So’nggi yangiliklar

20:40"Пахтакор" ўз уйига қайтган норасмий ўйинда "Олимпик"дан устун келди  0 20:09Азизбек Турғунбоев: "Эрондан алам оладиган вақт келди"  3 19:56Абдувоҳид Неъматов, Шерзод Насруллаев ва Умар Эшмуродов терма жамоа лагерини тарк этди  8 19:30Эрон билан рақобатнинг бошланиши. Али Дайига аталган ва Ўзбекистон форсларга йирик ҳисобда енгилган ўйинни ёдга оламиз  11 18:59Тимур Кападзе: "Сергеевдек ҳужумчимиз борлигидан хурсандман"   9 18:25Кевин де Брюйне Конте ва Гвардиолани таққослади  0 17:55"Байер" бош мураббийлиги учун янги номзод пайдо бўлди  3 17:25Усмон Дембеле нима учун "Барселона"да кўп жароҳат олган?  4 16:55Мбаппе Чемпионлар лигасининг фаворити ҳақида гапирди  1 16:25Швайнштайгер Германия терма жамоасини танқид қилди  3 16:13Муҳаммадрасул Абдумажидов легионерга айланмоқда  12 15:32Ўзбекистон миллий терма жамоаси Эронга қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум бўлди  12 15:20Юлиан Нагельсманн: "Ҳар бир ўйинда ғалаба қозонишни истайман ва истеъфо ҳақида ўйламайман"  1 14:44Хайрия учрашуви. "Динамо" - Ўзбекистон фахрийлари беллашувидан галерея  0 14:20Лаутаро Мартинес: "Ҳеч қачон бундай оғриқни ҳис қилмаганман"  4

Rasmiy xabar: Sergey Lushchan - Dinamo bosh murabbiyi Yangiliklar

Rasmiy xabar: Sergey Lushchan - Dinamo bosh murabbiyi

Bugun, 11 iyul kuni Dinamo jamoasi qarorgohida yig'ilish o'tkazildi.

Unda Samarqand viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshlig'i SHuhrat Ro'ziev, klub rahbariyati va jamoa futbolchilari ishtirok etishdi.

Tadbirda so'zga chiqqan SHuhrat Ro'ziev «Dinamo» jamoasining bu yilgi maqsad va vazifalari haqida atroflicha so'z yuritib, joriy mavsumda viloyat rahbariyati va homiylar tomonidan klub oldiga eng avvalo Superligaga chiqish vazifasi qo'yilganligi, shu maqsadda o'zbek futbolida o'z o'rniga ega bo'lgan taniqli mutaxassis Sergey Lushchan «Dinamo» klubi bosh murabbiyi etib tayinlanganligini elon qilib, Sergey Ivanovichni jamoaga tanishtirdi. Unga yordamchi murabbiy sifatida Muhitdin Ortiqov yordam beradi.

SHundan so'ng, Sergey Lushchan so'zga chiqib, bildirilgan ishonchga munosib bo'lish hamda yangi jamoaning rivoji uchun bor kuch va tajribasini ishga solishini aytib o'tdi.

«Dinamo» PFK bosh direktori Uchqun Qobilov ham so'zga chiqarkan, viloyat rahbariyati va klub homiylari hamda samarqandlik minglab muxlislar ishonchini oqlash uchun yangi bosh murabbiy bilan birga jamoa ravnaqi va Superligaga chiqishi uchun bor kuch va imkoniyatlar ishga solinishini takidladi.

Samarqand viloyat hokimi, viloyat futbol associaciyasi prezidenti Erkinjon Turdimov va klub homiylari tomonidan Sergey Lushchan oldiga «Dinamo» klubini Superligaga olib chiqish, samarqandlik yosh futbolchilarni kashf etib, katta futbolga qadam qo'yishga ko'maklashish kabi maqsad va vazifalar qo'yilganligi malum qilindi.

Toshkentning «Bunyodkor» hamda O'zbekiston yoshlar terma jamoasidagi yorqin faoliyati bilan o'zbek futbolining bugungi kundagi yorqin vakillari Eldor SHomurodov, Sardor Rashidov, Otabek SHukurov, Dostonbek Hamdamov, Rustam Ashurmatov, Akromjon Komilov va yana bir qator nomlarning kashf etilishiga munosib hissa qo'shgan Sergey Ivanovichning Samarqand futbolidan ham yangi nomlar chiqarishiga ishonib, murabbiyning boshlayotgan yangi faoliyatiga omad va zafarlar tilaymiz, - deb yozadi klub matbuot xizmati. 

Malumotnoma:

Sergey Ivanovich Lushchan
1973 yil, 9 aprel kuni Toshkent shahrida tug'ilgan.
Futbolchilik faoliyatida to'p surgan klublari:
«Madanchi» (Bekobod) (1992-93), «Okean» (Rossiya), «Krilya Sovetov» (Rossiya), «Rostelmash» (Rossiya), «Uralan» (Rossiya), «Metallurg» (Rossiya), «Yunit» (Rossiya), «Bunyodkor» (Toshkent) (2007-2008).
1998-2003 yillar O'zbekiston milliy jamoasi azosi sanalgan.
Murabbiylik faoliyati:
«Bunyodkor» (yoshlar) – 2011-2013 yillar
O'zbekiston yoshlar jamoasi U-19 – 2014
«Bunyodkor» – 2014-2017 yillar
«So'g'diyona» – 2018-2019 yillar.
2020 yilning 11 iyul kunidan «Dinamo» bosh murabbiyi.
Murabbiy sifatida yutuqlari:
«Bunyodkor» klubi bilan O'zbekiston chempionati kumush medali sohibi (2016), kubok finalchisi (2017), Osiyo chempionlar ligasi ishtirokchisi.

«Dinamo» klubi matbuot xizmati.



Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика