Raul: Qatarda futbolni qishda o'ynagan yaxshi
11 jan 2014 11:21
Yangiliklar


Raul: Qatarda futbolni qishda o'ynagan yaxshi
Qatarning Al-Sadd klubi hujumchisi Raul JCH-2022 qishda o'tishini maqulladi.
SHaxsiy fikrim: Qatarda futbolni qishda o'ynagan yaxshi. Oktyabrdan martga qadar bu erda ajoyib ob-havo bo'ladi. May, iyun va iyul oyida esa juda yomon.
Yozda bu erda o'ynab ko'rdim, juda og'ir. Futbolchilar majburlikdan futbol o'ynashlari mumkin lekin muxlislarga ham tribunalarda o'tirish qiyin bo'ladi.
Balki tashkilotchilar stadionning ichini salqinlantira olishar, lekin tashqarilarnichi?.
Qatardagi mundial qishda o'tgani yaxshi. SHunda muxlislar va turistlar davlatni aylanib maza qilib chempionatni tomosha qilishadi, – deydi Raul.

Fikrlar