So’nggi yangiliklar

14:30Ла Лига етакчиларидан бири "Олтин бутса" соҳиби билан шартнома имзолади  0 14:10Расман: Доннарумма – "Манчестер Сити" янги дарвозабони!  1 13:44Хави Бундеслигада иш бошлаши мумкин  0 13:15"Астон Вилла" Виктор Линделёфни сафига қўшиб олди  0 12:48Арне Слот: "Агар "Ливерпуль" – "Арсенал" ўйини шу йўсинда 10 марта ўйналганида, 8 таси дуранг билан якунланган бўларди"  1 12:27Расман: Эдерсон Туркия клубига ўтди  1 12:09Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Шри-Ланкага қарши қандай либосда ҳаракат қилиши маълум  4 11:51ОФК "Насаф" ҳамда "Андижон" учрашувларида ишлайдиган ҳакамлар номини эълон қилди  7 11:38"Челси" ёзда футболчилар сотувидан ҳаммадан кўп пул ишлаб топди  6 11:15Муса "Милан"ни "Аталанта"га алмаштирди  0 10:40Мануэль Аканжи фаолиятини Италияда давом эттиради  0 10:07"Ливерпул"га ўтган Исак нималар деди?  7 09:38"Ливерпуль" рекорд ўрнатди  3 09:12"Ньюкасл" 63,5 млн евро эвазига ҳужумчи сотиб олди  3 08:42Расман. 38 ёшли Варди фаолиятини Италияда давом эттиради  1

Rauf Inileev: "Osiyo futboli ham jismoniy taraflama Evropa futboliga yaqinlashib bormoqda" Yangiliklar

Rauf Inileev: "Osiyo futboli ham jismoniy taraflama Evropa futboliga yaqinlashib bormoqda"

Minsk shahrida 2022 yilgi "Rivojlanish kubogi" musobaqasi start oldi. Vakillarimiz 1-turda belarusliklarga qarshi maydonga tushishdi.

Unda Belarus U-17 O'zbekiston U-18 ni mag'lub etdi (4:2). Uchrashuvdan so'ng termamiz ustozi Rauf Inileev fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Birinchi o'yin har doim qiyin kechadi, ayniqsa, mezbonlarga qarshi bo'lsa. "Peresadka"lar ozginga toliqtirib qo'ydi. SHuning uchun boshida yigitlarimiz charchab qolishdi. 

Umuman olganda, o'yin qiziq kechdi va gollarga boy o'tdi. Menga Belarusning o'yini yoqdi, ammo o'z terma jamoamiz ham munosib ravishda to'p tepdi", – deya gap boshladi O'zbekiston U-18 bosh murabbiyi Rauf Inileev. 

- Mazkur musobaqadan kelajakda nimalarni kutyapsiz? Turnir jamoangizning keyingi rivojida qanday rol o'ynaydi?   

- Turnir o'z nomi bilan  ("Rivojlanish kubogi" – tahr.) barchasini anglatib turibdi. Musobaqa yosh futbolchilarimizga qo'l keladi, chunki ular bu yoshda kattalarga qo'shilib ketishda qiyinchilikka duch kelishadi. O'ylaymanki, turnirning bu boradagi roli katta. Musobaqa doirasidagi uchrashuvlar mamlakatlarimiz o'smirlari rivojlanishiga hissa qo'shadi.    

- UEFA tasnifiga kiruvchi Belarus termasiga qarshi o'ynash qanday kechdi? Farq sezildimi? 

- Bilasizmi, Osiyo futboli ham jismoniy taraflama Evropa futboliga yaqinlashib bormoqda. O'ylaymanki, farq katta emas, ammo ustunlik baribir Evropa futbolida. Fursatdan foydalanib, taklif uchun Belarus futbol federaciyasiga minnatdorlik bildiramiz. Hammasi yuqori saviyada tashkil qilinibdi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика