So’nggi yangiliklar

23:01Расман: "Атлетико" Испания терма жамоаси футболчиси билан шартнома имзолади  1 22:29"Навбаҳор" назорат учрашувида йирик ҳисобда ғалаба қозонди. Қувватовдан норасмий дебют, Никабадзедан хет-трик  7 22:00РПЛ. Эсанов ҳаракат қилаётган "Акрон" "Факел" меҳмони бўлмоқда (онлайн ҳисоб)  10 21:31"Манчестер Юнайтед" форварди ПСЖга ўтиши мумкин  3 21:05Париж-2024. Ўзбекистон иккинчи турда Мисрга ютқазди ва гуруҳдан чиқиш имкониятини йўқотди  819 20:53Париж-2024. Испания терма жамоаси биринчи бўлиб плей-оффга чиқди  7 20:22"Манчестер Юнайтед" испаниялик футболчига қизиқмоқда  1 19:56"Барселона" Уильямс учун кутилганидан 4 млн. евро кўп пул тўлаши керак  2 19:22ФИФА Аргентинанинг эътирозига жавоб берди  4 18:52Ҳусниддин Ғофуров - "Қўқон-1912" футболчиси  3 18:24Биринчи даврада "Бунёдкор"да ўйнаган футболчи Босния ва Герцеговина клубига ўтди  1 18:00Ўзбекистон ўйнайдиган "Божуар" стадиони баҳсга тайёр  7 17:50Доминикан Рес. - Испания. Асосий таркиблар эълон қилинди  17 17:13Магуайр: "МЮни яна муваффақиятли қилиш вақти келди"  4 17:03Эндрик таништирув маросимига 43 минг мухлис келди  1

Raul, Torres va "Atletiko"ning boshqa mashhur tarbiyalanuvchilari Yangiliklar

Raul, Torres va "Atletiko"ning boshqa mashhur tarbiyalanuvchilari

"Atletiko" akademiyasi Evropada eng kuchlilaridan hisoblanadi. Ushbu akademiya jahon futboliga bir qancha yulduzlarni etishtirib bergan. Jumladan...

Raul: Ilk marotaba 1994 yilda ushbu jamoa safida maydonga tushgan.




Ha, bu biroz erish tuyulishi mumkin. Biroq, "Real" afsonasi o'z faoliyatini aynan "matraschilar" safida boshlagan. Raul 1992 yil "Atletiko" o'smirlar jamoasining asosiy futbolchilaridan biri bo'lgan. Keyinroq esa "Real" safiga ko'chib o'tgan. Futbolchi faoliyati davomida ko'plab sovrinlarni qo'lga kiritgan va "Real"dagi ko'pgina rekordlar sohibi. Ilk marotaba 1994 yilda ushbu jamoa safida maydonga tushgan.



David de Xea:

debyut - 2009


MYUning ayni kundagi birinchi raqamli darvozaboni 13 yoshida madridliklar safiga borib qo'shilgan. Akademiya tarbiyalanuvchisi 18 yoshida asosiy jamoa safida ilk marotaba maydonga tushgan. Bugungi kungacha esa darvozabon "qizil iblislar" bilan ikki marotaba APL chempionligini qo'lga kiritishga ulgurdi.




Fernando Torres:

debyut - 2001


Faoliyatini avvaliga darvozabon sifatida boshlagan Torres 7 yoshidan boshlab hujumchi sifatida o'ynay boshlaydi. Klub bilan ilk shartnomasini 15 yoshida tuzgan. 17 yoshida esa ilk marotaba asosiy tarkibda maydonga tushgan. "Atletiko"dan so'ng "Liverpul"ga o'tgan. So'ngra "CHelsi" safida ECHL g'olibiga aylangan. Jahon CHempioni, Evropa CHempioni. SHu yil boshida u yana o'zining jonajon jamoasi safiga qaytib keldi.



Koke:

debyut - 2009



8 yoshida klubga kelgan 17 yoshida esa ilk marotaba asosiy tarkibda maydonga tushgan. O'shanda madridliklar "Barselona"ga 2:5 hisobida yutqazib qo'ygandi. Vaqt o'tdi. Futbolchi 21 yoshigacha jamoasi uchun 100 dan ortiq o'yinda ishtirok etdi. ECHL finalida ishtirok etgan. SHu kungacha ikki marotaba Evropa Ligasida g'olib chiqqan. Mamlakat chempioni, kubogi va superkubogi sohibi.




Alvaro Morata:

debyut - 2010


Morata ham ilk faoliyatini "Real"da emas, aynan "Atletiko" safida boshlagan ekan. "Real"da esa u Benzema soyasida qolib ketdi. Uni ko'pchilik "yangi Fernando Morentes" deya tariflaydi. SHuni takidlab o'tish lozimki, shu kungacha ushbu futbolchi ECHL, La Liga, Ispaniya Kubogi, Italiya chempionati va Kubogi o'yinlarida g'olib chiqqan. Hozir ham "Atletiko" safida yomon harakat qilmayapti.




Gabi:

debyut - 2004


Madridda tavallud topgan Gabi kichkinaligidan "Atletiko"da. 2004 yilda ilk marotaba asosiy tarkib jamoasida maydonga tushgan. 2007 yilda 9 million evro evaziga "Saragosa"ga o'tgan. Oradan 4 yil o'tib "Atletiko" o'z tarbiyalanuvchisini yana sotib olgan. Bugungi kunda jamoa sardori bo'lgan futbolchi klub muvaffaqiyatlariga o'zining katta hissasini qo'shmoqda. Ispaniya chempioni va kubogi sohibi.




Mario Suarez:

debyut - 2005


1999 yilda akademiya safiga borib qo'shilgan. 2004 yili yoshlar jamoasi... 2005 yilning noyabrida esa ilk marotaba asosiy tarkibda maydonga tushgan. 2006-2008 yillar davomida "Real Valyadolid" va "Selta" jamoalarida o'ynagan. Keyin "Malkorkaga ketgan. 2010 yil esa yana o'zining jonajon klubiga qaytadi va bu orada Evropa Ligasi, Evropa Superkubogi, La Liga va Ispaniya kuboklarida jamoasi bilan muvaffaqiyatga erishadi. SHu yilning yozida esa "Fiorentina"ga o'tib ketgandi.



Antonio Lopes:

debyut - 2000


Antonio ham yoshligidanoq ushbu akademiyaga kelgan. 2000 yilda ilk marotaba asosiy tarkib jamoasida maydonga tushgan. Orada "Osasuna"da o'ynab kelgan futbolchi 2008 yilda jamoaga qaytganidan so'ng sardor sifatida harakat qila boshlaydi. "Atletiko" va "Atletik" safida Evropa Ligasida g'alaba qozongan.


sports.ru sayti asosida tayyorlangan

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика