Rasmiy xabar: U-19 Osiyo chempionati 2021 yilning mart oyida O'zbekistonda bo'ladi
11 noy 2020 18:23
Yangiliklar
Rasmiy xabar: U-19 Osiyo chempionati 2021 yilning mart oyida O'zbekistonda bo'ladi
SHu yilning oktyabr oyida O'zbekistonda 19 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasida Osiyo chempionati pandemiya tufayli nomalum muddatga qoldirilgandi.
OFK bugun ushbu musobaqa 2021 yilning 3-20 mart kunlari O'zbekistonda o'tishini elon qildi.
U-19 Osiyo chempionati-2020 guruhlari:
"A" guruhi: O'ZBEKISTON, Indoneziya, Kambodja, Eron.
"B" guruhi: Janubiy Koreya, Yaponiya, Iroq, Bahrayn.
"C" guruhi: Saudiya Arabistoni, Avstraliya, Vetnam, Laos.
"D" guruhi: Qatar, Tojikiston, Malayziya, Yaman.
Fikrlar