Rasmiy xabar: Sunnatilla Abdullajonov - "Turon" futbolchisi
22 iyu 2021 14:17
Yangiliklar
Rasmiy xabar: Sunnatilla Abdullajonov - "Turon" futbolchisi
Ayni kunlarda poytaxtimiz Toshkent shahrida o'quv-yig'in mashg'ulotlarini olib borayotgan Igor SHkvirin bosh murabbiyligidagi "Turon" klubi safiga yana bir iqtidorli futbolchi qo'shildi.
Faoliyati davomida "Bunyodkor", "Qizilqum", "Andijon" kabi klublar safida harakat qilgan qanot himoyachisi Sunnatilla Abdullajonov bugun "Turon" bilan rasman shartnomaga imzo chekdi.
Malumot uchun, iqtidorli himoyachi joriy mavsumning birinchi qismini Toshkentning "Bunyodkor" klubi safida o'tkazdi va Coca-Cola Superliganing 8 ta uchrashuvida maydonga tushdi.
"Turon" futbol klubi Sunnatilla Abdullajonovning jamoadagi faoliyatida muvaffaqiyatlar yor bo'lishini tilaydi.
Fikrlar