Sadd" bosh murabbiyi sifatida ispaniyalik afsonaviy futbolchilar Raul Gonsales va Xavi Ernandesga murabbiylik qilgan.

Iordaniya bilan finalga yo'l olgan Husayn Ammuta ayni damda o'zini dunyodagi eng baxtli murabbiy deb hisoblaydi.

"Men dunyodagi eng baxtli murabbiyman. Bugunimiz biz uchun tarixiy kunga aylandi. Bugungi tarixiy natijaga hissa qo'shgan barchaga rahmat. Aynan futbolchilarimiz g'alaba yo'lida eng ko'p ter to'kishdi. Final haqidagi savolga hozir javob berish qiyin. Koreyaga qarshi o'yindagi bazi jihatlarni tahlil qilishimiz lozim, bundan tashqari raqibimiz hali malum emas. Osiyo kubogidan oldin xavotirlarim borligini aytgandim. Bizda jarohatlangan futbolchilar bor edi, tayyorgarlik bosqichi ham unchalik yaxshi bo'lmagandi. Futbolimizni rivojlantirish uchun ko'p ish qilishimiz kerak. Futbol infrastrukturasiga ko'proq investiciya kiritishimiz kerak. Bolalar futbolini rivojlantirish shart. Hozir tarkibimizdagi Musa Tamari Franciyada to'p tepmoqda. Aminmanki, keyingi yillarda yana 4-5 nafar futbolchi Evropaga yo'l oladi. APL va Franciya klublarida iordaniyaliklar harakat qilishni boshlaydi. Hozir futbolchilarimiz va Evropa orasida katta to'siq bor. Biz bu devorni olib tashlashimiz kerak. Koreya Respublikasi kabi terma jamoalarga qarshi qozonilgan katta g'alabalari ana shunday to'siqlarni olib tashlashga xizmat qiladi. Dunyo darajasidagi o'yinchilarni etishtirib berish payti keldi".

Eslatib o'tamiz, Iordaniya terma jamoasi qita turniri finalida Qatar — Eron juftligi g'olibi bilan to'qnash keladi. 

Petr Segrt. Mo'ylov. Ishtiyoq. Xayolot. Tojikistonni tarixiy natija sari etaklayotgan "Eynshteyn" bilan yaqindan tanishamiz


Oqil Abdubarnoev tayyorladi.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика