So’nggi yangiliklar

02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  1 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  0 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  2 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  2 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  11 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  3 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  1 20:52"Интер" Канселу трансфери бўйича "Ал Ҳилол" билан келишувга эришди, аммо...  2 20:24"Ман Сити" Гвардиол ва Диашнинг жароҳати сабаб қишки трансфер ойнасида ҳимоячи сотиб олмоқчи  17 19:50"Бавария"нинг порлаб келаётган юлдузи "Реал"да ўйнашни орзу қилади  3 19:22Ашортиа: "Андроникашвили билан биргаликда "Андижон" яхши натижаларига эришиши учун ёрдам берамиз"  1 18:57Вадим Абрамов: "Аввал бизга етарлича баҳо беришмасди, энди эса даража кўтарилди"  5

Rauf Inileev: “Olimpiya terma jamoamizda lider yo'qligi pand berdi” Yangiliklar

Rauf Inileev: “Olimpiya terma jamoamizda lider yo'qligi pand berdi”

Qatarda bo'lib o'tayotgan yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionatida vakillarimiz guruhdagi ikkinchi uchrashuvda ham imkoniyatni boy berdi.

Iroqqa mag'lub bo'lganidan so'ng Rioda bo'lib o'tadigan olimpiyada yo'llanmasi ham qo'ldan chiqdi. Guruhdagi ketma-ket mag'lubiyatlardan so'ng har kim turlicha fikr bildirmoqda. Biz esa o'zbek futbolidagi taniqli mutaxassislardan biri bo'lgan Rauf Inileevni suhbatga chorladik va bu borada fikrlarini bilishga qiziqdik. 

- Rauf Talgatovich, o'z vaqtida mamlakatimizning turli yoshdagi terma jamoalarini boshqargansiz. SHunday ekan yoshlarimizning Qatardagi ishtiroki xususida fikringizni bildirib o'tsangiz degandik.

- Albatta boshqa hamyurtlarimiz qatori men ham yoshlarimizdan olimpiada yo'llanmasini qo'lga kiritishini kutgandim va bu borada ularga muxlislik qilib, har bir uchrashuvni diqqat bilan kuzatib bordim. Ammo guruhdagi ketma-ket mag'lubiyatlar ham kishi ko'nglini xira qildi. Nima ham derdik, bu futbol. Hayot esa davom etadi. 


- Sizningcha yoshlar terma jamoamizga nima etishmadi?

- Bilasizmi yoshlar terma jamoamizda musobaqaga tayyorgarlik ko'rish uchun kam vaqt bo'ldi. SHu kungacha OTJni ko'plab murabbiylar boshqardi. Bu ham qaysidir manoda o'z tasirini o'tkazmasdan qolmadi deb o'ylayman.

- Ortda qolgan ikkita o'yin xususida fikringiz qanday?

- Janubiy Koreya bu Osiyoning eng kuchli terma jamoalaridandir. Ularning har qanday yosh toifasidagi jamoasi doimo kuchli bo'lib kelgan. Ular bilan uchrashuvda vakillarimiz yomon xarakat qilmadi. Iroqqa keladigan bo'lsak, menimcha ularning yarim tarkibi milliy terma jamoada ham muntazam ravishda o'ynab keladi. Mahorat bobida ular kuchlilik qildi. Qolaversa iroqliklarning ko'pchilik o'yinchilari milliy terma jamoada ham o'ynashi ushbu turnirda ularga qo'l keldi degan bo'lardim. Bu raqiblarimizda tayyorgarlik uchun vaqt etarli bo'ldi.  

- Yoshlar terma jamoamizning tarkibi borasida nima deysiz?

- Asosiy kamchiligimiz bu – OTJda  lider o'yinchining yo'qligidir. Aynan ushbu jihat bizga pand berdi degan fikrdaman. Birorta futbolchi yaqqol ajralib turgani yo'q. Oldingi chiziq vakiliga qulay pas oshirib beruvchi dispetcherni ko'rmadim. Milliy terma jamoada Odil Ahmedov, Server Jeparov va Azizbek Haydarov singari jamoani ortidan ergashtira oladigan o'yinchilar bor. Lekin olimpiya terma jamoasida bu kabi futbolchini ko'rmadim. 

- Ko'pchilik markazda Jamshid Iskanderovdan ko'p narsa kutgandi. Fikrimizga qo'shilasizmi?

- Albatta. Lekin Jamshidda o'tkan yili ko'p jaroxatlar bo'ldi. Istaysizmi yo'qmi jaroxatdan so'ng futbolchining birdan yana avvalgidek o'ynab ketishi qiyin bo'ladi. Ikkita o'yin shuni ko'rsatdiki, Iskanderov hozircha optimal formada emas. 

- Terma jamoa sardori Igor Sergeevning o'yini qanday taassurot qoldirdi?

- To'g'risi, shaxsan men Sergeevdan ham ko'p narsa kutgandim. CHunki u o'tkan yili ajoyib mavsumni o'tkadi. Oliy ligad to'purarlikni qo'lga kiritdi. MTJda ham asosiy hujumchiga aylangandi. Ammo Qatar maydonlarida o'zini ijobiy jihatlarini namoyon eta olmadi. Etibor bering Igor MTJda asosiy hujumchi sifatida xarakat qilardi. OTJda esa u yarim himoyaga ham qaytib yordam berib turdi. Vaholanki o'yinni bitta hujumchi bilan o'tkazdik.  

- Sizningcha qaysi futbolchimiz o'zidan yaxshi taassurot qoldirdi?

- Menga faqat Dostonbek Hamdamovning o'yini yoqdi. 2015 yil Osiyoning eng yaxshi yosh o'yinchisi bo'lgan Doston har ikki uchrashuvda ham o'zini ko'rsatishga urindi. O'z nomiga ikkita gol ham yozdirib qo'yishga erishdi. Qolganlar haqida bunday deya olmayman. SHu ikkita o'yindan kelib chiqib aytadigan bo'lsak, yoshlarimizning ishtirokini 5 balli tizimda 3 bahoga loyiq deb topaman. 

- Tarkib borasida nima degan bo'lardiz?

- Bizga eng avvalo ishonchli darvozabon etishmadi. Himoyachilarimiz ham bir-birini tushunib o'ynay olmadi. Markazni esa aytib o'tdim, dispetcher yo'q. Agarda bu tomondan kamchilik bo'lmaganida o'ylaymanki oldingi chiziqdagi ishlarimiz yomon kechmasdi. 

Islombek Rustambekov suhbatlashdi. 


Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика